«sud» tegli maqolalar


2021-yilda O‘zbekistonga keltirilgan “Dok-1 Maks” siropi partiyasida ham zaharli moddalar bo‘lgan
19 oktabr 2023, 09:39

2021-yilda O‘zbekistonga keltirilgan “Dok-1 Maks” siropi partiyasida ham zaharli moddalar bo‘lgan

2021-yilda O‘zbekistonga olib kelingan asal ta’mli “Dok-1 Maks” siropi tarkibida ham zaharli etilenglikol moddasi bo‘lgan. Bu Marion Biotech dorilarini qabul qilgan kamida 65 bolaning o‘limi bo‘yicha sud majlisida ma’lum qilindi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yilga qamaldi
18 oktabr 2023, 15:45

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yilga qamaldi

Qibrayda 2019-yilda 13 yoshli qiz 27 yoshli qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Sud jinoyatchiga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi
12 oktabr 2023, 12:21

Toshkentda YTHga sababchi bo‘lgan 18 yoshli Equinox haydovchisi faqat jarima bilan qutildi

Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi
5 oktabr 2023, 17:14

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi

Aprelda Captiva qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Cobalt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. YTHga aybdor shaxs sudda boshqaruv vaqtida hushini yo‘qotganini aytdi. Unga 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan erkak 16 yilga qamaldi
30 sentabr 2023, 15:33

Samarqandda 10 yoshli qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgan erkak 16 yilga qamaldi

Samarqand viloyatida 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz hatti-harakatlar qilib kelgan 45 yashar erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Kompromatuzb ishi: Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimov 7 yilga qamaldi
26 sentabr 2023, 16:19

Kompromatuzb ishi: Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimov 7 yilga qamaldi

Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqador jurnalistlar — Human.uz direktori Xurshid Daliyev va “O‘zbekneftgaz” sobiq matbuot kotibi Siyovush Hoshimov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bandlik vazirligining sobiq matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevaga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi
21 sentabr 2023, 14:20

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi.

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi
16 sentabr 2023, 16:32

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi

Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudlarining raislari lavozimidan ozod etildi. Farg‘ona viloyati sudiga yangi rais tayinlandi.

Prokuror jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil qamoq jazosi berishni so‘radi
11 sentabr 2023, 12:39

Prokuror jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil qamoq jazosi berishni so‘radi

Kompromatuzb ishi doirasida sudlanayotgan jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil qamoq jazosini berish va 3 yil davomida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlash so‘raldi.

Bloger Nafosat Ollashukurovaga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
6 sentabr 2023, 20:42

Bloger Nafosat Ollashukurovaga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Sud bloger Shabnam (Nafosat) Ollashukurovaga tuhmat va haqorat to‘g‘risidagi moddalar asosida 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Uning Xorazm viloyatidan tashqariga chiqishi, aloqa vositalari va internetdan foydalanishi taqiqlandi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudni jonli efirda uzatish taqiqlandi
16 avgust 2023, 17:21

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudni jonli efirda uzatish taqiqlandi

16-avgust kuni “Dok-1 Maks” ishi doirasida bo‘lib o‘tayotgan sudda avvaliga “Qalampir.uz” hamda “Kun.uz” nashrlarini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda ayblagan sudlanuvchilarning advokatlari tushdan keyin “Gazeta.uz”ning jonli efirini to‘xtatishni so‘radi. Sud ularning so‘rovini qanoatlantirdi.

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan
10 avgust 2023, 17:09

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan

O‘zbekistonda Dok-1 Maks dorisini qabul qilgan 65 nafar bola vafot etgan. Bu bo‘yicha Quramax Medikal va Farmatsevtika agentligi xodimlariga nisbatan ayblov xulosasida so‘z boradi. Rasmiylar bergan so‘nggi ma’lumotlarda qurbonlar soni 20 kishi ekani aytilgandi.

Bloger Abduqodir Mo‘minov 7 yil 3 oy muddatga qamaldi
4 avgust 2023, 18:57

Bloger Abduqodir Mo‘minov 7 yil 3 oy muddatga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi bloger Abduqodir Mo‘minovga 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilandi.

Sud qaroriga nisbatan appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi
4 avgust 2023, 14:44

Sud qaroriga nisbatan appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi.

Abduqodir Mo‘minov sudi: yana 8 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi
28 iyul 2023, 18:41

Abduqodir Mo‘minov sudi: yana 8 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi

Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sudning ikkinchi kunida 8 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi. Bloger murojaatchilarning muammosini yoritish uchun pul olganiga izoh berar ekan, “tekin ishlasak, qanday ishlaymiz?” dedi. Ayblanuvchining onasi esa hozircha sud ishidan qoniqish hosil qilayotganini aytmoqda.

Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi
26 iyul 2023, 14:23

Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi

Jurnalist Abduqodir Mo‘minovning sud ishi boshlandi. Dastlabki kunda jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi. Eshituv mobaynida sudlanuvchi va uning advokati o‘z e’tiroz va fikrlarini bildirdi.

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi
18 iyul 2023, 11:33

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda sudlanganlar va ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda karrasiga oshgan. Sudlangan voyaga yetmaganlarning soni 3 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu Oliy sud ochiqlagan statistik ma’lumotlarda aks etadi.

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
17 iyul 2023, 15:40

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

Qirg‘iziston sudi “Azattiq” radiosini yopish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi
13 iyul 2023, 09:39

Qirg‘iziston sudi “Azattiq” radiosini yopish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi

Bishkek sudi Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi da’vosi bo‘yicha “Azattiq” radiosini yopish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi — tomonlar kelishuvga erishdi. Nashr mamlakatda 2022-yilda qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro haqida xabar bergani uchun bloklangan, unda, rasmiylarga ko‘ra, “noto‘g‘ri ma’lumotlar” mavjud edi.

“Kompromatuzb ishi” bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi
4 iyul 2023, 15:40

“Kompromatuzb ishi” bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi

“Kompromatuzb ishi” bo‘yicha jinoyat ishi sudga yuborildi. Oliy sud gumonlanuvchilarga nisbatan qanday ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting