«tiv» tegli maqolalar


29 iyul 2020, 17:44

TIVning iqtisodiy diplomatiya sohasidagi yarim yillik faoliyati o‘rganildi

Yarim yil ichida elchixonalarning bevosita yordami bilan 513 mln dollarlik 492 ta yangi eksport shartnomasi imzolandi. Viloyat hokimliklari bilan 814 mln dollarlik 106 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda — Senat TIVning iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati natijalari bilan tanishdi.

20 iyul 2020, 16:00

Bank va OTM filiallarini ochish, atom sohasida hamkorlik — Vengriya delegatsiya tashrifi natijalari

Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi davomida atom sohasida hamkorlik, OTP banki va Debrecen universiteti filiallarini ochish, «O‘zbekiston-Vengriya-YeI» formatidagi hamkorlik va boshqa masalalar muhokama qilindi.

20 iyul 2020, 13:22

Isroil O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Zexavit Ben-Gilel Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U 2017 yildan beri Isroilning mamlakatdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Eduard Shapiraning o‘rnini egallaydi.

15 iyul 2020, 18:47

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi

Tashqi ishlar vazirligi Armanistan va Ozarbayjon chegarasidagi to‘qnashuvlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Holatning keskinlashishi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, iqtisodiy aloqalarni buzishi va mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkinligi sababli O‘zbekiston tomonlarni o‘ta sabr-toqatli bo‘lishga va siyosiy-diplomatik muzokalarga chaqirdi.

14 iyul 2020, 14:06

Rossiyadagi o‘zbekistonlik ishchilar zavodda tartibsizlik uyushtirishdi

Amur gazni qayta ishlash zavodida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilar uch oydan beri oylik maoshi berilmaganligi sababli tartibsizliklar uyushtirishdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hodisani nazoratga olib, o‘zbekistonliklarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashini ma’lum qildi.

10 iyul 2020, 13:07 1

Qariyb 3750 nafar fuqaro Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida to‘planib qolgan 3746 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazilib mamlaktga qaytgan. TIV ma’lum qilishicha, hozirda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q va fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

8 iyul 2020, 18:56

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida 2000 o‘zbekistonlik yig‘ildi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida uylariga avtomobillarda qaytmoqchi bo‘lgan 2000 nafar o‘zbekistonlik yig‘ildi. O‘zbekiston TIV karantin choralari kuchaytirilgan Qozog‘iston orqali kelish fuqarolar salomatligi uchun xavf tug‘dirishini ma’lum qildi.

6 iyul 2020, 15:24

TIV Rossiya va Qozog‘iston chegaralarining ochilgani haqidagi xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

TIV Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonga kirishga qo‘yilgan cheklovlar o‘z kuchida qolayotganligi haqida xabar berdi. Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston fuqarolarini yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka va yashash joylarida qolishga chaqirildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting