«vaksina» tegli maqolalar


17 yanvar 2022, 15:58

O‘zbekistonga 310 ming dozadan ko‘proq Pfizer vaksinasi keltirildi

COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 310 050 doza Pfizer vaksinasi olib kelindi. Mazkur turdagi vaksinalarning umumiy miqdori 2,6 mln dozaga yetdi.

10 yanvar 2022, 11:23

O‘zbekistonga yarim million dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida beg‘araz yordam sifatida 500 ming dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi.

4 yanvar 2022, 18:30

13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

2021 yilda koronavirusga qarshi 39,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Jumladan, 13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Vaksina olganlarning eng katta qismi Samarqand viloyatida.

12 dekabr 2021, 14:01

O‘zbekistonga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga Xitoydan 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar soni 49 mln dozadan oshdi.

10 dekabr 2021, 23:04

O‘zbekistonga 200 ming doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi

O‘zbekistonga Rossiyadan 200 ming doza yangi turdagi vaksina — Sputnik Light keltirildi. Shu bilan O‘zbekistonda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya.

9 dekabr 2021, 18:20

Pfizer`ning buster dozasi Omikron shtammidan yanada yaxshiroq himoya qila oladi — ishlab chiqaruvchi

Pfizer-BioNTech kompaniyasi koronavirusning Omicron shtammidan himoya qila oladigan uchinchi doza ustida ishlamoqda. Ushbu doza bilan emlash antitanachalar himoyasini dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshiradi. Pfizer mutasaddi tashkilotlar ruxsat bergach, 2022 yildan Omicron`ga qarshi 4 mlrd buster doza ishlab chiqarishni reja qilgan.

26 noyabr 2021, 10:02

«Sputnik V» bilan emlanganlarning atigi 31 foizida antitanachalarning yetarli darajasi saqlanib qolgan — tadqiqotlar

Argentinalik olimlarning kuzatuvlariga ko‘ra, olti oy muddatda «Sputnik V» bilan emlanganlarning atigi 31 foizida COVID-19 ga immun javob berish uchun yetarli miqdorda antitanachalar saqlanib qolgan.

22 noyabr 2021, 10:06

Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda to‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga koronavirusga qarshi ixtiyoriy buster doza bilan emlashga ruxsat berildi.

20 noyabr 2021, 13:42

Mehnat vazirligi emlanmagan xodimlarni ishdan chetlatish tartibini tushuntirdi

Mehnat vazirligi ish beruvchilarga vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlashtirish tartibini tushuntirdi. Unga ko‘ra, xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinadi. Agar u yozma ariza berishdan bosh tortsa, dalolatnoma tuziladi. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra emlanmaydiganlar masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.

25 oktabr 2021, 15:43

O‘zbekistonga qariyb 274 ming doza Pfizer-BionNTech vaksinasi olib kelindi

Dushanba kuni O‘zbekiston AQShdan 273 ming 780 doza Pfizer-BionNTech vaksinasini qabul qildi.

21 oktabr 2021, 20:26

Dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari koronavirusdan vafot etgan — JSST

2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

18 oktabr 2021, 15:04

AQSh O‘zbekistonga 526,5 ming doza Pfizer vaksinasini yubordi

AQSh hukumati O‘zbekistonga 526 500 doza Pfizer/BioNTech vaksinasini yetkazib berdi. Oy oxirigacha mamlakatga ushbu vaksinadan yana 274,5 ming doza olib kelinadi.

16 oktabr 2021, 16:29

COVID-19ga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratildi

Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.

15 oktabr 2021, 21:31

O‘zbekistonga koronavirus tahlili uchun ko‘chma laboratoriya olib kelindi

Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga PSR tekshiruvini o‘tkazish uchun mobil laboratoriya yetkazib berdi. Laboratoriya quvvati bir kunda 1500 ta tahlil o‘tkazishga mo‘ljallangan. Ushbu laboratoriyada koronavirusga bepul test topshirish mumkin.

13 oktabr 2021, 11:10

JSST immuniteti zaiflashganlarni koronavirusga qarshi takroran emlashni tavsiya qildi

JSST ekspertlari immuniteti zaiflashgan kishilarni koronavirusga qarshi vaksinalarning qo‘shimcha dozasi bilan emlashni tavsiya qildi. Chunki ushbu shaxslar uchun birlamchi emlash yetarli bo‘lmasligi mumkin va ularda COVID-19 og‘ir kechishi xavfi yuqori.

30 sentabr 2021, 09:02

Nurmat Otabekov COVID-19 holatlari soni kamayib borayotganiga izoh berdi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov epidemiologik vaziyatning yaxshilanganini aholining bir qismi kasallanib bo‘lgani yoki COVID-19ga qarshi vaksinalangani bilan bog‘ladi. Biroq vaziyatning yomonlashish xavfi saqlanib qolmoqda, dedi u.

21 sentabr 2021, 11:45

Bolalarni poliomelitga qarshi emlash boshlandi

20 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda bolalarni poliomelitga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Bu Tojikiston va Afg‘oniston poliomelit holatlari aniqlanganligi bilan bog‘liq. Mamlakat hududlariga 1,2 million doza vaksinalar yetkazib berildi.

11 sentabr 2021, 17:28

O‘zbekistonda COVID-19`ga qarshi to‘liq emlanganlar soni 3 mlndan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinani barcha bosqichlarda qabul qilganlar soni 3 milliondan oshdi. Hozirga qadar 16 mln 600 ming dozadan ko‘proq vaksina qo‘llanildi.

11 sentabr 2021, 08:47

Germaniya O‘zbekistonga 356 ming doza AstraZeneca vaksinasini yubordi

COVAX dasturi doirasida Germaniya O‘zbekistonga 356 ming doza AstraZeneca vaksinasini sovg‘a qildi.

8 sentabr 2021, 09:17

Polsha O‘zbekistonga 250 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi

Polsha «siyosiy aloqalar va insonparvarlik zaruratlari nuqtai nazaridan» O‘zbekistonga 250 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting