Shaxrillo Maxmudov va Abdullo Aslonov turizm va sport vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Hozirga qadar vazir o‘rinbosarlari bo‘lgan O‘tkir Saidov va Avazjon Karimov esa lavozimdan ozod etildi.
9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.
Oksana Chusovitina sport ta’limi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun «Chusa sport team» MCHJni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Avgust oyida Shavkat Mirziyoyev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bilan uchrashuvida Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratishga topshiriq berilgan edi.
O‘zbekistonlik dzyudovchi Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida dunyo reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yana ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) avvalgi o‘rniga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 4-o‘rinni, Sardor Nurillayev (-66 kg) ham bir pog‘onaga pastlab, 6-o‘rinni egallab turibdi.
1hls.uz platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligi sabab qadamlar uchun pul to‘lashni to‘xtatildi. Agar hisobda 500 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa to‘lov to‘xatilishi tushuntirildi. Iyun oyidan buyon fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.
«Besh tashabbus harakati» davomida bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlar bilan muloqot qildi va turizm sohasida birdaniga 3 ta taklifni bildirgan Shahboz Zaripovni vazirlikka ishga taklif qildi.
Turizm va sport vazirining ma’naviy-ma’rifiy masalalar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlab kelayotgan O‘tkir Saidov Turizm va sport vazirining ziyorat turizmi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi/
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting