«vaksina» tegli maqolalar


14 aprel 2021, 17:53

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.

13 aprel 2021, 13:18

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 ming nafardan oshdi

12 aprel kuni O‘zbekistonda 67,4 mingdan ziyod kishi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanib, vaksina olganlar soni 200 ming nafardan oshdi.

11 aprel 2021, 11:35

Emlash ro‘zani buzadimi — O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati javobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan emlash, shuningdek, ukol qilish ro‘zani buzadimi, degan savolga javob berdi.

6 aprel 2021, 17:56

AstraZeneca vaksinasi va tromboz holatlari o‘rtasida bog‘liqlik borligini tasdiqlashdi

Yevropa dori vositalari bo‘yicha agentligi koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi va vaksinani qabul qilganlar orasida kuzatilgan tromboz holatlari orasida bog‘liqlik borligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Agentlik ushbu holatlarni vaksinaning juda kamdan-kam uchraydigan aks (yon) ta’siri deb atamoqda.

6 aprel 2021, 17:16

Qozog‘iston prezidenti «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi

Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi.

3 aprel 2021, 14:52 1

Xitoy-o‘zbek vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari qanday bo‘lishi mumkin?

Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olganlarda isitma, allergik reaksiyalar va ukol qilingan joyda qizarish kuzatilishi mumkin, deya ma’lum qildi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.

2 aprel 2021, 10:04

Vaksinatsiyaning birinchi kunida O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq aholi koronavirusga qarshi emlandi

Koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlarining ilk kunida respublika bo‘ylab 5 018 nafar fuqaro aholi emlandi. Ulardan asosiy qismni 65 yoshdan yuqori fuqarolar va tibbiyot xodimlari tashkil etdi.

31 mart 2021, 15:06

Yana 3,5 million xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelinadi — Sog‘liqni saqlash vaziri

O‘zbekistonga may-iyun oylarida COVAX dasturi doirasida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida 3,5 million doza o‘zbek-xitoy vaksinalari olib kelinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.

24 mart 2021, 10:56

Vladimir Putin COVID-19ga qarshi emlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Davlat rahbarining aynan qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum emas va vaksinatsiya jarayoni kameralar ostida tashkil etilmadi.

17 mart 2021, 19:21

«Hech kim aholini majburiy emlamaydi» — Bahodir Yusupaliyev

SES rahbari Bahodir Yusupaliyev fuqarolar biror vaksinani olishga majbur emasligini ma’lum qildi. «Biz fuqarolarimizni biror vaksinani olishga majburlamaymiz. Ular istagan vaksinasi bilan emlanishi mumkin», — deydi u.

17 mart 2021, 16:29

AstraZeneca vaksinasining birinchi partiyasi O‘zbekistonga topshirildi

Toshkentda 660 ming dozali AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ommaviy emlash Navro‘zdan keyin boshlanadi. JSST vakili AstraZeneca’ning COVID-19 ni oldini olishdagi afzalligi uni nojo‘ya ta’sirlaridan ko‘proq ekanligini ma’lum qildi.

17 mart 2021, 15:51

Moderna bolalarda vaksinaning klinik sinovlarini boshladi

AQSHning Moderna kompaniyasi 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini boshlagani haqida e’lon qildi. Sinovlarda AQSH va Kanada bo‘ylab 6750 nafar bolalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

16 mart 2021, 18:14

Toshkentga AstraZeneca vaksinasining ilk partiyasi 17 mart kuni olib kelinadi

17 mart tunda O‘zbekistonga Hindistondan umumiy miqdori deyarli 2 mln dollarga teng bo‘lgan 660 ming doza Covishield vaksinasi (litsenziya bo‘yicha Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasining mahalliy nomi) yetib keladi. Vaksina O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida bepul yetkazib beriladi.

12 mart 2021, 11:44

Yevropaning bir qator mamlakatlarida AstraZeneca vaksinasini qo‘llash to‘xtatildi

Daniya, Norvegiya va Islandiya kabi mamlakatlar ehtiyotkorlik chorasi sifatida AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Avstriya, Italiya, Estoniya, Latviya, Litva va Lyuksemburg kabi mamlakatlar esa faqat bir partiya ichidagi vaksinalardan foydalanishni to‘xtatdi.

9 mart 2021, 15:40

AQSHda koronavirusga qarshi emlanganlar niqobsiz muloqot qilishiga ruxsat berildi

AQSHda COVID-19ga qarshi to‘liq emlangan fuqarolarga yopiq joylarda niqob taqmasdan va jismoniy masofani saqlamagan holda muloqot qilishlariga ruxsat berildi.

5 mart 2021, 15:52

O‘zbekistonda «QazCovid-in» vaksinasi ishlab chiqarilishi mumkin

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga taklif qildi.

2 mart 2021, 17:44

Sergey Lavrov «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonda ro‘yxatga olinganini aytmoqda

«Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, vaksina O‘zbekistonda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Lekin vaksina O‘zbekistonda faqat sertifikatsiyalangan.

2 mart 2021, 12:53

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi. Elchining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston OAVlarida ushbu vaksina hakida ma’lumotlar berilib borilmoqda va mamlakatga uni yetkazish bo‘yicha taklif kiritilishi mumkin.

1 mart 2021, 20:11

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

ZF-UZ-VAC 2001 nomli xitoy-o‘zbek vaksinasi mamlakatda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

25 fevral 2021, 13:29

Pfizer/BioNTech vaksinasi 94 foizga samarali deb topildi

AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Isroildagi ommaviy vaksinatsiya jarayoni natijalariga ko‘ra, birinchi dozadan so‘ng samaradorlik 57%, ikkinchisidan so‘ng 94% deb topildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting