«test sinovlari» tegli maqolalar


11 mart 2021, 11:38

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’limi uchun test fanlari bloklarini aniqladi. Mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5 etib belgilandi.

10 fevral 2021, 12:12

Katta muammolarga yetaklaydigan arifmetika

Hukumat qarori loyihasida abituriyentlarning kirish imtihonlarida olgan ballariga maktabning so‘nggi 6 yilida olgan baholarining o‘rta arifmetik ko‘rsatkichini qo‘shish taklif etilmoqda. Bu qaror maktabdagi ta’lim sifatini oshirish o‘rniga, «sotib olingan» baholar sonining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Ushbu taklifning tahlili kolumnist Komil Jalilov maqolasida.

29 yanvar 2021, 12:08

2021−2022 o‘quv yilidan abituriyentlarga xohlagancha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatini berish taklif etildi

2021−2022 o‘quv yilidan abituriyentlarga xohlagancha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilishi mumkin. Taklif amalga oshirilsa, abituriyent to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida avvalgidek 5 tagacha emas, balki cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi.

26 noyabr 2020, 17:27

Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligi tekshirilishi mumkin

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari har uch yilda bir martta huquqiy savodxonlik bo‘yicha onlayn test sinovlaridan o‘tishadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning minimal bazasini bilish sinovlaridan vazirlar, hokimlar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari o‘tkaziladi.

3 sentabr 2020, 10:54

Imtihonlarning birinchi kunida isitmasi bor 4 abituriyent testga kiritilmadi

OTMlarga qabul uchun imtihonlarning birinchi kuni 4 nafar abituriyent isitmasi borligi uchun testga kiritilmadi. 59 nafar talabalikka nomzod esa noqonuniy harakatlari uchun test sinovidan chetlashtirildi.

12 avgust 2020, 13:38

Abituriyentlarga sanitariya-gigena vositalari tarqatiladi

Qabul test sinovlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarga barcha sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi va ularning xavfsizligi ta’minlanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, respublika bo‘yicha bir kunda 100 mingga yaqin abituriyentni test sinovidan o‘tkazilishi qayd etildi. Test sinovlari birinchi smena uchun 08:00 da boshlanib, 10:00 gacha davom etadi va ikkinchi smena 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting