«tolibon» tegli maqolalar


6 oktabr 2021, 22:10

OAV: Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekiston orqali qochgan

Afg‘onistonning Hasht e Subh Daily gazetasi mamlakatning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining qochish tafsilotlarini yoritdi. Nashrning yozishicha, u va uning atrofidagilar avval O‘zbekistonga borib, Termiz aeroportida bir kundan ko‘proq qolishgan, so‘ngra Qozog‘iston aviakompaniyasi samolyoti bilan BAAga uchishgan.

3 oktabr 2021, 13:40

O‘zbekiston elchisi Afg‘oniston TIV rahbari bilan aviaqatnovlarni tiklashni muhokama qildi

«Tolibon» vaqtinchalik hukumatda TIV rahbari etib tayinlagan Mavlavi Amir Xon Mottakiy O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonovni qabul qildi. Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi parvozlarni qayta tiklash, Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilish masalalarini muhokama qildilar.

22 sentabr 2021, 15:22

«Tolibon» Afg‘onistonda ayollar va erkaklar ta’limiga teng yondashuvni va’da qildi

«Tolibon» harakati vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishi uchun «sharoit tayyorlanayotgani» va ayollar erkaklar bilan bir xil fanlarni o‘qishini ma’lum qildi. «Jinsiga qarab alohida dasturlar bo‘lmaydi va diplomlar dunyoda tan olinadi», — dedi u.

21 sentabr 2021, 12:47

«Tolibon» qizlarning ta’limi olishini cheklamoqda, Kobulda davlat xizmatidagi ayollar ishga chiqishi taqiqlandi

«Tolibon» o‘rta ta’limdagi qizlarning maktabga borishini chekladi. Kobulda davlat xizmatida ishlovchi ayollarga ishga chiqish taqiqlanib, faqat ayrim kasb egalariga ishlashga ruxsat berildi. «Tolibon» rasmiylari bu holatlarni «xavfsizlik nuqtai nazaridan» deya izohlamoqda. «Kasbim bo‘lmasa, o‘qishimga ruxsat berishmasa, xavfsizlikning men uchun hech qanday ahamiyati yo‘q. Bu xavfsizlik faqat «Tolibon»ga kerak», — deydi tibbiyot sohasida ta’lim oluvchi afg‘on qizi. «Tolibon» matbuot xizmati vakili hukumatda ayollarga zarurat yo‘qligini, ularning vazifasi bolalarni dunyoga keltirish va tarbiyalash ekanligini ta’kidladi.

20 sentabr 2021, 11:45

Guantanamo mahbuslari, sobiq vazir va qo‘mondonlar — Afg‘oniston muvaqqat hukumati kimlardan tuzilgan?

«Tolibon» tomonidan tuzilgan Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumat tarkibi 33 kishidan iborat bo‘ldi. Ular orasida Lavozimlarning aksariyat qismini pushtunlar egallagani holda, boshqa etnik guruhlarga bor-yo‘g‘i uch yoki to‘rtta o‘rin ajratildi. Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat tarkibi kimlardan iborat va ular haqida nimalar ma’lum?

15 sentabr 2021, 14:09

Foto: O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi

14 sentabr kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga 25 ta vagonda zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. O‘zbekiston delagatsiyasi «Tolibon» vakillari bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

10 sentabr 2021, 10:22

BMT bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» bilan muloqot qilishga chaqirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatni toliblar bilan muloqot qilishga va ularni munozaraga jalb qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda «ko‘p azob chekayotgan odamlar bilan birdamlikni ko‘rsatish uchun kerak».

9 sentabr 2021, 10:17

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi «Tolibon» hukumatini tan olmaslikka chaqirdi

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar toliblar tuzgan hukumatni «noqonuniy» deb atab, jahon hamjamiyatini uni tan olmaslikka chaqirdi. «Men „Tolibon“ bilan inson huquqlarini hurmat qilmaguncha va inklyuziv hukumat tuzmaguncha hamkorlik qilmayman», — dedi elchi.

8 sentabr 2021, 13:54

«O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi» — TIV

O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi, deya ma’lum qildi Tashqi ishlar vazirligi. Vazirlik yangi davlat idoralari bilan «konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini» bildirdi.

6 sentabr 2021, 12:34

«Tolibon» Panjsher provinsiyasini o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi. Qarshilik kuchlari buni inkor etmoqda

Afg‘onistonning Panjsher provinsiyasida bir necha kundan buyon «Tolibon» va qarshilik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Toliblar hududda ustunlikni qo‘lga kiritishganini e’lon qilishmoqda, biroq karshilik kuchlari buni rad etdi. Harakat vakillari Panjsherdagi qarshilik kuchlarining matbuot kotibini o‘ldirgan.

1 sentabr 2021, 18:54

«Tolibon» O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

«Tolibon» O‘zbekistonni Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Unda toliblar O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlashi, O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanligi qayd etilgan.

31 avgust 2021, 16:49

Afg‘onistonda o‘zbek tilining taqiqlanishi haqiqatga zid — TIV

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» harakati Afg‘oniston hududida o‘zbek tilining o‘qitilishini taqiqlagani,bir qator o‘zbek mualliflar asarlari yo‘q qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston TIV «Tolibon» rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida «ushbu axborotning haqiqatga zidligi»ni ta’kidladi. Vazirlik «Tolibon» vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

27 avgust 2021, 13:42

O‘zbekiston tomonga birorta o‘q otilmasligi uchun har qanday muloqotga tayyorman — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston toliblar bilan ikki yil oldin muloqotni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi. «Dohadagi rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergan. Va’dasiga vafodor bo‘lib turgani uchun ham ular bilan muloqot qilishimiz tabiiy», — dedi u. «O‘zbekistonning tinchligiga ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar gaplashaman», — deya ta’kiladi davlat rahbari.

24 avgust 2021, 11:11

Toliblar Afg‘oniston boshqaruvi uchun kengash tashkil etadi

«Tolibon» Afg‘onistonni boshqaradigan 12 kishilik kengash tashkil etishni rejalashtirmoqda.

23 avgust 2021, 23:05

«„Tolibon“ bilan konfrontatsiya og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin» — KXSHT bosh kotibi

KXSHT Panjsher provinsiyasini o‘z qo‘lida tutib turgan kuchlarni «Tolibon»ga qarshilik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. ««Tolibon» harakatiga qarshilik o‘choqlari uzoq muddatli fuqarolik urushini keltirib chiqarishi mumkin», — dedi tashkilot bosh kotibi.

23 avgust 2021, 16:44

«Tolibon» Panjsher provinsiyasini qamal qildi

«Tolibon» nazorat qilmaydigan yagona Panjsher provinsiyasi harakat vakillari tomonidan qamal qilindi. Provinsiyaning qarshilik vakillari toliblar bilan to‘qnash kelishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilib, jiddiy muzokaralarga chaqirishdi.

19 avgust 2021, 17:32

Dala komandiri, o‘qituvchi va sudya — «Tolibon» harakatining rahbarlari kim?

Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati o‘z boshqaruv shakli va turini yaqin orada e’lon qilish arafasida. 20 yillik tanaffusdan so‘ng mamlakat hokimiyati tepasiga kelgan harakatni boshqarayotgan yetakchilar kim va ular haqida nimalar ma’lum? Bu haqda «Gazeta.uz» maqolasida.

18 avgust 2021, 13:56

«Biz tinch yashamoqchimiz». «Tolibon»ning birinchi matbuot anjumani

«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganidan so‘ng birinchi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Harakat vakili Zabihullo Mujohid toliblar tinchlikda yashashni istashini va mamlakat hududini boshqa davlatlarga hujum uchun ishlatishga yo‘l qo‘ymasliklarini ta’kidladi. «Tolibon» harakatining eng muhim bayonotlari va va’dalari.

16 avgust 2021, 10:37

Toliblarning Afg‘onistondagi «kambeki»: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari uchun oqibatlar

Yakshanba kuni «Tolibon» Afg‘oniston hududida o‘z nazoratini o‘rnatganligini e’lon qildi. Xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha mutaxassis Yuriy Saruxanyan Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida fikr yuritadi.

15 avgust 2021, 08:23

O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi, jumladan yaradorlarni qabul qildi — TIV

O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tgan 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchisiga tibbiy yordam va vaqtinchalik boshpana taqdim etdi. TIV afg‘on fuqarolarini vataniga qaytarish hamda Termiz-Hayraton ko‘prigi hududidagi vaziyatni yumshatish uchun afg‘on tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting