2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 18 yoshga to‘lganida ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, nikoh tuzilgan hollarda esa, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Ularga uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan order berilishi ham belgilanmoqda.
Senatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Senatorlar kollej va OTMlarda bolalarni o‘qitish uchun kitoblab sotib olishga subsidiyalar haligacha ajratilmaganini qayd etdilar. Ularning fikricha, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni yangilash zarur.
Milliy gvardiya prezident qarori bilan o‘ziga biriktirilgan Mehribonlik uylaridagi bolalarni ota-onalariga qaytarish, vasiy tayinlash va farzandlikka olishga ko‘maklashadi. O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarning muammolarini o‘rganish va hal etish uchun «Mehr daftari» tizimi joriy qilinadi.
Joriy yildan homiylikka yoki patronatga olingan 25 yoshdan oshmagan yetim bolalar Mehribonlik uylari bitiruvchilariga ajratilgan OTMga kirish uchun qo‘shimcha kvotadan foydalanishi mumkin. Jami 6,2 ming nafar bolaga qo‘shimcha kvota berish kutilmoqda. Qolaversa, ularga 50 foiz oshirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi. Nodavlat o‘quv kursida o‘qish harajati va xorijda davolanish uchun kompensatsiya, kitob harid qilishga esa subsidiya beriladi.
Prezident qarori bilan uyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan yetim bolaga 1 xonali, ular o‘rtasida nikoh tuzilgan taqdirda 2 xonali uy-joy ajratish tartibi belgilanmoqda. Bola 30 yoshga to‘lguncha uyni sotish, garovga qo‘yish va ijaraga berish qo‘yish mumkin emas. Yil yakuniga qadar 757 nafar bolani uy bilan ta’minlash reja qilingan. Bunga qadar yetim bolalarga bo‘sh turgan yotoqxona va qarovsiz qolgan uylardan ajratib kelingan.
Hukumat qaroriga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlarda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun pul mablag‘lari ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting