«vaksinatsiya» tegli maqolalar


22 avgust 2021, 15:39

“ArMI — 2021” musobaqalari ishtirokchilari COVID-19`ga qarshi emlangan

22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadigan “ArMI — 2021” Xalqaro armiya o‘yinlaridan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida musobaqada qatnashadigan ishtirokchilarning barchasi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, xorijiy ishtirokchilar uyiga qaytib ketishidan oldin ham to‘liq tekshiruvlardan o‘tadi.

21 avgust 2021, 19:10

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan xitoy-o‘zbek va «Sputnik V» vaksinalarini ro‘yxatga olishga ruxsat berildi

O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rozilik berdi.

12 avgust 2021, 17:28

Energetika vaziri Alisher Sultonov koronavirusga qarshi ikki marotaba to‘liq emlangan

Energetika vaziri Alisher Sultonov dekabr va may oylari oralig‘ida ikki marotaba koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning to‘liq kursini tugatgan. Vazir aynan qaysi preparat bilan emlangani ma’lum qilinmadi.

12 avgust 2021, 12:52

Abdulaziz Kamilov koronavirusga qarshi to‘liq emlangan

Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov COVID-19 ga qarshi to‘li emlangan. Vazir aynan qaysi vaksinani olganligi ma’lum qilinmadi.

10 avgust 2021, 23:17

Vaksinaning keyingi dozalari bilan emlashni kechiktirish xavfsiz — Innovatsion rivojlanish vazirligi

Xitoy-o‘zbek vaksinasining keyingi dozalari bilan emlashning kechiktirilishi antitanalar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatmaydi, balki antitanalar miqdori oshishi va ularning uzoq vaqt davomida saqlanib qolishiga xizmat qiladi, deb aholining qo‘rquviga javob qaytardi Innovatsion rivojlanish vazirligi.

10 avgust 2021, 17:42

COVID-19 ga qarshi emlash Germaniyada minglab o‘limlarning oldini oldi — Deutsche Welle

Robert Kox instituti mutaxassislari koronavirusga qarshi emlash kampaniyasining dastlabki olti oyida 38,000 dan ortiq o‘limning oldini oldi.

10 avgust 2021, 08:19

Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi

O‘zbekiston Germaniyadan koronavirusga qarshi 350 ming doza vaksina oladi. Preparatlar COVAX dasturi doirasida yetkazib beriladi.

9 avgust 2021, 13:17

Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi

9 avgustdan boshlab bir hafta davomida O‘zbekistondagi barcha emlash punktlarida xitoy-o‘zbek vaksinasining faqat birinchi dozasi bilan emlash ishlari amalga oshiriladi. Shu muddat ichida ushbu vaksinaning ikkinchi va uchinchi bilan emlanilmaydi. Bu ish vaksinatsiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish va emlash bo‘yicha hisob-kitobni to‘g‘rilab olish uchun qilinganligi aytildi.

6 avgust 2021, 16:49

Yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

6 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 13 mln 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.

6 avgust 2021, 10:28

So‘rovda ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning 53 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyor

«Ijtimoiy fikr» markazining so‘rovnomasida ishtirok etgan fuqarolarning 53,2 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligini tasdiqlashdi. So‘ralganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa (36,5 foizi) emlanishdan bosh tortmoqda. Ular bunga asosiy sabab vaksinaning nojo‘ya ta’sirlaridan xavotir va emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma ekanligini aytishgan. Vaksinatsiya borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida aniqlandi.

5 avgust 2021, 20:33

O‘zbekistonga yana 90 ming doza «Sputnik V» vaksinasi keltiriladi — SSV

Yaqin kunlarda «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda O‘zbekistonga keltirilishi kutilmoqda. Bir qator olimlar «Sputnik V» vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini ma’lum qilishgan.

5 avgust 2021, 11:54

Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2021 yil boshida o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan to‘liq emlangan.

3 avgust 2021, 17:29

«Virusni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya». Prezident aholini yana bir bor emlanishga chaqirdi

Prezident raisligida o‘tayotan videselektorda Shavkat Mirziyoyev pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. «Virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

2 avgust 2021, 11:43

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksina olgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan, deya ta’kidladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Ammo u davlat rahbari qaysi vaksina bilan emlanmaganini aytmadi.

31 iyul 2021, 15:07

Senat majburiy profilaktik emlashlar to‘g‘risidagi o‘zgartishni ma’qulladi

Senatorlar aholining ayrim toifalarini majburiy profilaktik emlashni qonuniylashtirish hamda ish beruvchiga profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ishchini ishga qo‘ymaslik huquqini berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishni ma’qulladilar.

29 iyul 2021, 16:56

1 noyabrga qadar aholining 70 foizini emlash rejalashtirilmoqda

1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilmoqda. Hozirga qadar respublika bo‘ylab 5,4% aholi infeksiyaga qarshi to‘liq emlangan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan, Andijon, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan.

29 iyul 2021, 11:28

Ombdusman majburiy emlash ortidan inson huquqlariga putur yetish yoki yetmasligiga oid savollarga javob berdi

17 iyulda O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi majburiy emlanishi shart etib belgilandi. Oradan 11 kun o‘tib, quyi palata deputatlari majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid qonun loyihasini ma’qullab, Senatga yubordi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan ombudsman Feruza Eshmatova majburiy emlash va uni qonuniylashtirish jarayoni, bu borada xalqaro norma va tajriba, faqat bir vaksina mavjudligi tufayli aholining tanlov huquqi buzilishi kabi savollarga javob berdi.

27 iyul 2021, 14:49

Kvartiralar, Tesla va Rolex: dunyo mamlakatlari vaksina olganlarni qanday rag‘batlantirmoqda?

Dunyoning bir nechta mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ko‘proq fuqarolarni jalb qilish uchun targ‘ibot ishlaridan tashqari, mukofot pullari, sovg‘a kartalari va ta’tillar joriy etilgan. Bundan tashqari, faqatgina vaksina olganlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan katta yutuqli lotereyalar tashkil etilgan. Xorijiy mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksina olganlarga taklif qilinayotgan «bonus"lar haqida.

24 iyul 2021, 11:36

«Vaksina tibbiyotning eng katta yutug‘i» — virusolog Dildora Sekler

Hozir pnevmokokkka qarshi emlanish mumkinmi, bu vaksina koronavirusdan himoya qiladimi va nima uchun emlashdan qo‘rqmaslik kerak? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga shifokor-virusolog, Facebook`dagi «Vrachi Tashkenta» guruhi asoschisi, PhD Dildora Sekler javob berdi.

23 iyul 2021, 21:01

4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinadi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirdi. Davlat rahbari 4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinayotganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting