«temiryo‘l» tegli maqolalar


Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi
10 iyul 2024, 10:29

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi

Xitoy hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Transport vazirligi ushbu shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Hyundai Rotem elektropoyezdlar xaridi bo‘yicha shartnoma imzolaydi
14 iyun 2024, 07:20

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Hyundai Rotem elektropoyezdlar xaridi bo‘yicha shartnoma imzolaydi

Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Toshkent — Urganch — Xiva” yangi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi Hyundai Rotem elektropoyezdlarini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuv imzolanadi. Jami oltita poyezd sotib olish rejalashtirilmoqda.

Prezident temiryo‘l va aviachiptalarni safardan kamida olti oy oldin savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi
3 iyun 2024, 19:19

Prezident temiryo‘l va aviachiptalarni safardan kamida olti oy oldin savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi

Turizm masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident temiryo‘l va aviachiptalarni kamida olti oy oldin sotuvga chiqarishni topshirdi. Shuningdek, chet ellik ijrochilar konsertlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish va qo‘shni davlatlar bilan chegaradan o‘tish jarayonini osonlashtirish buyurildi.

O‘zbekiston investorlarni xalqaro loyihalarga qo‘shilishga chaqirmoqda
2 may 2024, 17:14

O‘zbekiston investorlarni xalqaro loyihalarga qo‘shilishga chaqirmoqda

O‘zbekiston prezidenti xorijiy investorlarni qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda gidroelektr stansiyalari, shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temiryo‘llarini hamkorlikda qurish loyihalariga qo‘shilishga chaqirdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etishni ma’qulladi
5 aprel 2024, 20:43

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etishni ma’qulladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, ular ikki davlat temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Qo‘shma korxona Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etadi.

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish topshirig‘ini berdi
20 dekabr 2023, 13:30

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish topshirig‘ini berdi

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga erishish uchun Toshkent va viloyatlar markazlari o‘rtasida kamida ikkita, viloyatlar o‘rtasida haftasiga bitta reys yo‘lga qo‘yish, kamida 7 ta samolyot va 6 ta tezyurar poyezd olib kelish rejalashtirilmoqda.

Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi
29 noyabr 2023, 14:18

Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi

10-dekabrdan Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shu paytgacha bo‘lgan Toshkent−Termiz−Sariosiyo yo‘nalishida ham poyezdlar qatnovi davom etadi.

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi
24 noyabr 2023, 09:52

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi

Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida Howo yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganda uning bir qismini shikastladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangunicha ko‘prik bir muddatga yopildi. Hozirda poyezdlar ushbu yo‘nalishda harakatini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l va avtomobil transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish niyatida
21 noyabr 2023, 09:28

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l va avtomobil transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish niyatida

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi va temiryo‘l transportidan foydalanish, raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot almashish bo‘yicha memorandum imzolandi.

13−15-sentabr kunlari qator temiryo‘l reyslari modernizatsiya ishlari sababli bekor qilindi
11 sentabr 2023, 14:43

13−15-sentabr kunlari qator temiryo‘l reyslari modernizatsiya ishlari sababli bekor qilindi

13−15-sentabr kunlari yo‘llar modernizatsiya qilinishi munosabati bilan Toshkent, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo o‘rtasidagi bir qator temiryo‘l qatnovlari bekor qilindi.

Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi
30 avgust 2023, 11:50

Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi

Xitoyning China Railway Beijing Group kompaniyasi O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi. Tovarlarning birinchi partiyasi mamlakat shimolidagi Chjanjiaku shahridan Toshkentga 15 kun ichida yetib kelishi kutilmoqda.

O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi
23 may 2023, 16:49

O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyda O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlanganini aytdi. Qo‘shma bayonotda tomonlar qurilishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyorligi qayd etilgan.

Xitoydan O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘l Yevropaga yuk yetkazib berishni 7 kunga tezlashtirishi kutilmoqda
7 aprel 2023, 10:01

Xitoydan O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘l Yevropaga yuk yetkazib berishni 7 kunga tezlashtirishi kutilmoqda

Qirg‘iziston Transport vazirligi vakili Nurmat Musabekovning ma’lum qilishicha, Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tadigan yangi temiryo‘l Yevropaga yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartiradi.

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» tranzit yo‘nalishi bo‘ylab birinchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
20 sentabr 2022, 10:32

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» tranzit yo‘nalishi bo‘ylab birinchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» multimodal yo‘lagini rivojlantirish maqsadida «Qashg‘ar-O‘sh-Andijon-G‘alaba-Hayraton» yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab yuk poyezdini sinov o‘tkazish boshlandi. Yuk tarkibiga oziq-ovqat, maishiy texnika va xo‘jalik mollari kiradi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasi bo‘yicha bitim imzoladi
15 sentabr 2022, 10:19

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy temir yo‘l loyihasi bo‘yicha bitim imzoladi

«O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy» temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘llar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Loyiha qariyb 20 yil davomida muhokama qilingan.

Toshkent-Volgograd o‘rtasida poyezd qatnovi 25 iyundan boshlanadi
16 iyun 2022, 11:29

Toshkent-Volgograd o‘rtasida poyezd qatnovi 25 iyundan boshlanadi

25 iyundan boshlab «Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. Kupe va platskartdagi joylar uchun chiptalar narxi belgilandi.

Samarqandda harakatlanib ketayotgan poyezd 44 yoshli erkakni urib yubordi, u vafot etdi
19 fevral 2021, 16:21

Samarqandda harakatlanib ketayotgan poyezd 44 yoshli erkakni urib yubordi, u vafot etdi

Samarqand viloyatida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 44 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Olgan jarohatlar oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Quloqchin taqib, temiryo‘l bo‘ylab harakatlangan ikki fuqaroni poyezd urib ketdi
30 dekabr 2020, 11:06

Quloqchin taqib, temiryo‘l bo‘ylab harakatlangan ikki fuqaroni poyezd urib ketdi

Toshkent viloyati hududidagi temiryo‘llarda ikki nafar fuqaroni yuk poyezdi urib ketdi. Haloqat fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida, quloqchinlarni taqib harakatlanganliklari tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ulardan biri, 32 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting