«taklif» tegli maqolalar


O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin
9 noyabr 2023, 15:56

O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin

Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.

Markaziy bank qator to‘lovlar bo‘yicha olinadigan komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda
18 aprel 2023, 13:48

Markaziy bank qator to‘lovlar bo‘yicha olinadigan komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda

Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (60,6 ming so‘m) belgilashni taklif qilmoqda.

O‘zbekiston bayrog‘ini uylarga osib qo‘yishga ruxsat berilishi mumkin
18 noyabr 2022, 10:56

O‘zbekiston bayrog‘ini uylarga osib qo‘yishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zLiDep partiyasi davlat bayrog‘idan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirishni taklif qilmoqda. Undan, xususan, fuqarolarning uyda va ish joyida erkin foydalanishiga ruxsat berilishi mumkin.

Tergov organini alohida qilish vaqti keldi — Rasul Kusherbayev
14 iyul 2022, 15:09

Tergov organini alohida qilish vaqti keldi — Rasul Kusherbayev

Prokuraturada bir vaqtning o‘zida tergov funksiyasi mavjudligi odil sudlovni amalga oshirishga halaqit beradi, degan fikrda Rasul Kusherbayev. Deputat DXX, IIV va prokuraturadan mustaqil bo‘lgan tergov organini tashkil etish vaqti kelgani va buni Konstitutsiyada aks ettirish zarurligini ta’kidladi.

YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklif etilmoqda
24 mart 2022, 15:07

YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklif etilmoqda

IIV YPX xodimining foto va videosini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlashga oid taklif nazarda tutilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini e’lon qildi. Jamoatchilik vakillari esa bunga qarshi munosabat bildirdi, jumladan, Davletovuz yozishicha, «bu yopiqlikka, orqaga tashlangan qadam». Nurbek Alimov esa bu bilan jamoatchilik nazorati yo‘qolishini ta’kidladi. Xushnudbek esa VMning bunday cheklov o‘rnatishga vakolati yo‘qligini eslatib o‘tdi.

Zararli va yoqimsiz hidlarni huquqiy tartibga solish taklif etilmoqda
31 yanvar 2022, 16:22

Zararli va yoqimsiz hidlarni huquqiy tartibga solish taklif etilmoqda

Adliya vazirligining qayd etishicha, qonunchilikda yoqimsiz hidlar va ularni tartibga soluvchi normalar o‘z aksini topmagan, shu sababli atrof-muhitni ifloslantiruvchi chiqindilar bilan bir qatorda, hid ta’sirining ruxsat etilgan maksimal darajasini huquqiy tartibga solish zaruriyati mavjud. Vazirlik ushbu masala yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, ularni ma’sul idoralarga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting