Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. Marakaziy Osiyoning boshqa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq. Tojikiston YAIMda yashirin iqtisodiyot 40,7 foizni, Qozog‘istonda 36,6 foizni va Qirg‘izistonda esa 30,5 foizga to‘g‘ri kelgan.
Prezident farmoni bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish Maxsus komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda. Davlat idora va tashkilotlarida komplayens-nazorat tizimi joriy etiladi. Jarayonlar OAVda keng yoritiladi.
Prezidentning yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid qarori bilan qurilish sohasida ishchilarni shartnoma tuzmasdan yollashga ruxsat etilmoqda. Bundan tashqari, rieltorlarning aylanma soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha tushiriladi. Ovqatlanish shoxobchalarining plastik kartadan tushgan daromadi esa umumiy daromadga kiritilmaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlari qisqartiriladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting