O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2,37 mlrd dollarga qisqarib, 32,2 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yil sentabridan beri eng kam ko‘rsatkich. Oltinning fizik hajmi o‘zgarmagan, ammo oltin va valyuta zaxiralarining qiymati pasaygan. Mablag‘lar hisobidan 500 mln dollarlik yevrobondlar so‘ndirilgan.
Afg‘on inqirozi tufayli O‘zbekiston va Pokistonning dollardagi yevrobondlari bosim ostida qoldi, deya qayd etdi Financial Times. Fondlar boshqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan qochqinlarning ehtimoliy chiqib ketishi qo‘shni davlatlarda moliyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
O‘zbekiston London fond birjasiga 635 mln dollar va 2,5 trln so‘m qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi. Yevrobondlarning dollar va so‘mda asosiy xaridorlari investitsiya fondlari bo‘ldi.
O‘zbekiston umumiy qiymati 870 mln dollarga teng bo‘lgan yevro obligatsiyalarini ikkita transhda chiqaradi. Dollarli transh 10 yil muddatga, so‘mda ko‘rsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yilga chiqariladi, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov.
2021 yilda O‘zbekiston Moliya vazirligi 5 trln so‘mlik g‘aznachilik obligatsiyalarini, shuningdek 700 mln dollarga xalqaro yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov. Shuningdek, u so‘nggi yevrobondlar sarmoyadorlari geografiyasi haqidagi ma’lumotlarni va bundan tushadigan mablag‘lar qanday maqsadlarga yo‘naltirilishi haqida ma’lum qildi.
Toshkent hokimligi 500 mln dollarga yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi hokim Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Shu bilan birga, byudjet qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlari va viloyatlariga ichki va tashqi bozorlar orqali kreditlar jalb qilish taqiqlangan. Toshkentga faqat ichki obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquq berilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting