«surxondaryo viloyati» tegli maqolalar


2 iyun 2021, 13:26

«Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi, o‘qimaydi, deymiz. Chunki ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev anorchilik bo‘yicha ilmiy ishlar qilib kelayotgan bog‘bon ayol bilan suhbatdan so‘ng, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan yosh olimalarni ilg‘or xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki, ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak», — dedi prezident.

2 iyun 2021, 12:33

60 ta sektor rahbari 100 foiz ish vaqtini mahallada o‘tkazishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuvida viloyatda mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish kerakligi haqida aytib o‘tdi.

2 iyun 2021, 12:05

Surxondaryoda Toshkentga bog‘liq bo‘lgan birorta muammo qolgani yo‘q — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev savol berish, muammo va takliflarni o‘rtaga tashlashni so‘rab, bunga qarshi bo‘lganlar xiyonatchi bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar masalalariga ham e’tibor qaratildi.

2 iyun 2021, 11:50

Surxondaryodada infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganini ma’lum qildi.

2 iyun 2021, 11:46

«Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida 100 ming kishi ishsiz ekani va 80 ming nafari chet elga ekanliklarini aytib, «hokimlar bo‘yinbog‘ini yechib qo‘yib, haftada bir kun fuqarolar orasida yurishi kerakligini» ta’kidladi. «Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak», — dedi davlat rahbari.

2 iyun 2021, 09:28

Shavkat Mirziyoyev Sheroboddagi zamonaviy issiqxonani borib ko‘rdi

Iyun oyining boshini O‘zbekiston prezidenti Surxondaryo viloyatiga tashrifdan boshladi. Davlat rahbari kun tartibidan o‘rin olgan obyektlar qatorida 29 gektarlik issiqxona va 5 mln dollarlik «Sherobod anor impeks» loyihasi bilan ham tanishdi. Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Majmuada jami 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan.

1 iyun 2021, 16:27

Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi anorchilikka ixtisoslashgan bog‘lar bilan tanishdi. Viloyatda qishloq xo‘jaligini innovatsion yo‘naltirish bo‘yicha institut tashkil etish, anor bilan birga limon, xurmo yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. «Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q. Anor jaydari usulda yetishtirilyapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

1 iyun 2021, 13:30

Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi tashrifi chog‘ida Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishi munosabati bilan uning poydevoriga kapsula qo‘ydi. Mazkur elektr stansiya loyihasini Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi amalga oshiradi va 260 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qiladi.

1 iyun 2021, 10:30

Prezident Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga yo‘l oldi. Ikki kunlik tashrif mobaynida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

31 may 2021, 12:04

Shavkat Mirziyoyev ertaga Surxondaryoga boradi

1 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga boradi. Viloyatda davlat raxbari ikki kun mobaynida bo‘lishi rejalashtirilgan.

16 may 2021, 01:50

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi

Amirlikning Masdar Surxondaryoda quriladigan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda eng jozibador tarifni bildirdi. Tender g‘olibi bo‘ladigan investor shuningdek, 200 kV bo‘lgan yangi podstansiya hamda 52 km uzunlikdagi elektr o‘tkazuvchi liniyani qurishi lozim bo‘ladi.

12 may 2021, 19:49

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi korxona direktori Alisher Xidirov Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.

7 may 2021, 16:43

Surxondaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Damas rusumli avtomashina 3 nafar fuqaroni urib yuborishi natijasida ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi.

29 aprel 2021, 10:29

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

11 aprel 2021, 16:20

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz prokurori 16 yoshli o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. O‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, «mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida» jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

8 aprel 2021, 11:28

Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari qayta tiklandi

4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi. 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.

10 mart 2021, 12:31

20 yoshli qizga majburan uylanmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatida erkak 20 yoshli qizni unga turmushga chiqishga majburlamoqchi bo‘ldi. Mazkur shaxs tanishlari bilan birgalikda qizni majburan mashinaga o‘tqazgan va qiz roziligini berganidagina qo‘yib yuborgan.

1 mart 2021, 12:49

Surxondaryolik fuqaro sobiq xotini va uning onasini o‘ldirishga qotil yolladi

Surxondaryolik fuqaro opasi bilan kelishgan holda sobiq xotini va uning onasini o‘ldirish maqsadida qotil yolladi. Ular buning evaziga yaqinda qamoqdan chiqqan fuqaro D.ga 3 mln so‘m taklif qilgan. Natijada, ular viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

25 yanvar 2021, 16:55

Surxondaryoda Nexia turtib yuborgan velosipedchi og‘ir jarohatdan vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 25 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida 20 yoshli velosipedchini turtib yubordi. Og‘ir tan jarohati olgan vilosipedchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.

8 yanvar 2021, 12:44

Surxondaryoda haydovchiga «yalingan» YPX xodimi ishdan olindi

Surxondaryo viloyatida haydovchidan uzr so‘rab, o‘zaro kelishishni so‘ragan YPX xodimi o‘z vazifasidan ozod etildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting