«ular» tegli maqolalar


Yoshlar nima xohlaydi?
14 fevral 2023, 17:43

Yoshlar nima xohlaydi?

Yoshlar davlat va jamiyatdan nima istaydi? YouTube’dagi «Ular» loyihasining yangi soni shu mavzudagi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik davlatdan erkinlik va qonun ustuvorligini ta’minlashni, jamiyatdan esa shaxsiy hayotga «burun suqmaslik»ni so‘ragan. «Gazeta.uz» yoshlarning fikrlarini bir sahifaga jamladi.

«Daraxt ekish oson narsa, lekin daraxtni chopmaslik biz uchun qiyin ekan» — Botir Qobilov 200 mln tup daraxt ekilishi haqida
23 noyabr 2021, 08:35

«Daraxt ekish oson narsa, lekin daraxtni chopmaslik biz uchun qiyin ekan» — Botir Qobilov 200 mln tup daraxt ekilishi haqida

Iqtisodchi Botir Qobilov yiliga 200 mln tup daraxt ekilishi tashabbusi haqida fikr bildirib, mazkur vazifaning ijrosiga ozgina shubhasi borligini ta’kidladi. «Eng muhimi, ekilgan daraxtning „mevasi“ 15−20 yil ichida kelmaydi. Balki 200 mln tup emas, 10 mln tupning o‘zi yetarlidir», — dedi u.

«Ayrim idora va vazirliklar hali ham Antikorrupsiya agentligini tan olgisi kelmaydi» — Akmal Burxonov
12 avgust 2021, 17:15

«Ayrim idora va vazirliklar hali ham Antikorrupsiya agentligini tan olgisi kelmaydi» — Akmal Burxonov

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov agentlik o‘z faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishda duch kelayotgan to‘siqlar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, agentlikning xatiga vaqtida javob bermaslik yoki korrupsion omil haqidagi taqdimnomaga «boshqacha munosabatda» bo‘lish holatlari uchraydi. «Taqdimnomamizga adekvat reaksiya bildirilmasa, javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritganmiz… Lekin ayrim idora va vazirliklar hali ham agentlikni tan olgisi kelmaydi», — deydi u.

“Jamiyat puliga binolar qurib, „bu bizga foyda keltiradi“, deb o‘ylaymiz”. Iqtisodchi Behzod Hoshimov “kargo-kult” g‘oyasi haqida
27 iyul 2021, 10:08

“Jamiyat puliga binolar qurib, „bu bizga foyda keltiradi“, deb o‘ylaymiz”. Iqtisodchi Behzod Hoshimov “kargo-kult” g‘oyasi haqida

Behzod Hoshimov O‘zbekistonda zavodlar, mehmonxonalar va turli tijoriy binolar qurilishini “kargo-kult” g‘oyasi bilan tushuntirdi. “Chet elda shunaqa binolar borligini bilamiz. Biz ham shunday qilsak boyib ketamiz, deb o‘ylaymiz. Pul — pulchalik turishi kerak”, — deya ta’kidladi u.

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»
23 iyul 2021, 14:27

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»

«Hududiy elektr tarmoqlari» iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida «favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi». Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.

«Bizda svet avval „tekin“ edi, lekin bo‘lmagan. Hozir svet qimmat, lekin baribir yo‘q» — Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, svet va gaz tizimi haqida
15 iyul 2021, 18:06

«Bizda svet avval „tekin“ edi, lekin bo‘lmagan. Hozir svet qimmat, lekin baribir yo‘q» — Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, svet va gaz tizimi haqida

Iqtisodchi Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, ekologiyasi hamda svet va gaz tizimi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 5−6 yil davomida O‘zbekistonning yirik shaharlaridagi asosiy ikki muammo jamoatchilik makoni yo‘qligi va jamoatchilik transportidagi inqiroz. Bakirov Gruziyadagi islohotlarning O‘zbekistondagi bilan farqini ikkala mamlakatdagi elektr energiyasidagi holat bilan qiyosladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting