«Uzbekistan Airways» Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tikladi. Parvozlar 29 martdan boshlab amalga oshiriladi.
«Uzbekistan Airways» 28 martdan boshlab Urganch — Istanbul — Urganch va 3 apreldan Farg‘ona — Istanbul — Farg‘ona yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshira boshlaydi.
Uzbekistan Airways 1 martdan boshlab o‘z qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatini joriy qiladi.
O‘zbekistonda turizm va ishbilarmonlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 3 va 6 fevral kunlari Urganch-Farg‘ona-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha samolyotlar qatnovi amalga oshiriladi. 11-fevraldan boshlab ushbu parvlzlar muntazam ravishda payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev 2021-yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Prezident Uzbekistan Airways chiptalari narxi balandligi tanqid qildi va uni arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi.
«Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasiga muvofiq, «O‘zavtosanoat», «Olmaliq KMK», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan Airways kabi 24 ta yirik korxona va ularning «nabira» korxonalari xaridlari ochiqlanishi belgilanmoqda. Ular 2019 yilda qariyb 47,6 trln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishgan.
Uzbekistan Airways reyslarida qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar joriy etildi. Mazkur qaror ijtimoiy masofani saqlash va o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish maqsadida qabul qilindi.
Uzbekistan Airways 2018 yil fevralida tashkil etilishi e’lon qilingan loukoster tashkil etish rejasidan vaqtincha voz kechdi. Kompaniya raisi o‘rinbosari v. b. Umid Husanov tarif siyosati qayta ko‘rib chiqilgani, uning natijalari pandemiyadan keyin oshkor qilinishi haqida ham xabar berdi.
Uzbekistan Airways muntazam xalqaro reyslarni tiklamoqda. Hozirda Dubay, Frankfurt, Istanbul, Olmaota va Bishkekka amalga oshiriladigan reyslar rejalashtirilgan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting