«tojikiston» tegli maqolalar


O‘zbekiston qirg‘iz-tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni darhol tugatishga chaqirmoqda
29 aprel 2021, 17:44

O‘zbekiston qirg‘iz-tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni darhol tugatishga chaqirmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga va vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shma choralar ko‘rishga chaqirdi. «O‘zbekiston tez orada kelishuvga erishish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor», — deyiladi TIV bayonotida. Ayni damda, otishma oqibatida Tojikistonning yana 5 nafar, Qirg‘izistonning ham 5 fuqarosi jarohatlangan, bir nafari vafot etdi.

Qirg‘iz-tojik chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
29 aprel 2021, 12:32

Qirg‘iz-tojik chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida nizoli vaziyat yuzaga kelib, ikkala tomon mahalliy aholisi bir-biriga tosh otdi. Umumiy 11 kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Tomonlar nizo kelib chiqishida bir-birlarini ayblashmoqda. Qirg‘izistonning 3 ta qishlog‘ida favqulodda vaziyat joriy etildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 aprel 2021, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” tovarlarini sotadiganlarga ma’muriy javobgarlikning e’lon qilingani, JSSTning Hindistonga 2,6 ming xodimini yuborgani, Rossiya va Tojikistonning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini yaratayotgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Iyun oyida O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrif buyurishi kutilmoqda
22 aprel 2021, 18:25

Iyun oyida O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Tashrif iyun oyi o‘rtasida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi — OAV
13 aprel 2021, 14:43

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi — OAV

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10−12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Tojikistonning mahalliy OAVlari xabar berdi.

JSST Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi haqida xabar berdi
25 mart 2021, 10:06

JSST Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi haqida xabar berdi

Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi tarqalishi e’lon qilindi, 2-turdagi poliovirus bilan kasallangan bolalarda falaj kasalligining to‘rtta holati qayd etildi. JSST epidemiyani ikkinchi darajali favqulodda holat deb tasniflamoqda.

Prezident IHT davlatlari karantin davrida o‘rnatgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etdi
5 mart 2021, 03:05

Prezident IHT davlatlari karantin davrida o‘rnatgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etib, unda 8 ta taklifni bildirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar karantin davrida o‘rnatgan cheklovni bekor qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida mablag‘lar, tovarlar va xizmatlar erkin aylanishini ta’minlash shular jumlasidan.

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi
12 fevral 2021, 22:54

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi

12-fevral kuni epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Jumladan, epitsentrdan 499 km uzoqlikdagi Toshkentda 2−3 ballik silkinish qayd etildi.

Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatildi
2 fevral 2021, 14:17

Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatildi

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Ushbu qaror mamlakatning barcha daryolarida suv oqimi kamayishi natijasida cheklovlar joriy etilgani sababli qabul qilindi.

Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi
22 yanvar 2021, 18:05

Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi

Tojikiston milliy universitetida Prezident Emomali Rahmon sharafiga «uning xalq va davlat oldidagi xizmatlarini abadiylashtirish uchun» muzey ochildi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida xalqaro aviareyslar tiklandi
15 yanvar 2021, 18:05

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida xalqaro aviareyslar tiklandi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar tiklandi. Reyslar 2020 yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan edi.

«Jartepa» chegara bojxona posti eksport-import yuklari harakati uchun ochildi
7 yanvar 2021, 12:42

«Jartepa» chegara bojxona posti eksport-import yuklari harakati uchun ochildi

Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yana o‘z faoliyatini boshladi. Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.

Tojikistonda elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklov o‘rnatildi
6 yanvar 2021, 13:39

Tojikistonda elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklov o‘rnatildi

Tojikistonda 5 yanvardan boshlab soat 23:00 dan qishloq xo‘jaligi bor bo‘lgan tumanlarda, ko‘p qavatli binolari yo‘q joylarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatib qo‘yiladi. Uylarda ertalab soat 6 gacha elektr energiyasi bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Tojikistonning janubida koronavirus bemorlarini taqsimlash markazini quradi
4 yanvar 2021, 23:41

O‘zbekiston Tojikistonning janubida koronavirus bemorlarini taqsimlash markazini quradi

Tojikistonning Xatlon viloyatida O‘zbekiston qurayotgan tibbiy markaz negizida COVID-19 bemorlarini taqsimlash uchun markaz ochiladi. Inshoot bahorda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Tojikistonning shimoliga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi
24 dekabr 2020, 14:20

Tojikistonning shimoliga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi

Tojikistonning Xo‘jand shahriga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi. Ushbu gaz dastlab shahardagi sanoat korxonalariga, keyinchalik esa aholiga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi
12 oktabr 2020, 11:21

Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi

11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 90,92% ovoz bilan Tojikistonning amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 724 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
2 oktabr 2020, 18:39

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 724 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Dushanbeda bosh vazir Abdulla Aripov tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-tojik biznes forumi natijasida qiymati 724 mln dollarga teng bo‘lgan 308 ta investitsiya va savdo shartnomasi imzolandi.

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi
28 sentabr 2020, 17:58

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrif buyuradi.

Emomali Rahmon nomzodi Tojikiston prezidentlik saylovlariga qo‘yildi
27 avgust 2020, 13:01

Emomali Rahmon nomzodi Tojikiston prezidentlik saylovlariga qo‘yildi

Tojikiston Mustaqil kasabalar uyushmasi federatsiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonni 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ilgari surdi. Yana 4 ta siyosiy partiyalar ham o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi.

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi
6 avgust 2020, 14:18

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi

Tojikiston parlamentining qarori bilan 11 oktyabr mamlakatda prezident saylovlar kuni deb e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting