«tazyiq» tegli maqolalar


Qashqadaryoda talaba qizni turmush qurishga undab, bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi
31 yanvar 2024, 09:40

Qashqadaryoda talaba qizni turmush qurishga undab, bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi

Shahrisabz shahrida 17 yoshli qizni turmush qurishga undab, tazyiq va ruhiy bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi. Avvalroq qizga himoya orderi berilgandi.

«Himoya orderi» muddati 30 kundan 1 yilga uzaytirilishi mumkin
12 yanvar 2023, 18:03

«Himoya orderi» muddati 30 kundan 1 yilga uzaytirilishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi «himoya orderi» sud tomonidan 1 yil muddatgacha berilishi belgilanmoqda. Amalda order ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi.

Yil boshidan beri ko‘cha va jamoat joyida 4 mingdan ortiq ayol zo‘ravonlikka uchradi
4 oktabr 2022, 11:39

Yil boshidan beri ko‘cha va jamoat joyida 4 mingdan ortiq ayol zo‘ravonlikka uchradi

9 oyda O‘zbekistonda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida sodir etildi, deya ma’lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Jami 32 mingdan ortiq xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

Shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
14 mart 2022, 10:56

Shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

1 iyunga qadar shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik hamda yaqin qarindoshi bo‘lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Himoya orderi muddati esa 1 yilgacha uzaytiriladi.

Mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi
10 dekabr 2021, 17:39

Mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi

Prezident fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bepul davolanadi.

Sobiq profilaktika inspektori Quva tuman IIB rahbariyati ustidan IIVga shikoyat qildi
10 noyabr 2021, 14:34

Sobiq profilaktika inspektori Quva tuman IIB rahbariyati ustidan IIVga shikoyat qildi

Sobiq profilaktika inspektori Nozimjon Nishonov Quva tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari ustidan shikoyat qilib, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga videomurojaat yo‘lladi. IIB boshlig‘i o‘rinbosari profilaktika inspektorlaridan har kuni 55 ming so‘mlik «o‘rta fond» undirayotgani, kunlik majburiy reja joriy qilgani va xodimlarni haqoratlab, shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatayotgani aytilmoqda.

«Himoya orderini hech kim olmasa kerak, deb o‘ylagandim». Tanzila Narbayeva — tazyiqqa uchragan ayollar haqida
6 iyul 2021, 08:00

«Himoya orderini hech kim olmasa kerak, deb o‘ylagandim». Tanzila Narbayeva — tazyiqqa uchragan ayollar haqida

Senat raisi tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar haqida gapirar ekan, himoya orderini hech kim olmasada kerak, degan fikrda bo‘lganini aytdi. «Ayniqsa O‘zbekistonda, uzoq qishloqlarda yashayotgan ayollar uyimdagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmasin deydi. Bu tizim qanday ishlar ekan deb o‘ylasam, 1 yil ichida 15 ming ayol himoya orderini olibdi», — dedi u. Shuningdek, himoya orderini erkaklar ham olishi mumkinligi, qolaversa uning muddatini bir oydan uzoqroqqa cho‘zish hamda bu boradagi qonunchilikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Toshkentdagi noqonuniy diniy maktablarda bolalar kaltaklanib kelingani aniqlandi
15 dekabr 2020, 12:30

Toshkentdagi noqonuniy diniy maktablarda bolalar kaltaklanib kelingani aniqlandi

Toshkentda noqonuniy diniy hujralar faoliyat yuritganligi aniqlandi. Hujralarda o‘qigan 30dan ortiq bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting