«yer sotish» tegli maqolalar


«Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda?» Prezident — yer sotish holatlari haqida
20 yanvar 2022, 21:54

«Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda?» Prezident — yer sotish holatlari haqida

Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksionda sotish yo‘li bilan 400 mlrd so‘mlik tushumni ta’minlash rejasi mutlaqo qoniqarsiz ekanligini tanqid qildi. Prezident Toshkent viloyatida 14 gektar yer 3,5 mln dollarga sotilganini ma’lum qildi. «Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda?» — dedi u.

Toshkentda 12 gektar yerni 1,5 mln dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
26 noyabr 2021, 12:45

Toshkentda 12 gektar yerni 1,5 mln dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Olmazor tumani hokimligining mansabdor shaxslaridan biri 2 nafar sherigi bilan boshqa fuqaroga 12 gektar yerni 1 mln 560 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Shuningdek, bank xodimi poytaxtdan fuqaroga uy-joy olishida ko‘maklashish evaziga 2000 dollar olganida qo‘lga olindi.

Toshkentda 16,5 gektar yerni 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
3 noyabr 2021, 10:56

Toshkentda 16,5 gektar yerni 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida joylashgan fermer xo‘jaligining 16,5 gektar sug‘oriladigan yerini o‘zganing nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 600 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida joylashgan o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1000 gektar yer maydoni ajratilishida yordam berish evaziga 300 ming dollar talab qilgan shaxslar ham qo‘lga olindi.

Bo‘stonliqda 16 gektar yerni 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
13 avgust 2021, 12:16

Bo‘stonliqda 16 gektar yerni 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida hokim qarori bilan bog‘ yaratish uchun ijaraga berilgan 16 gektar yer maydonini 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda fuqaroga 23,5 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
18 iyul 2021, 16:49

Toshkentda fuqaroga 23,5 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda Qibray tumanida joylashgan 7 gektar yer maydonini 23,5 ming dollar evaziga tender savdolariga qo‘yish orqali sotib olib berishni va’da qilgan shahs qo‘lga olindi. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Buxoroda 20 sotix yerni 8000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
17 iyul 2021, 11:12

Buxoroda 20 sotix yerni 8000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida hokimlik zaxirasida turgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini 8000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada 50 sotix yerni 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
14 iyul 2021, 14:40

Farg‘onada 50 sotix yerni 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida qurilish balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Shuningdek, Namangan viloyati, Buxoro viloyati, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Toshkent shahrining Chilonzor hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Bo‘stonliqda 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
4 iyul 2021, 12:16

Bo‘stonliqda 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ot sportiga ixtisoslashgan MCHJga ajratilgan 25,4 gektar yer maydonini 1 mln. 500 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirgan shahs qo‘lga olindi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Namangan viloyatining Kosonsoy va Farg‘ona viloyatining Quva tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Toshkent viloyatida 80 sotix yerni 450 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
2 iyul 2021, 18:35

Toshkent viloyatida 80 sotix yerni 450 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dam olish maskani qurish uchun mo‘ljallangan 80 sotix bo‘sh yer maydonini 450 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qibrayda 2 gektar yerni 1 mln dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
20 may 2021, 17:30

Qibrayda 2 gektar yerni 1 mln dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Qibray tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro «Salar» shaharchasi hududidagi 2 gektar yer maydonini 1 million 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur yer egasini tergov harakatlariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

Navoiyda 150 ming dollarga yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxs ushlandi
5 aprel 2021, 15:52

Navoiyda 150 ming dollarga yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxs ushlandi

Navoiy shahrida o‘ziga tegishli bo‘lmagan 200 kv/metr yer maydonini 150 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting