«tayinlov» tegli maqolalar


5 aprel 2021, 10:40

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga rahbar tayinlandi

Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori vazifasiga tayinlandi.

30 mart 2021, 10:03

Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan Abdusamat Muminov transport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

30 mart 2021, 08:49

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Prezident qarori bilan Shaxrux Sharaxmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

25 mart 2021, 15:13

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov Toshkent viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

19 mart 2021, 13:27

Davron Xidoyatov prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev viloyat yangi rahbarining «harakatchanligi, bilimi va o‘z ustida ishlashini» ta’kidlab o‘tdi. «Bunday kadrlardan har bir viloyatda 4−5 tadan bo‘lganida edi, yana ancha rivojlanib ketardik. Ming afsuski yo‘q», — dedi u.

17 mart 2021, 10:49

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori lavozimida ishlagan Shoxruh Shoahmedov Shoraximovich Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.

15 mart 2021, 14:41

Xatirchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nizamov Sayfiddin Xatirchi tumaniga hokim etib tayinlandi.

3 mart 2021, 12:36

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi. Bundan avval, u «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i bo‘lgan.

25 fevral 2021, 19:20

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

24 fevral 2021, 09:42

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shuhrat Musayev Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bundan avval, u viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lgan.

19 fevral 2021, 13:45

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan Barhayot Meliyev Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

19 fevral 2021, 12:35

Prezident IIB yoshlar yetakchisini Namangan shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlashni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi Dostonbek Abduqahhorovni Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlash bo‘yicha taklif kiritdi.

19 fevral 2021, 12:06

«Abdurazoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q» — prezident Namangan viloyati hokimi haqida

Prezident ishtirokidagi xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi yig‘ilishida Shavkat Abdurazoqov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. «Namangan tumani va shahrida ishlagan, uni olib ketib, Toshkentdagi kabinetlarni ko‘rsatganman, ularni eshigini qanday ochishni o‘rgatganman. Hozirgi lavozimga Abdurazoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q», — dedi Shavkat Mirziyoyev u haqida.

17 fevral 2021, 11:50

Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent davlat agrar universiteti professori Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

16 fevral 2021, 13:09

Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shavkat Darvishev Do‘stlik tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Ushbu tayinlovdan avval, u Jizzax viloyati Moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

13 fevral 2021, 22:47

Bosh prokurorning sobiq birinchi o‘rinbosari prezidentning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasiga mudir bo‘ldi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Abduhalim Xolmaxmatov O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonasining Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

13 fevral 2021, 15:02

O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi

Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.

12 fevral 2021, 17:31

Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori bo‘ldi

Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.

12 fevral 2021, 16:35

Bahodir Matlyubov IIV akademiyasi rahbarligidan ozod etildi

Prezident farmoyishiga asosan Baxodir Matlyubov IIV Akademiyasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Ushbu lavozimga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Xatamov tayinlandi.

12 fevral 2021, 16:06

Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Toshkent prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting