Ridetech International (Yandex Go xizmati) vakillari Toshkentda Soliq qo‘mitasi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida uchrashuvlar o‘tkazdi. Yandex Go foydalanuvchilariga fiskal cheklar berish bo‘yicha ishlar rejasi belgilab olinib, 1-apreldan haydovchi va yo‘lovchilar sug‘urtalanishi e’lon qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yandex Go’ning soliqqa tortilishi hamda O‘zbekistondagi taksi bozori bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bozorda teng imkoniyatlar yaratuvchi takliflar ishlab chiqishini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javoban Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda Yandex Go xizmati qanday tartibga solingani, xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromad taqsimoti, kompaniya va taksi xizmati qancha soliq to‘lashi haqida ma’lumot berdi.
Yandex Go mijozlari yo‘l kira naqd pulsiz shaklda to‘lanadigan bo‘lsa, haydovchilar buyurtmani qabul qilishni rad etishi holatlariga to‘qnash kelishmoqda. «Gazeta.uz» taksi haydovchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va kompaniya muammoni qanday bartaraf etishga urinayotgani bilan qiziqdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Yandeks taksi» kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kirill Svinsov bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda kompaniyaga O‘zbekiston IT-parkining rezidenti maqomini olishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting