«vaksina» tegli maqolalar


29 iyul 2021, 15:31

O‘zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida Pfizer/Bio N Tech vaksinasining 1,2 mln dozasi olib kelinishi ham ko‘zda tutilgan.

29 iyul 2021, 15:30

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

Jurabek Laboratories tomonidan «Sputnik V» vaksinasining birinchi namunasi ishlab chiqilib, Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Ijobiy javob olingach va Rossiyadan xom-ashyo keltirilgach, O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini quyish avgust o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Jurabek Laboratories ishlab chiqarish direktorining ma’lum qilishicha, kompaniya birinchi bosqichda 2 mln doza «Sputnik V» va 10 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

28 iyul 2021, 19:16

«Vaksina olganlar shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga juda og‘ir bo‘lyapti» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev olimlarning tadqiqotiga asoslanib koronavirus bilan kurash hali yana kamida 10 yil davom etishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababdan «Sputnik V» va xitoy-o‘zbek vaksinalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha muhokamalar bormoqda. Prezident fuqarolarni koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. «Vaksina olganlarga shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti», — dedi u.

27 iyul 2021, 16:30

Vaksinadan bosh tortganlar ishdan chetlatilishi mumkin

Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullagan qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda aholining ayrim qatlamlarini koronavirusga qarshi majburiy emlash hamda vaksina olmagan xodimni ishdan chetlatish mumkin bo‘ladi. Quyi palata vakillari ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishga yordam berishiga ishonmoqda. Qonun loyihasi Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi.

24 iyul 2021, 15:00

Vaksinalar dunyoni qanday o‘zgartirgan?

COVID-19 pandemiyasi insoniyatni yuqumli kasalliklarning naqadar xavfli va halokatli avj olishini eslashga majbur qildi. Shunigdek, u bunday holatlarda vaksinalar normal hayotga qaytish uchun yagona umid ekanligini ham eslatmoqda. Dunyo tarixida eng keng tarqalgan chechak, qizamiq, poliyemiyelit va bezgak kasalliklari va ularga qarshi kurashda vaksinalarning o‘rni haqida.

22 iyul 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 iyul 2021, 11:12

Vaksina olmaslik durust emas — O‘zbekiston musulmonlar idorasi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi emlanish va vaksinalar haqida tarqalayotgan gaplarga izoh berdi. «Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas», — deya ta’kidlandi fatvoda. Avvalroq, idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘qligi haqida ma’lum qilgan edi.

17 iyul 2021, 10:28

Bir kunda 400 dan ortiq pnevmoniya holatlari qayd etildi

Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshdi. 4 kishi vafot etdi.

16 iyul 2021, 10:22

Ozarbayjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yubordi

Ozarbayjondan O‘zbekistonga 50 ming dozadagi SOVID-19`ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu Angliya-Shvetsiya kompaniyasining vaksinasi ekanligi ma’lum qilindi.

15 iyul 2021, 09:47

O‘zbekistonga 90 ming doza «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi

Toshkentga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponentini yetkazib berildi.

14 iyul 2021, 12:24

Vaksina olish uchun yaratilgan imkoniyatlardan 2 baravar past darajada foydalanyapmiz — Nurmat Otabekov

SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ta’kidlashiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston bo‘ylab emlash tadbirlari uchun yaratilgan imkoniyatlarning teng yarmidan foydalanilmoqda. Har bir emlash punktida kuniga 36 nafar fuqaro emlanmoqda, rejada esa 70 kishi bo‘lgan. «Vaksinadan boshqa biz epidemik vaziyatni barqarorlashtiradigan bir taklifni yoki qandaydir tashabbusni ko‘rmayapmiz», — dedi u. Shuningdek, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlariga rag‘bat sifatida moddiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

7 iyul 2021, 11:09

Vaksinalar haqidagi keng tarqalgan feyk xabarlar va noto‘g‘ri farazlar

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon ushbu kasallik to‘g‘risida ham, unga qarshi ishlab chiqarilgan vaksina haqida ham turli xil uydirma va ilmiy asosga ega bo‘lmagan yolg‘on xabar va ma’lumotlar tarqalib kelmoqda. «Vaksina bilan birgalikda odamlarga kuzatuv mikrochiplari joylashtirilishi», «kasallikdan tuzalgandan so‘ng emlanish shart emasligi», shular jumlasidan. Vaksina haqidagi eng mashhur feyklar va noto‘g‘ri farazlar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

3 iyul 2021, 10:35

Nima uchun kovidga qarshi ommaviy emlash klinik sinovlar yakuniga yetmasdan boshlandi?

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdikulova «Gazeta.uz»ga nima sababdan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetmasdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborilgani hamda pereparatning samaradorligi qay darajada ekanligi haqida so‘zlab berdi.

2 iyul 2021, 23:42

O‘zbekistonda aholining 2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

Uch oy ichida O‘zbekistonda, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 685,5 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu doimiy aholining (33,9 million) 2 foizi yoki 19 yoshdan katta bo‘lgan aholining 3,1 foizi demakdir. Avvalroq iyunga qadar aholining 60 foizi emlanishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

2 iyul 2021, 10:36

Xalq ta’limi vaziri koronavirusga qarshi emlandi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov COVID-19 ga qarshi xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

30 iyun 2021, 23:36

Shaxsiy tajriba. Vaksinatsiya punktlarida koronavirusga qarshi qanday emlashmoqda?

Toshkentdagi bozorlar, supermarketlar, mahallalar va boshqa gavjum obyektlar hududida 46 ta koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi. «Gazeta.uz» muxbiri ulardan birida vaksina oldi. Koronavirusga qarshi qanday qilib emlanish kerakligi, buning uchun nimalar zarurligi va ekspertlar fikriga tayangan holda o‘zbek-xitoy vaksinasining samaradorligi haqida.

30 iyun 2021, 09:27

Yana 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi 1 mln dozasi olib kelindi.

28 iyun 2021, 17:51

Moskvada migrantlarni koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlandi

Moskvada migrantlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Hozirda ular «Sputnik Layt» bilan emlanmoqda va vaksina uchun to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

28 iyun 2021, 12:06

COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri avgust oyida yetkazib berilishi kutilmoqda

Avgust oyida COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. U AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina bo‘lishi mumkin.

25 iyun 2021, 18:27

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi emlandi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. U qozog‘istonliklarni vaksina olishdan qo‘rqmaslikka chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting