«vaksina» tegli maqolalar


7 sentabr 2021, 14:37

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining O‘zbekistondagi sinovlari natijasi e’lon qilindi

O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining uchinchi bosqich sinovlarida 2757 kishi preparat bilan emlangan, ulardan 20 kishi (0,73%) koronavirus bilan zararlangan. Platsebo olganlar orasida 2763 kishidan 73 nafari (2,64%) koronavirus yuqtirgan.

6 sentabr 2021, 18:39

Vaksinadan keyingi o‘lim holati faqat 1 soat oralig‘ida kuzatilishi mumkin — Sevara Ubaydullayeva

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva O‘zbekistonda hozirgi kunga qadar vaksina tufayli birorta o‘lim holati kuzatilmaganligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, vaksinadan so‘ng kuzatiladigan o‘lim holati vaksina olgandan keyingi 1 soat oralig‘ida anafilaktik shok oqibatida kuzatilishi mumkin.

27 avgust 2021, 11:25

O‘zbekistonlik olimlar iste’mol qilsa bo‘ladigan vaksinani ishlab chiqishmoqda

Fanlar Akademiyasi qoshidagi genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidorga asoslangan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish ustida ishlashmoqda. Shuningdek, qoramollarni koronavirusga qarshi vaksinalar bilan emlab, uning suti virusga qarshi kurashishga yordam berishi mumkinligi borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.

24 avgust 2021, 13:10

Vaksinalar inson DNKsiga ta’sir qiladimi?

Vaksinalar DNKga ta’sir qiladimi? Emlash inson genomiga ta’sir ko‘rsata oladimi? Koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta’siri qanday aniqlanadi? Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev shu va boshqa savollarga javob berdi.

19 avgust 2021, 10:01

Nima uchun O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib xitoy-o‘zbek vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi?

Xitoy-o‘zbek vaksinasi kabi rekombinant vaksinalar qanchalik samarali? Koronavirusga qarshi vaksinalar qanchalik yaxshi o‘rganilgan? Nima uchun O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib ZF2001 vaksinasidan ommaviy foydalanishni joriy qildi? «Gazeta.uz»ning bu va boshqa savollariga biotexnolog, molekulyar genetik, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.

15 avgust 2021, 12:43

Qanday holatlarda koronavirusga qarshi emlanish tavsiya etilmaydi?

Koronavirusga qarshi emlash jarayonida ayrim holatlarda vaksina olish bo‘yicha tibbiy cheklovlar bo‘lishi mumkin. Qaysi holatlarda koronavirusga qarshi vaksina olish tavsiya etilmaydi? Boshqa turdagi vaksina olganlar qancha vaqtdan keyin koronavirusga qarshi emlanishi mumkin? Ushbu savollarga Sanitariya-epidemiologik xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi.

14 avgust 2021, 14:21 6

Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni qanday olish mumkin?

Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni qanday va qayerda olish mumkin? Vaksina olganlik to‘g‘risida SMS-xabar kelmasa, nima qilish kerak? Qaysi davlatlar O‘zbekiston SSV tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olgan? O‘quvchilar so‘rovlari asosida «Gazeta.uz» ushbu va boshqa savollarga javob oldi.

13 avgust 2021, 12:57

Fransiya O‘zbekistonga 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasini yubormoqda

14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan O‘zbekistonga 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.

12 avgust 2021, 11:37

186 doza xitoy-o‘zbek vaksinasini sotishga uringanlar ushlandi

Toshkent shahrida ZF-UZ VAC2001 vaksinasining 186 dozasini 27 mln 750 ming so‘mga sotishga uringan ayol kishi qo‘lga olindi. U preparatlarni Yakkasaroy tumanidagi oilaviy poliklinikalardan birining katta hamshirasidan olgan.

11 avgust 2021, 19:42

Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash tiklandi

O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash ishlari qayta yo‘lga qo‘yildi.

11 avgust 2021, 15:22

«Vaksinadan bosh tortib, siz odamlarni tibbiy xizmat olish imkoniyatidan mahrum qilyapsiz» — biotexnolog

Emlashdan bosh tortish kasalxonalarni koronavirusli bemorlarni davolash uchun qayta ixtisoslashtirishga olib keladi. Boshqa kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar hamon tibbiy xizmatga muhtoj, lekin uni ololmaydilar. Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev o‘zbekistonliklarni vaksina olishga chaqirdi.

11 avgust 2021, 12:37

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini keyingi haftadan ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ma’qullandi. Rossiyadan keyingi haftada xom-ashyo kelganidan so‘ng, preparat ishlab chiqariladi va tekshiruv uchun yana markazga yuboriladi.

11 avgust 2021, 11:15

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov koronavirusga qarshi emlandi

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov COVID-19 ga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlandi.

10 avgust 2021, 08:50

Homilador ayollar koronavirusga qarshi vaksina olishi mumkinmi?

Koronavirus homilador ayollar uchun qanchalik xavfli? Homilador ayollar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinmi? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.

9 avgust 2021, 18:17

Xitoy-o‘zbek vaksinasi dozalari orasidagi interval qancha bo‘lishi kerak?

Koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dozalari orasidagi interval qancha bo‘lishi kerak? Koronavirusning «delta» shtammi qanday aniqlanadi? Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev «Gazeta.uz»ning ushbu savollariga batafsil javob berdi.

9 avgust 2021, 17:59

Koronavirusdan tuzalgan odam vaksina olishi kerakmi?

Kasallik yoki vaksinadan so‘ng organizmda «antitanachalar» paydo bo‘lmasligi mumkin, lekin xotira hujayralari oldinroq virusga duch kelganligini eslab qoladi. Koronavirusdan tuzalgan odam nima sababdan emlanishi kerak? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.

5 avgust 2021, 18:46

AQSh faqat vaksina olganlarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda

Oq uy ma’muriyati mamlakatga faqat koronavirusga qarshi to‘liq emlangan chet elliklarning kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

4 avgust 2021, 15:18

Germaniyada COVID-19 ga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlanish taklif qilinadi

Sentyabrdan boshlab Germaniya keksa yoshdagilar va xavf osti guruhida bo‘lganlarga koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini taklif qila boshlaydi. Bundan oldin qaysi vaksina bilan emlanilganidan qati nazar, Pfizer/BioNTech yoki Moderna vaksinalari qo‘llaniladi.

4 avgust 2021, 13:50

Turkiyalik muxojirlar, uch egizakning onasi, Garvard bitiruvchisi, molekulyar biolog: koronavirusga qarshi vaksinalarni yaratganlar kim?

Biror yuqumli kasallikka shifo topish, vaksina yaratish — juda katta mas’uliyat va tajribani talab etadi. Chunki bir doza preparat bilan yoki insonni normal hayotga qaytarish, yoki biror nojo‘ya ta’sir bilan noxush holatlarga olib kelish mumkin. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan 5 ta vaksina mualliflari va vaksinalar qanday yaratilganligi haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

30 iyul 2021, 08:08

Toshkentga 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga COVAX mexanizmi doirasida AQShdan 3 million doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Ushbu vaksina butun mamlakat bo‘ylab 18 yoshdan oshgan fuqarolarni emlashda qo‘llaniladi. Kuzda AstraZeneca va Pfizer vaksinalarini yetkazib berish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting