«vaksinatsiya» tegli maqolalar


23 iyul 2021, 18:47

Koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan 21 mln aholidan qariyb 5 foizi to‘liq emlandi — Nurmat Otabekov

Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.

23 iyul 2021, 14:44

O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari manzillari (ro‘yxat)

Butun O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy va markaziy poliklinikalarda, shuningdek ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.

22 iyul 2021, 20:29

Kecha O‘zbekistonga yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

21 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 9 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.

21 iyul 2021, 13:29

Kecha O‘zbekistonga 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

20 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 8 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.

18 iyul 2021, 09:36

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi komponenti bilan emlandi. «Hamshaharlar o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichini qabul qilib oldim. O‘ylaymanki, bu koronavirusning oldini olishga juda katta yordam beradi», — dedi hokim.

17 iyul 2021, 23:28

14 toifadagi fuqarolar COVID-19`ga qarshi ommaviy emlanishi shart etib belgilandi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari, kafe, restoran va choyxonalar, sport maktablari, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tibbiyot xodimlari, harbiy xizmatchilar, qolaversa, davlat hokimiyati, boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 1 noyabrgacha to‘liq emlanishi shart etib belgilanmoqda. To‘liq ro‘yxat.

17 iyul 2021, 15:47

«Vaksinani tekin bersak ham olishmayapti». Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga bordi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga borib, bemor va shifokorlar bilan suhbatlashdi. Markazda davolanayotganlarning 65 foizi ayollar ekani, qolaversa, bemorlar orasida vaksina olganlar ham borligi aytildi. Ta’kidlanishicha, vaksina olganlarda kasallik yengil o‘tmoqda, ular 3 kunda davolanib chiqayapti. «Tezda fuqarolarga vaksina qilish kerak. Bo‘lmasa ertaga odamlarni joylashtira olmaymiz», — deydi hokim.

16 iyul 2021, 15:35

«Shunchaki emlanish kerak» — Virusologiya instituti direktori. Vaksinatsiya haqida savollar va javoblar

Emlashdan oldin PZR test topshirish va antitanachalarga tahlil topshirish kerakmi, emlanganlarda antitanachalar darajasi qanday bo‘lishi kerak, o‘zbek-xitoy vaksinasi koronavirusning «delta» shtammiga qarshi samara beradimi — shu va boshqa savollarga Virusologiya ITI direktori Erkin Musaboyev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida javob berdi.

16 iyul 2021, 10:41

15 iyul kuni 357 kishida pnevmoniya aniqlandi

Payshanba kuni O‘zbekistonda 478 nafar fuqaroda koronavirus, 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

15 iyul 2021, 15:06

Hukumat emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’kidlashicha, tashkilotlarda majburiy emlash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, u vaksina olmagan fuqarolarning erkini cheklash kerakligini aytdi. «Bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak», — deydi Alisher Qodirov. Avvalroq, deputat Rasul Kusherbayev ham «ommaviy emlashni ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerakligi»ni ta’kidlagan edi.

15 iyul 2021, 11:01

14 iyul kuni 367 kishida pnevmoniya aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 493 nafar fuqaroda koronavirus, 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

14 iyul 2021, 20:12

O‘zbekistonga yaqin oylarda qariyb 5 mln doza vaksina olib kelinadi

20−25 iyul kunlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan qo‘shimcha 4 mln doza olib kelinadi. Shuningdek, avgust-cyentyabr oylarida Sputnik V vaksinasidan 160 ming doza COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda, deya xabar berdi deputat Doniyor G‘aniyev.

14 iyul 2021, 10:47

13 iyul kuni 319 kishida pnevmoniya aniqlandi

Dushanba kuni O‘zbekistonda 491 nafar fuqaroda koronavirus, 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

13 iyul 2021, 18:49

Biz emlash bo‘yicha boshqa davlatlarga qaraganda yaxshi ko‘rsatkichda ketyapmiz — Sherzodxon Qudratxo‘ja

Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja vaksinatsiya bo‘yicha O‘zbekiston yaxshi ko‘rsatkichda ketayotganligini ta’kidladi. 12 iyul holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar mamlakat aholisining 2,64 foizini tashkil qilmoqda.

13 iyul 2021, 16:55

Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘q — Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari

Islom dinida koronavirusga qarshi vaksina olish bo‘yicha taqiq yo‘qligi aytildi. Ta’kidlanishicha, dinda xarom deyilgan narsalar insonning sog‘ligini saqlashda shundan boshqa chora qolmasa, o‘sha narsadan foydalanish yoki uni iste’mol qilishga ham ruxsat beriladi. “Mutaxassis shuni davo deb tayinladimi, demak, bu halol tomonga o‘tdi”, — dedi Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov.

13 iyul 2021, 10:40

12 iyul kuni 283 kishida pnevmoniya aniqlandi

Dushanba kuni O‘zbekistonda 497 nafar fuqaroda koronavirus, 283 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

12 iyul 2021, 10:47

Pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ortmoqda

11 iyul kuni O‘zbekistonda 458 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi.

11 iyul 2021, 11:11

10 iyul kuni 274 kishida pnevmoniya aniqlandi

Shanba kuni O‘zbekistonda 485 nafar fuqaroda koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

10 iyul 2021, 11:23

9 iyul kuni 259 kishida pnevmoniya aniqlandi

Juma kuni O‘zbekistonda 467 nafar fuqaroda koronavirus, 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

9 iyul 2021, 10:55

8 iyul kuni 221 kishida pnevmoniya aniqlandi

Payshanba kuni O‘zbekistonda 482 nafar fuqaroda koronavirus, 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting