«toshkent» tegli maqolalar


28 aprel 2021, 16:34

Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi

Toshkentdagi 107 ta maktabda ta’lim onlayn shaklga o‘tkazildi. Hozirgi kunda Toshkent maktablarida 234 967 nafar o‘quvchi an’anaviy tarzda, 214 077 nafar o‘quvchi masofadan turib ta’lim olmoqda.

26 aprel 2021, 12:33

Toshkentdagi har bir mahallaga obodonlashtirish uchun 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Parvoz mahallasini namuna qilib olib, Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

23 aprel 2021, 12:57

Toshkent shahrining Sergeli tumanida vaqtincha issiq va ichimlik suvi bo‘lmaydi

Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

19 aprel 2021, 17:16 1

Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa poytaxtlaridan ham qimmatroq ekanligi aniqlandi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi apelsin, limon va banan narxlari MDH va Yevropaning London, Berlin va Rim kabi bir qator markazlaridagi narxlardan baland bo‘lib turibdi. Shuningdek, boshqa turdagi oziq-ovqat narxlari bo‘yicha Toshkent shahridagi minimal narxlar MDH davlatlari poytaxtidagi narxlardan ancha baland ekanligi aniqlandi.

16 aprel 2021, 11:26

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi rekonstruksiya qilinadi

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi. Bundan tashqari, maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» xududlari tashkil etiladi.

13 aprel 2021, 16:02

Eski Pushkin chorrahasi oldidagi yo‘l avtomobillar harakati uchun ochildi

Toshkent shahridagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo‘l nihoyat avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo‘l deyarli 6 yil oldin yopilgan edi. Yo‘lni ochish to‘g‘risidagi rejalar yanvar oyida e’lon qilingan edi.

13 aprel 2021, 13:39

2021 yilda Toshkentda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda

2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.

8 aprel 2021, 08:46

To‘rt avtomobil ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi

Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

6 aprel 2021, 09:54

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Mirobod tumanida Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Nexia haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

2 aprel 2021, 16:27

Toshkentda baykshering tizimi joriy etiladi

Poytaxtning 4 ta nuqtasida velosipedlarni ijaraga beradigan bike sharing tizimi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, umumiy uzunligi 606 km bo‘lgan velosiped yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

1 aprel 2021, 10:34

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohat oldi

Toshkentda haydovchisi tezlikni oshirib yuborgan Cobalt yo‘lning to‘siq ustidan uchib o‘tib, Lacetti bilan to‘qnashgan. Ikki kishi halok bo‘lgan. YHXBB xabar berishicha, jamoat qoidabuzarning harakatlarini «keskin qoraladi».

29 mart 2021, 09:22

Toshkentdagi namoyishdan so‘ng 12 kishi qo‘lga olindi

Toshkent IIBB LGBT faollari deb ataluvchi yoshlarga qarshi namoyishda qatnashgan 12 kishining qo‘lga olinganini xabar qildi. «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Deputat Alisher Qodirov Jinoyat kodeksining 120-moddasini yanada kuchaytirish hamda ozodlikdan va fuqarolikdan mahrum etishgacha bo‘lgan choralarni o‘rnatishni taklif qildi.

25 mart 2021, 14:08

Istanbul Toshkent ko‘chalarini obodonlashtirishga ko‘maklashadi

Istanbul va Toshkent o‘rtasida obodonlashtirish sohasi bo‘yicha memorandum imzolandi. Shaharlar gul va ko‘chatlarni ekishning yangi texnologiyalari, yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.

23 mart 2021, 09:20

Opera teatrining ikki xodimasini mashina urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Spark haydovchisi opera teatri yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida teatrning ikki xodimasini urib yubordi. Ulardan biri — Bahora Rahimova — vafot etdi.

16 mart 2021, 18:27

SES rahbari Toshkentda COVID-19 ning keng tarqalishi sabablari to‘g‘risida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi rahbari Malika Qudratxo‘jayeva «uchta tumanda karantin qoidalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashish kasallikning keng tarqalishiga olib kelgan» dedi. U karantin talablarini buzganligi to‘g‘risida misollar keltirdi va Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikasida ko‘rsatilmagan bemorlardan birining o‘limi haqida xabar berdi.

16 mart 2021, 17:18

1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkin

Toshkentda ommaviy madaniy tadbirlar va to‘ylarda karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Agar vaziyat 1 apreldan yomonlashsa, ular vaqtincha taqiqlanishi ham mumkin.

16 mart 2021, 17:09

Toshkentda sun’iy nafas olish uskunalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

16 mart kuni Rossiyaning Shimco Group va Slovakiyaning Chirana kompaniyalari O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi.

16 mart 2021, 16:30

Toshkent shahridagi taksi va qurilishlarda karantin choralari kuchaytiriladi

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha poytaxt shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish ob’ektlarida va taksilarda karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

15 mart 2021, 13:26

Poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazorat qilinadi, jamoat transportida niqob taqish talabi qo‘yildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda karantin talablariga rioya qilish qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qildi. «Toshshahartransxizmat» jamoat transportida yo‘lovchilarga tibbiy niqob taqish talab etilishi haqida xabar berdi.

15 mart 2021, 13:22

15 mart kuni Toshkentning Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

«Hududgaz Poytaxt» ning xabar berishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting