«uzauto motors» tegli maqolalar


UzAuto Motors va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar eksportdagi “yo‘l xarajatlari” uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m oladi
26 dekabr 2023, 18:31

UzAuto Motors va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar eksportdagi “yo‘l xarajatlari” uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m oladi

UzAuto Motors va boshqa kompaniyalarga avtomobillarni eksport qilishda “yo‘l xarajatlari”ni qisman qoplash uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratiladi. Mablag‘ni 2022-yilda utilizatsiya yig‘imini qoplash uchun ajratish rejalashtirilgan, ammo o‘shanda mablag‘ yetishmagan.

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi
25 dekabr 2023, 12:54

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi

UzAuto Motors kiberhujumlarga uchragan va ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini qayta ishga tushirdi. Onlayn kontraktatsiya 25-dekabr kuni soat 14:00 da yana ochiladi va faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi
22 dekabr 2023, 09:25 1

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani 22-dekabr kuni soat 12:00 da ochadi. Shartnoma faqat onlayn tarzda rasmiylashtiriladi va shu kunlarda barcha dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chirilib, avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.

UzAuto Motors vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berilishidan ogohlantirdi
14 dekabr 2023, 17:02

UzAuto Motors vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berilishidan ogohlantirdi

UzAuto Motors mijozlarga avtomobillarni dilerlik markazidan 5 ish kuni ichida olib ketishni eslatdi. Aks holda kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi.

UzAuto Motors 2024-yil yanvaridan Gentra/Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi
4 dekabr 2023, 20:10 2

UzAuto Motors 2024-yil yanvaridan Gentra/Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi

2024-yil yanvaridan UzAuto Motors Gentra/Lacetti avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Gentra uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvati yangi modellarga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi kompaniya.

Chevrolet Onix narxi keskin oshdi
15 noyabr 2023, 09:15

Chevrolet Onix narxi keskin oshdi

UzAuto Motors Chevrolet Onix`ning beshta pozitsiyasi narxini sezilarli darajada oshirdi. Endi eng arzon Onix 149 mln so‘m o‘rniga 177 mln so‘mdan sotilmoqda. Kompaniya narxlarning oshishi sabablarini ochiqlamadi.

UzAuto Motors avtomobil sotib olish bilan bog‘liq firibgarliklar haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi
7 noyabr 2023, 23:43

UzAuto Motors avtomobil sotib olish bilan bog‘liq firibgarliklar haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

UzAuto Motors bir xaridorga 10 talab shartnoma berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, shartnoma tuzish bilan bog‘liq boshqa “tasdiqlanmagan va provokatsion” xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning fikricha, bu gap-so‘zlar mijozlar orasida shov-shuv ko‘tarish maqsadida tarqatilmoqda.

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi
3 noyabr 2023, 09:57

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi

UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.

UzAuto Motors dilerlik markazlarida shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar sabab navbatlar hosil bo‘ldi
30 oktabr 2023, 13:30

UzAuto Motors dilerlik markazlarida shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar sabab navbatlar hosil bo‘ldi

Internetda 30-oktabrdan boshlab Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar qayta tiklanishi haqida mish-mishlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi bu ma’lumotni rad etib, dilerlik markazlarida katta navbatlar hosil bo‘lganini ma’lum qildi.

UzAuto Motors sotuvda bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi
18 oktabr 2023, 10:02

UzAuto Motors sotuvda bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi

UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar bo‘lgan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi
14 oktabr 2023, 10:19

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi

UzAuto Motors Chevrolet Captiva 5 avtomobili narxlarini e’lon qildi. Avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda yangi mashinalar shikastlandi (foto)
28 sentabr 2023, 13:34

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda yangi mashinalar shikastlandi (foto)

Tunda portlash kuzatilgan Toshkentdagi omborxonaning ochiq hududida o‘nlab yangi import avtomobillar, jumladan, elektromobillar bo‘lgan. Ulardan ba’zilari shikastlangan. Bojxona qo‘mitasi xodimi ombor xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lib, bojxona organlarining inshootlari sirasiga kirmasligini qayd etdi. Foto.

UzAuto Motors oxirgi shartnomalar nima uchun faqat avtosalonlarda tuzilganini tushuntirdi
27 sentabr 2023, 11:08

UzAuto Motors oxirgi shartnomalar nima uchun faqat avtosalonlarda tuzilganini tushuntirdi

O‘tgan haftada UzAuto Motors o‘z avtomobillari uchun shartnomalarni qayta ochdi. Ikki soat ichida 28 ming avtomobil uchun ariza topshirildi. Biroq shartnomalar faqat avtosalonlarda tuzildi, bu esa yana uzun navbatlarni yuzaga keltirdi. Kompaniya bu qarorini olibsotarlarga qarshi kurash bilan izohladi.

UzAuto Motors 4 ta model uchun kontraktatsiyani 3 soat ichida yopdi. Bu oraliqda 28 000 ta shartnoma tuzildi
19 sentabr 2023, 12:32

UzAuto Motors 4 ta model uchun kontraktatsiyani 3 soat ichida yopdi. Bu oraliqda 28 000 ta shartnoma tuzildi

UzAuto Motors 18-sentabr kuni Cobalt, Lacetti, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochdi. Oradan 3 soat o‘tib, kompaniya avtomobillarining qo‘shimcha partiyasi uchun to‘liq shartnoma tuzilgani, 28 000 dan ortiq shartnoma imzolanganini xabar qildi.

Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma tuzish yana ochildi
18 sentabr 2023, 16:31

Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma tuzish yana ochildi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun yana bir bor cheklangan miqdordagi kontraktatsiyani ochdi. Shartnomalarni Chevrolet`ning vakolatli dilerlik markazlarida tuzish mumkin.

O‘zbekistonda Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanishi mumkin
14 sentabr 2023, 17:08

O‘zbekistonda Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanishi mumkin

UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Captiva 5 avtomobillari savdosini qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Avtomobil savdosi 2021-yil noyabr oyida to‘xtatilgandi.

UzAuto Motors 2024-yildan avtomobillarni uch oy ichida yetkazib berishga va’da bermoqda
14 avgust 2023, 16:03 1

UzAuto Motors 2024-yildan avtomobillarni uch oy ichida yetkazib berishga va’da bermoqda

UzAuto Motors kompaniyasi Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun barcha shartnomalar to‘langani, yil oxirigacha 50 mingdan ortiq avtomobil egalariga topshirilishini ma’lum qildi. 2024-yildan esa avtomobillar shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy ichida yetkazib berilishi va’da qilinmoqda.

UzAuto Motors avtomobil olish uchun “shubhali shartnomalar”ni xarid qilmaslikka chaqirdi
8 avgust 2023, 19:23

UzAuto Motors avtomobil olish uchun “shubhali shartnomalar”ni xarid qilmaslikka chaqirdi

Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnomalar berish bir kunda to‘xtatilganidan so‘ng internetda ushbu avtomobillar bo‘yicha shartnomalarni sotish to‘g‘risidagi e’lonlar paydo bo‘ldi. UzAuto Motors bunday shartnomalarni xarid qilmaslikka chaqirdi. Olib-sotarlar uchun mashina berish vaqti 270 kungacha uzayishi mumkin.

Cobalt, Lacetti va Damas sotuvi shartnoma tuzish tiklanganidan bir kun o‘tib to‘xtatildi
6 avgust 2023, 10:26 2

Cobalt, Lacetti va Damas sotuvi shartnoma tuzish tiklanganidan bir kun o‘tib to‘xtatildi

UzAuto Motors shartnoma tuzish qayta ochilganidan bir kun o‘tib Cobalt, Lacetti va Damas avtomashinalarining sotuvini to‘xtatdi. Ko‘pgina avtosalonlarda ushbu mashinalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun uzun navbatlar paydo bo‘ldi.

Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzish qayta tiklandi. Yangi komplektatsiyalar taqdim etildi
4 avgust 2023, 18:37 8

Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzish qayta tiklandi. Yangi komplektatsiyalar taqdim etildi

UzAuto Motor yetti oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzishni qayta boshladi, shuningdek, Style Plus pristavkali yangi komplektatsiyalarni taqdim etdi. Avtomobillarni topshirish vaqtini qisqartirish uchun kompaniya “ishlab chiqarish jadvali bo‘yicha sotish tizimi”ni joriy qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting