Dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo‘yicha kelishuvlar mavjud. O‘zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega. Eng ko‘p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi.
Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichida qatnashmoqchi bo‘lganlarning 30 foizida COVID-19ga antitanalar aniqlangan. Ular kasallikni alomatlarsiz o‘tkazgan. 7 yanvar holatiga ko‘ra, 1328 kishi emlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer vaksinasini koronavirusga qarshi favqulodda ishlatishga ruxsat berdi. Vaksina JSSTning xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha talablariga javob bergan. Bu dunyo mamlakatlariga vaksinani import qilishga va aholiga tarqatishga imkoniyat beradi
Hindistonda ikkinchi va uchinchi klinik sinovlari o‘tkazilayotgan 3 turdagi vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov koronavirusga qarshi vaksina sinovlari poytaxtdagi uchta poliklinikada bo‘lib o‘tayotganligini ma’lum qildi. U o‘zi ham bir oy oldin ushbu vaksinalar bilan emlanganligini, hozirgacha o‘zida nojo‘ya ta’sirini sezmaganligini aytmoqda.
O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab murojaat qilgan va O‘zbekistonning arizasi qabul qilingan.
Jo Bayden rafiqasi bilan koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya jaryoni jonli efirda namoyish etildi.
O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasi yetkazib beriladi, dedi elchi Vladimir Tyurdenev. Bundan tashqari, kelgusi yilda Rossiyadan koronavirusga qarshi ikkinchi «Epivakkorona» vaksinasini sotib olish kutilmoqda.
Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarila boshladi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy vaksinatsiya jarayonlari 2021 yilning fevralidan boshlanishi belgilandi.
AQSHda COVID-19 vaksinasi ishlab chiqaruvchilarining nojo‘ya ta’sirlar uchun javobgarlikdan ozod qilinishi, Shvetsiya qirolining karantinsiz koronavirusga qarshi kurashishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olgani, Singapurda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda COVID-19ga qarshi antitanachalarning topilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQSH Oziq-ovqat va dori-darmon ma’muriyati koronavirusga qarshi Pfizer-BionTech vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi. Yil yakuniga qadar 20 million aholi emlanishi kutilmoqda. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va qariyalar uylarida yashovchilar va ishlovchilar emlanadi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlangan.
Vafot etganlarning uch nafari 55 yoshdan oshgan edi. Ikki nafariga vatsina berilgan bo‘lsa, to‘rt kishiga platsebo berilgan. Ko‘ngillilarning sog‘ligida ba’zi muammolar bo‘lib, ular surunkali kasalliklardan aziyat chekishgan.
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Tashkent Pharma Park hududida koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ishlab chiqarishni taklif qildi.
Putin kelasi hafta Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.Birinchi bo‘lib o‘qituvchilar va shifokorlar emlanishi kutilmoqda.
Buyuk Britaniyada Pfizer/BioNTech vaksinasidan foydalanish uchun ruxsat berildi. Yuqori risk guruhidagilar keyingi haftadan boshlab koronavirusga qarshi emlanadi.
COVID-19 ga qarshi «Sputnik V» vaksinasining ishlab chiquvchilari uning samaradorligini 95% dan yuqori ekanligini e’lon qilishdi. Xalqaro bozorlar uchun bitta vaksina dozasi 10 dollardan kamroqqa narxlanmoqda.
Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 ga qarshi vaksina o‘rtacha 70 foiz samaradorligini ko‘rsatdi.
O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun Covid-19 vaksinasi buyurtma qilingan.
Si Szinpin «sog‘liqni saqlash kodlarini» o‘zaro tan olishning xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bundan tashqari, Xitoy dunyodagi barcha halqlar uchun Covid-19 vaksinalari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting