«toshkent» tegli maqolalar


24 noyabr 2021, 18:20

Toshkentda Piza universiteti filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Toshkentda Italiyaning X asrlik tarixga Piza universitetining filiali tashkil etildi. Filialda ta’lim 2022/2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga esa universitet diplomi beriladi.

17 noyabr 2021, 16:41

O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer qimirlashi kuzatildi

Qirg‘izistonda kuzatilgan zilzila O‘zbekiston hudularida ham sezildi. Jumladan, Xonobodda 3−4 ball, Qo‘rg‘ontepada 3 ball, Jalaquduqda 3 ball, Paxtaobodda 3 ball, Asakada, Norin, Marhamat va boshqa tumanlarda 2 ballik silkinishlar qayd etildi.

17 noyabr 2021, 14:57

O‘zgidromet Toshkentda iflos qor yog‘gani sababini tushuntirdi

Chorshanba kuni erta tongda poytaxtda iflos qor yog‘di. O‘zgidromet bunga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu inson salomatligiga ziyon yetkazmasligi aytilmoqda.

15 noyabr 2021, 13:52

Toshkentda yoshlar festivali boshlanmoqda. Tadbirlar ro‘yxati

Toshkentda noyabr-dekabr oylarida «Toshkent yoshlarni sevadi» shiori ostida Yoshlar oyligi o‘tkaziladi. Tadbir doirasida sport festivallari, intellektual loyihalar, madaniyat va san’at, moda va dizayn ko‘rgazmalari, Poytaxt party konsert dasturlari va boshqalar bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev «ko‘plab syurprizlar» borligini ma’lum qildi.

12 noyabr 2021, 17:18

8 sinf o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Toshkentda 15 yoshli maktab o‘quvchisi bilan jinsiy yaqinlik qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning ikki nafar sherigi ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sud o‘qituvchini 4 yilga, uning sheriklarini esa 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

8 noyabr 2021, 14:34

Toshkent havosidagi chang miqdori normal ko‘rsatkichga qaytdi

8 noyabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning chang bilan ifloslanishi ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmadi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

5 noyabr 2021, 15:09

Toshkentda 13 yil oldin davlat ehtiyoji uchun buzilgan uy-joyning zarari xanuz qoplanmagan

Toshkent shahrida davlat ehtiyoji uchun 13 yil oldin buzilgan uylar o‘rniga uy-joy yoki kompensatsiya pullari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan. Deputat Rasul Kusherbayevning ta’kidlashicha, «bu harakat davlatning o‘z fuqarosi oldida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash majburiyatini bajarmayotganini ko‘rsatmoqda».

5 noyabr 2021, 10:59

Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatildi

«Qodiriya» bosh suv inshootidagi nosozlik tufayli poytaxtning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Jumladan, avariya oqibatida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ikkita qozonxonaga sovuq suv kelishi to‘xtagan va tuman aholisi ta’minotsiz qolgan.

5 noyabr 2021, 00:43

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi

Toshkent ko‘chalari va ulardagi obyektlar ustini chang qopladi. U kiyimlarga ham o‘tirib qolmoqda, qolaversa, binolar ichida ham sezilayapti. Poytaxtdagi chang-qumli tumandan fotoreportaj.

20 oktabr 2021, 21:22

Mirziyoyev — Ortiqxo‘jayevni hokim etib tayinlanishining sababi va Toshkentning kelajagi haqida

Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlik orqali shaharni rivojlantirish uchun Toshkent hokimi etib tayinlanganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda shahardagi savdo maydonlari 10 barobarga oshirish, 44 ta yirik savdo va ko‘ngilochar markazlari ishga tushirilishi va “O‘zekspomarkaz” hududida Toshkent xalqaro moliyaviy markazi barpo etilishi rejalashtirilgan.

19 oktabr 2021, 13:45

Toshkent havosida chang miqdori me’yoridan ikki baravar ko‘p — prezident

Shavkat Mirziyoyev poytaxt saylovchilari bilan uchrashuvda Toshkent havosidagi chang miqdori belgilangan me’yorlardan 2 barobar ko‘pligini ma’lum qildi. Prezident qurilish maydonlarida changni bostiruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy qilish zaruriyati haqida ham gapirdi. O‘zLiDeP nomzodi kelgusi yilda har bir tumanda sayilgoh hamda shahar bo‘yicha 25 ta «yashil hudud» va alleyalar tashkil etilishini ta’kidladi.

7 sentabr 2021, 09:51

Toshkentdagi tirbandliklarga shaxsiy transport va taksilarning ko‘pligi sabab qilib ko‘rsatildi

O‘quv yilining birinchi kunida Toshkent ko‘chalarida uzundan-uzoq tirbandliklar kuzatildi. Poytaxt Transport boshqarmasi bunga yengil avtomobil va taksilar sonining oshgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Bu holat avtobus va yo‘nalishli taksilar harakatiga ham ta’sir qildi.

1 sentabr 2021, 17:56

Poytaxtda sovuq suv ta’minotida uzilish kuzatiladi

6-sentabrdan 8-oktabrga qadar Toshkent shahrining bir qator tumanlarida sovuq suv uzilishi kutilmoqda. Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi. Uzilishlar jadvali.

27 avgust 2021, 17:51

Toshkent viloyati va poytaxt chegaralari o‘zgartirildi

Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining 7853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, poytaxtning 171,3 gektar yeri Toshkent viloyatiga o‘tkazilmoqda.

25 avgust 2021, 15:19

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etib, poytaxtda yashovchi har bir odamga 36 kv. metrdan yashil maydon to‘g‘ri kelmoqda, deya ma’lum qildi Jahongir Ortiqxo‘jayev (2018 yilda 60 kv. m ekani aytilgan edi). Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichni London darajasiga olib chiqish uchun qariyb 1,5 mln tup «sifatli daraxtlar» ekilishi kerak.

18 avgust 2021, 10:17

Toshkentda Islom taraqqiyot banki guruhining yillik anjumani o‘tkaziladi

O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining 2021 yilgi yillik anjumaniga mezbonlik qiladi. Anjuman 31 avgustdan 4 sentyabrgacha Toshkent Xalqaro kongress-markazida bo‘lib o‘tadi.

16 avgust 2021, 20:44

Deputatlar Toshkent chegaralarini kengaytirishni tasdiqladilar

Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent shahri va viloyatining to‘rttadan tumanlari chegaralarini o‘zgartirish tasdiqladilar. Poytaxt chegaralari 7853,3 ga yer maydoni hisobiga kengayadigan bo‘ldi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan bir qism yer Zangiota va Yuqorichirchiq tumanlari tarkibiga o‘tadi.

12 avgust 2021, 16:39

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yangi tadbirkorlik subyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish, birinchi qavat va yerto‘lalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi.

11 avgust 2021, 10:00

Toshkentda ayollarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelganlar aniqlandi

Poytaxtning Uchtepa tumanida ayol va qizlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan 3 nafar ayol aniqlandi. Fuqarolarga nisbatan BHMning 5 barobari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

3 avgust 2021, 13:33

Veolia Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi. Kompaniya 30 yil ichida 315 mln yevro hamda loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 mlrd 80 mln yevro investitsiya kiritadi. 10 yil ichida Toshkentdagi barcha qozonxonalarni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish ham reja qilingan. Sinov loyihalari ikkita tumanda amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting