«vaksina» tegli maqolalar


10 iyun 2021, 11:07

AQSh 100 ta davlatga Pfizer vaksinasining 500 mln dozasini yuborishni rejalashtirmoqda

AQSh yil oxirigacha Pfizer vaksinasining 200 mln doza, keyingi yilning iyun oyigacha esa yana 300 mln dozasini sotib olib turli mamlakatlarga taqsimlab tarqatishni rejalashtirmoqda.

1 iyun 2021, 14:59

O‘zbekistonga 70 ming doza «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Shu bilan O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 mln 330 ming dozaga yetdi.

1 iyun 2021, 11:51

O‘zbekistonda 2 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda 2 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 230 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

31 may 2021, 17:21

31 maydan chet elga ketadigan talabalar va OAV xodimlari koronavirusga qarshi emlanadi

31 may kunidan boshlab chet elga o‘qishga ketadigan talabalar, OAV xodimlari, blogerlar hamda yozuvchilar COVID-19 ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga kirdi.

28 may 2021, 10:20

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda 1,8 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

18 may 2021, 10:58

Yana bir million dozada xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek vaksinasining navbatdagi partiyasi 1 million dozada olib kelindi. Ertaga ushbu vaksinadan yana 500 ming doza vaksina olib kelinishi aytilmoqda.

7 may 2021, 10:43

COVID-19`ga qarshi 1 milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1 mln 46 ming 668 nafarga yetdi. Emlanganlarning eng yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

6 may 2021, 15:25

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari

SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan «faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilgan, shu sababli ushbu yoshdan kichiklarga rad javobi berilmoqda. 1 may kuni quyi palata spikeri o‘rinbosari 37 yoshli Odiljon Tojiyev «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

6 may 2021, 14:17

Bir inson faqat bir turdagi vaksinani olishi kerak — SES boshlig‘ining o‘rinbosari

Bir odam ikki hil vaksina bilan emlanishi mumkin emas, ikkinchi boshqa vaksina qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya ma’lum qildi SES boshlig‘ining o‘rinbosari. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, bunday holda organizmda immun-javob reaksiyasini o‘ziga xos kechishi va u odam kasallikka chalinib qolish ehtimoli bor.

4 may 2021, 15:55

Koronavirusga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin

Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.

30 aprel 2021, 17:41

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi. Buni juma kuni COVID-19`ga qarshi emlangan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma’lum qildi. COVAX dasturi doirasida 2 mln 256 ming doza AstraZeneca`dan faqat 660 ming doza vaksina keltirilgan edi.

28 aprel 2021, 11:31

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 mingdan oshdi

27 aprel kuni O‘zbekistonda 34 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Jami mamlakat bo‘yicha emlanganlar soni 600 ming nafardan oshdi.

27 aprel 2021, 22:53

Hozirda koronavirusga qarshi vaksinatsiya faqat davlat muassasalarida amalga oshirilmoqda — Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotgani, vaksinatsiya faqatgina davlat tibbiyot muassasalarida olib borilayotganini ma’lum qildi. Keyinchalik vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotganda xususiy sektor ehtiyojini ham e’tiborga olish rejalashtirilmoqda.

27 aprel 2021, 14:35

Yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga yana 1 million doza miqdorda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Hozirgi kungacha emlanganlarning 46 foizi aynan ushbu vaksina bilan emgangan. O‘zbek-xitoy vaksinasining 1 million dozalik avvalgi partiyasi 27 mart kuni keltirilgan edi.

23 aprel 2021, 10:25

COVID-19 ga qarshi yarim milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanganlar soni yarim milliondan oshdi. So‘nggi kunlarda emlanish darajasi pasaygan. Bunga Ramazon oyida ro‘za boshlanishi sabab bo‘lishi mumkin.

23 aprel 2021, 09:55

O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

O‘zbekistongaga «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi. Vaksina uchun xarajatlarning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.

19 aprel 2021, 11:51

Isroilda ko‘chada niqob taqmaslikka ruhsat berildi

Isroilda koronavirus bilan kasallanish holatlari pasayishi sababli ko‘chada niqob taqish talabi bekor qilindi. O‘z yashash joylaridan tashqari, boshqa binolarda niqob taqish majburiy bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisining 50 foizidan ortig‘i COVID-19 ga qarshi emlandi.

19 aprel 2021, 10:33

Xitoy-o‘zbek vaksinasi «britaniya» va «braziliya» shtammlariga qarshi samarali ekanligi tasdiqlandi

Xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi koronavirusning yangi «britaniya» va «braziliya» shtammlariga qarshi samarali ekanligi qayd etildi. Bundan tashqari, mazkur vaksina «janubiy afrika» shtammiga ham qarshi aktiv neytral holatini saqlab qoldi.

17 aprel 2021, 12:09

Aprel oyi oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinadi

Bosh vazir aprel oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oy oxirida yana bir million donadan ziyod Xitoy vaksinasi keltiriladi.

14 aprel 2021, 17:53

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting