«toshkent viloyati» tegli maqolalar


14 yanvar 2022, 17:24

Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi IES foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyatida Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan 240 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi.

23 dekabr 2021, 10:03

«Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi». Prezident Toshkent viloyati hokimlari haqida

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahrida faollar bilan uchrashuvda Toshkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida gapirdi. «Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman», — dedi u. Toshkent viloyatida so‘nggi 6 yilda yettinchi hokim lavozimga tayinlandi.

21 dekabr 2021, 15:53

Qibrayda qariyb 14 gektar yerni $3,4 mlnga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan 13,7 gektar yer maydonini 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Noqonuniy ravishda yer sotishga urinishlar Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham qayd etildi.

14 dekabr 2021, 12:27

Toshkent viloyatida «daftar» larda turgan yoshlarga 5531 gektar yer ajratiladi

Toshkent viloyatida «daftar» larda ro‘yxatda turgan 38 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 15 ta tumandan jami 5531 gektar yer maydoni ajratiladi.

13 dekabr 2021, 09:48

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

9 dekabr 2021, 12:10

«Qo‘yliq» bozori Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

«Qo‘yliq» bozori hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Markaz nomiga «Yangi Qo‘yliq dehqon bozori» so‘zlari qo‘shildi.

6 dekabr 2021, 18:31

Toshkent va Jizzaxda noqonuniy ravishda o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent davlat tenika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga, o‘qishni Qibraydagi Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy institutiga ko‘chirishga va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.

2 dekabr 2021, 18:54

Toshkent viloyatida korxona xodimlari qariyb 490 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent viloyatidagi korxonaning xodimlari savdodan tushgan 489,7 mln so‘mni o‘zlashtirganligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

29 noyabr 2021, 15:45

Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarma xodimlari yarim kechagacha ushlab o‘tirilganiga izoh berdi

Toshkent viloyati hokimligining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari ish vaqtidan so‘ng ushlab o‘tirilgani, dam olish kuni ham ishga chiqishga majbur qilinayotgani aytilmoqda. Bundan tashqari, 18:00 dan keyin tayinli ish bo‘lmasada, rahbariyat sababsiz xodimlarni ushlab o‘tirgani ma’lum qilingan. Viloyat hokimligi esa ishdan tashqari ishlarga jalb qilish uchun «xodimlarning roziligi» olinganini aytmoqda.

27 noyabr 2021, 12:37

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Oqqo‘rg‘on tumanida 26 yoshli fuqaro va uning 24 yoshli turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘limiga zaharlanish, o‘tkir yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pkalar shishi sabab bo‘lgan. Vaziyat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

26 noyabr 2021, 13:19

Toshkent viloyati hokimligi binosi panjaralari olib tashlandi. O‘rniga daraxtlar ekiladi

Toshkent viloyatida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘ tashkil etish maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlandi. Ularning o‘rniga daraxt ko‘chatlari ekiladi.

23 noyabr 2021, 17:22

Toshkent viloyatida ikki tadbirkor 100 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan

Chirchiqdagi SHIRINA PETROL va Toshkent tumanidagi CLEAN GAS SERVICE MCHJlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 1,635 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Ushbu miqdordagi gaz 100 mingta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng ekani aytildi.

18 noyabr 2021, 16:42

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

18 noyabr 2021, 15:06

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi

Sobiq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan faollar yig‘ilishida yangi hokim rasman e’lon qilinadi.

18 noyabr 2021, 14:44

Toshkent viloyatida emlanishdan bosh tortgan 3,2 mingdan ortiq xodim ishdan chetlatildi

Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida emlanishdan bosh tortgan jami 3229 nafar xodim ishdan chetlatildi, 374 nafari esa jarimaga tortildi.

17 noyabr 2021, 20:01

Toshkentning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontahur tumanlarida elektr energiyasi ta’minoti uzilishlar kuzatilmoqda. Bunga Zangiota tumanidagi “Xaskovo” podstansiyasida qisqa tutashuv natijasida o‘chish sabab bo‘lgan.

8 noyabr 2021, 15:01

Nurafshonda 34,4 mlrd so‘mga yodgorlik majmuasi va kutubxona quriladi

Nurafshonda Zulfiya Zokirova yodgorlik majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish, shuningdek, kutubxona qurish uchun 34,4 mlrd so‘m (3,2 mln dollardan ortiq) mablag‘ yo‘naltirildi. Loyiha Qarshidagi «Qashqadaryo Maks Servis Qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hokimlik xarajatlar yuzasidan izoh berdi.

29 sentabr 2021, 13:07

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador

Toshkent viloyatida 15 yoshli qizning onasi eri ikki yil davomida qizini zo‘rlab kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizi homilador. Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

25 sentabr 2021, 12:27

Toshkent viloyatida 5 gektar yerni $150 ming evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSh dollari evaziga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Juda ko‘p miqdorda firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

21 sentabr 2021, 12:07

DXX Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida firibgarlik holatlariga chek qo‘ydi

Parkent tumanida yashovchi shaxs fermer xo‘jaligi rahbariga bankdan 3 mlrd so‘m kredit ajratilishini aytib, undan kredit miqdorining 10 foizini berishini so‘radi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida mansabdor shaxs qum barxanlaridan litsenziyasiz foydalanishiga ruxsat berish uchun 5,6 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting