«ssv» tegli maqolalar


8 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10800 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 168 nafarga ortib, jami 10838 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida va 7 nafari Namangan viloyatida qayd etildi. Shundan 38 nafari aholi orasida.

7 iyul 2020, 18:01

Yana 128 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 10587)

Koronavirus holatlari 128 taga ko‘payib, jami 10587 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 112 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Qoraqalpog‘istonda, 2 nafardan Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shundan 34 nafari aholi orasida qayd etildi.

7 iyul 2020, 17:51

Toshkentlik 79 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 79 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u shifokorlarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 39 nafarga yetdi.

7 iyul 2020, 14:49

Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

Jizzax shahar hokimligi xodimida koronavirus aniqlangani sababli hokimlik binosi karantinga olingan. Ayni paytda hokimlik xodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirishmoqda.

7 iyul 2020, 11:00

Samarqandlik 61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 61 yoshli samarqandlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 38 nafarga yetdi.

7 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10459 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 97 nafarga ortib, jami 10459 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 35 nafari Karantin markazida, 59 nafari Toshkent shahrida va 3 nafari Qoraqalpog‘istonda aholi orasida aniqlangan.

6 iyul 2020, 17:05

Yana 141 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 10284)

Koronavirus holatlari yana 141 taga ko‘payib, jami 10284 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 75 nafari aholi orasida qayd etildi.

6 iyul 2020, 16:44

Toshkentlik 43 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 43 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 36 nafarga yetdi.

6 iyul 2020, 15:05

Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklari vafot etdi

27 iyun kuni Samarqand viloyatida dunyoga kelgan siam egizaklari vafot etdi. Ularning o‘limiga nafas va yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

6 iyul 2020, 13:53

Tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent “sariq” hududda qoldi.

6 iyul 2020, 10:10

Toshkentlik 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, marhum 26 iyundan tomog‘ida og‘riq, tana harorati ko‘tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 35 nafarga yetdi.

6 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10143 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 123 nafarga ortib, jami 10143 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 43 nafari Karantin markazida, 60 nafari Andijon viloyatida va 20 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

5 iyul 2020, 10:33

Koronavirus bemorlari soni 9829 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 121 nafarga ortib, jami 9829 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 106 nafari Karantin markazida, 7 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida va 1 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Shundan 6 nafari aholi orasida aniqlandi.

3 iyul 2020, 23:00

Sog‘liqni saqlash vaziriga to‘rt nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash vazirining 4 nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bular moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi direktori Ulug‘bek Sobirov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizovlar.

29 iyun 2020, 16:23

Toshkent shahri bo‘yicha 87 ta hudud “sariq”, 99 ta hudud “qizil"ga kiritilgan

Toshkent shahri bo‘yicha 333 ta “yashil”, 87 ta “sariq” va 99 ta “qizil” mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting