O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga solish talablari soddalashtiriladi, sohadagi tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Adliya vazirligi DSQ va SES bilan birga 1 sentabrgacha tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Adliya vazirligi 2100 ta umumiy ovqatlanish korxonalarini o‘rgangan holda ushbu sohada juda ko‘p tekshiruvlar va murakkab soliq ma’muriyatchiligi mavjudligini aniqladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining 60 foizi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaydi, 30−40 foizi esa «soyada» ishlaydi, deya hisoblaydi vazirlik.
Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan 31 dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. 15 avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, soliq bo‘yicha jarimalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin. Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 1 sentyabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting