«tarix» tegli maqolalar


Benzin bozori
26 fevral 2023, 18:03

Benzin bozori

«Ikki barmoq 72-benzinni, olti barmoq esa 66-benzinni anglatarkan… Bu yer har xil markali mashinalar bilan to‘lib ketgan… Benzinfurushlar o‘z «govmushlari»ni sog‘ib sotayotgandek bemalol yurishibdi… Eng yomoni, davlatning ming-ming tonnalab yoqilg‘isi shu xil yo‘llar bilan suv bo‘lib ketyapti».

Bag‘dod xotiralari: AQSh bosqinidan keyingi ilk oylarda oddiy iroqlik nimalarni his qilgan?
26 fevral 2023, 17:02

Bag‘dod xotiralari: AQSh bosqinidan keyingi ilk oylarda oddiy iroqlik nimalarni his qilgan?

AQSh harbiylari Iroqqa bostirib kirib, Saddam Husayn tuzumini ag‘darganiga 2023 yil martida 20 yil to‘ladi. Iroqlik jurnalistning xotirlashicha, ozodlik havosi bir soatgina esgan, xolos. Chunki “hech qanday reja mazkur noqonuniy bosqinni “ozodlikka olib chiqish"ga aylantira olmasdi”.

Bo‘yoqli suvlar
25 fevral 2023, 15:19

Bo‘yoqli suvlar

“Toshkentdagi ko‘pgina ariqlarda bir vaqtlar baliq va turli jonivorlar bo‘lardi. Hozir ko‘plarida hatto qurbaqaning ham ovozi eshitilmay qolgan. […] Xayriyatki, oqar suvlarning tillari yo‘q, aks holda: Ho‘v, noinsoflar! Obi hayotni iflos qilib koni zararga aylantirgani uyalmaysizlarmi?! — deb bong urardi”.

San’atkor
23 fevral 2023, 18:59

San’atkor

«Xizmatchisi savodsizlik maktabida o‘qiyotgan biri kishini traktorist „savodsiz!“ desa alam qilmaydimi? — dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, — „labingdan bo‘lsa olsam-ye, shakar lab“, deganim u kishiga yoqmapti, „bo‘lsa“ emas, „bo‘sa“ emish! O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman!»

Ismbuzarlar
22 fevral 2023, 20:24

Ismbuzarlar

«Ma’lum bo‘lishicha, ZAGS va militsiya bo‘limlarining pasport stollarida ishlovchi savodi g‘ovlab ketgan ayrim xodimlari metrika va pasportlarda o‘zbekcha to‘ldiriladigan joylarni ruscha yoki butunlay savodsizlarcha to‘ldirib, qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarar ekanlar».

«Jurnal har doim jamiyat illatlari va hukumat kamchiliklarini olib chiqqan» — «Mushtum» bosh muharriri
22 fevral 2023, 19:21

«Jurnal har doim jamiyat illatlari va hukumat kamchiliklarini olib chiqqan» — «Mushtum» bosh muharriri

«Bu jurnal millat mulki, 100 yildan beri nomi o‘zgarmay kelayotgan noyob tarix», — deydi 2007 yildan buyon «Mushtum»ga bosh muharrirlik qilayotgan Nosirjon Toshmatov. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida hozirgi rahbarlarning jurnalga munosabati va 100 yillik to‘yni qanday tasavvur qilgani haqida gapirdi.

Taraqqiy
21 fevral 2023, 22:00

Taraqqiy

Abdulhamid Cho‘lpon tomonidan salkam bir asr avval yozilgan «Taraqqiy» maqolasida o‘z tarixiga qiziqmaydigan, o‘z tilini hurmat qilmaydigan, o‘yinqaroqroq (hozirgi kunlarning ba’zi faollari tomonidan «ma’naviyatsiz», «ma’naviyatdan uzoq» deya ta’riflanishi mumkin bo‘lgan) yoshlar toifasi ko‘rsatilgan.

Yig‘indi gaplar
20 fevral 2023, 17:24

Yig‘indi gaplar

“Darhaqiqat, mamlakatda islohotga muhtoj masalalar ko‘bdir. Masalan, kattalarga aql va basirat islohoti, […] yoshlarg‘a axloq va kiyim, xotinlarga jabru zulm, domlalarg‘a din va salla, […] va hokazo islohotlarga nihoyat darajada ehtiyoj ko‘bdir”.

“Mushtum” ta’rifida
19 fevral 2023, 19:12

“Mushtum” ta’rifida

“Bu „Mushtum“ — zo‘rliq mushtumi emas, haqliq mushtumidir; bu „Mushtum“ — zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir… Tumshug‘ingiz ustiga yangi mehmon muborak bo‘lsin, afandilar!..”

“Mushtum” medallari: Ikkiyuzlamachiga, safsatabozga, sansalorchiga va boshqalarga
18 fevral 2023, 23:20

“Mushtum” medallari: Ikkiyuzlamachiga, safsatabozga, sansalorchiga va boshqalarga

100 yoshga to‘lgan “Mushtum"ning ko‘plab adabiy qahramonlari, doimiy ruknlari bor. ““Mushtum” medallari” — shunday ruknlardan biri. “Gazeta.uz” 1972 yilda jurnalning 15 ta soni davomida e’lon qilingan “medallar"ni bir sahifaga jamladi. Bu “medallar"ga loyiqlar hali ham oramizda bo‘lishi mumkin.

100 yoshga to‘lgan «Mushtum»ning karikaturalari
18 fevral 2023, 22:10

100 yoshga to‘lgan «Mushtum»ning karikaturalari

100 yil avval — 1923 yil 18 fevralida Qodiriy asos solgan «Mushtum»ning ilk soni chiqqan. Tanqidiy hajviyalar istalgan nashrda chiqishi mumkin, ammo bu jurnalni ajratib turuvchi jihat — uning o‘tkir karikaturalari edi. «Gazeta.uz» «Mushtum»da chiqqan hajv-suratlar to‘plamini e’tiboringizga havola qiladi.

16-fevralning 16 lahzasi
16 fevral 2023, 23:33

16-fevralning 16 lahzasi

1999-yilning 16-fevral kuni yuz bergan ketma-ket besh portlash Toshkentni larzaga keltirgan edi. Teraktlar yuz bergan joylar o‘tgan 24 yil ichida qanchalik o‘zgargan? “Gazeta.uz” portlashlar yuz bergan kunda olingan foto va videomateriallarni 2023-yil fevralidagi manzaralar bilan taqqosladi.

«Bu mustaqillik deklaratsiyasi ham emasdi». Amerikalik tarixchi Adib Xolid bilan Turkiston muxtoriyati haqida suhbat
28 noyabr 2022, 15:40

«Bu mustaqillik deklaratsiyasi ham emasdi». Amerikalik tarixchi Adib Xolid bilan Turkiston muxtoriyati haqida suhbat

Bundan 105 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Ammo oradan hech qancha o‘tmay hammasi tugatiladi — harakat qonga botiriladi. «Gazeta.uz» sana munosabati bilan amerikalik tarixchi olim Adib Xolidga yuborgan savollariga qisqa, lo‘nda javoblar oldi.

Ayollardan iborat qo‘shinlar, tutingan o‘g‘il, «begunoh» sarbador — Amir Temur hayoti haqidagi qiziqarli tarixiy faktlar
9 aprel 2022, 13:45

Ayollardan iborat qo‘shinlar, tutingan o‘g‘il, «begunoh» sarbador — Amir Temur hayoti haqidagi qiziqarli tarixiy faktlar

Insoniyat tarixida eng katta imperiyalardan biri (qariyb 4,4 mln kv km maydon) — Temuriylar imperiyasi asoschisi Amir Temur 9 aprel kuni 686 yoshga kirdi. «Gazeta.uz» uning hayoti va harbiy yurishlari bo‘yicha tarixiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni to‘pladi. Maqolada uning tutingan o‘g‘li, ayollardan iborat qo‘shinlari, 40 ga yaqin ayollari, u asrab qolgan sarbador, tiriklik vaqtida hali hayot bo‘lgan 50 nafardan ortiq avlodlari haqida ham so‘z boradi.

Xorazm davlatidan Sovet ittifoqigacha. Hozirgi O‘zbekiston hududida qaysi davlatlar hukmronlik qilgan? — video
5 fevral 2022, 17:22

Xorazm davlatidan Sovet ittifoqigacha. Hozirgi O‘zbekiston hududida qaysi davlatlar hukmronlik qilgan? — video

Miloddan avvalgi VI asrdan XX asrga qadar zamonaviy O‘zbekiston hududida yigirmadan ortiq davlatlar hukm surgan. «Gazeta.uz» geacron.com tarixiy xaritalar platformasiga asoslanib, O‘zbekiston hududida asrlar osha hukmronlik qilgan davlatlar xaritasini taqdim etadi.

Temuriylar bog‘lari va Toshkentning yashil o‘tmishi
21 avgust 2021, 12:29

Temuriylar bog‘lari va Toshkentning yashil o‘tmishi

2009 yilning oxiridan boshlab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida nazoratsiz ravishda asriy daraxtlar kesib tashlanmoqda. Biz maktab partalarida eshitganimiz buyuk ajdodlarimizning merosidan ibrat olmasdan, o‘z qo‘llarimiz bilan vatanimizni sahroga aylantirmoqdamiz. Tarixchi Tair Gyul Temuriyzodalar o‘z imperiyalarini ko‘kalamzorlashtirishga qanday e’tibor qaratganlari, O‘rta Osiyo bog‘chilik san’atining dunyoga ta’siri hamda nima sababdan ota-bobolarimizning yashil an’analarini davom ettirishimiz lozimligi haqida so‘zlab berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting