«ssv» tegli maqolalar


10 yanvar 2022, 17:57

Hozircha qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmayapti

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilgani yo‘q. Ommaviy tadbirlar bekor qilinmagan, ammo epidemiologik vaziyatga qarab choralar keskinlashishi mumkin, deya ta’kidlandi poytaxtda o‘tgan SSV va SEO matbuot anjumanida.

10 yanvar 2022, 16:35

Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda jami 200 kishi bo‘lgan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ilk «omikron» aniqlangan bemor bilan birga samolyotda 130 nafar o‘zbekistonlik, 70 nafar chet el fuqarosi bo‘lganini va ularning barchasi karantinga olinganini ma’lum qildi. U shuningdek, O‘zbekistonda omikron 7 yanvar kuni aniqlansa-da, 8 yanvar kungi xabarda omikron aniqlanmagani aytilganiga izoh berdi.

9 yanvar 2022, 18:27

O‘zbekistonda «omikron» shtammi qayd etildi

SSV 7 yanvar kuni O‘zbekistonga kirib kelgan chet el fuqarosida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. 8 yanvar holatiga COVID-19 bilan kasallanish holatlari rekord darajada qayd etilib (369 ta holat), umumiy kasallanishlar soni 200 mingdan oshdi.

9 yanvar 2022, 17:32

O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirildi

COVID-19`ga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Barcha tashkilotlarga xodimlarni faqat emlanganidan keyin ish joyiga kiritishga ruxsat beriladi. Davlat organlariga har qanday tadbir o‘tkazish taqiqlanadi. Aholini to‘liq emlash jarayoni jadallashtiriladi.

8 yanvar 2022, 17:28

O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmadi — Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanmagan. «Biroq, ortiqcha xotirjamlikka berilish ham yaramaydi… Yangi shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas», — dedi u.

30 dekabr 2021, 11:21

O‘zbekistonda yarim yildan beri ilk marta koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi

29 dekabr kuni oxirgi 6 oy ichida birinchi marotaba koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. Kasallik yuqtirganlar soni esa yana 100 nafardan oshib ketdi.

28 dekabr 2021, 11:01

100 kishida koronavirus aniqlandi — bu 15 martdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich

Dushanba kuni 100 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar qildi SSV. Bu so‘nggi 9 oydagi eng past ko‘rsatkich. Eng ko‘p holat avgust oyida qayd etilgan edi — 974 kishi.

28 dekabr 2021, 10:53

Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotiga 4500 dan ortiq murojaat kelib tushdi

SSV O‘zbekiston prezidentining yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun 4500 dan ziyod murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Savol va takliflarning eng ko‘pi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga taalluqli.

21 dekabr 2021, 13:21

Qarshida changli bo‘ron kuzatilmoqda

Qarshi shahrida changli bo‘ron hodisasi kuzatilmoqda. Avvalroq, O‘zgidromet respublikaning ayrim viloyatlari hamda cho‘l hududlarida chang ko‘tarilishi haqida ogohlantirgandi. SSV changli havo kuzatilganda fuqarolar nimalarga e’tibor berishi kerakligi borasida o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.

30 noyabr 2021, 12:06

Shifokor va hamshiralar 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllarini to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari shifokor va hamshiralari hozirda 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllari, qolaversa, bemorlar uchun o‘nlab turdagi blanklarni to‘ldirishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. Tizimdagi qog‘ozbozlikni bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzildi.

29 noyabr 2021, 18:21

«Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi». Nurmat Otabekov — Omicron haqida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov to‘liq emlanganlarda koronavirusning yangi shtammi yengil o‘tishini ma’lum qildi. «Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi», — dedi u. Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, Omicron`ning ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelish ehtimoli yo‘q emas, biroq yangi shtamm uchun alohida protokol ishlab chiqish zaruriyatini vaqt ko‘rsatadi.

26 noyabr 2021, 10:49

Retseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini bekor qilib, uni yangilash bo‘yicha buyruq loyihasini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, retseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.

24 noyabr 2021, 11:20

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yosh (45 yoshgacha) shifokorlarning takliflari uchun g‘oyalarni to‘plash maqsadida “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini yaratdi. Yangi platforma dunyoning istalgan hududida yashab, mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik shifokorlar uchun mo‘ljallangan.

15 noyabr 2021, 23:33

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda

JSST va Butunjahon qandli diabet jamg‘armasi O‘zbekiston va Qirg‘izistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan qandli diabetning oldini olish va nazorat qilish xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda 245 mingdan ortiq qandli diabet bilan kasallangan bemor bor.

11 noyabr 2021, 18:34

Hududlardagi tibbiyot muassasalarini jihozlash va kadrlar malakasini oshirishga $100 mln ajratiladi

Prezident qarori bilan tuman va viloyat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish va kadrlarning xorijda malakasini oshirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 mln dollar ajratiladi. Mablag‘lar hokimliklarga qaytarish sharti bilan milliy valyutada 3 yil muddatga ssuda sifatida taqdim etiladi.

8 noyabr 2021, 12:23

Yakshanba kuni 349 kishi nafas siqishi muammosi bilan murojaat qilgan — SSV

7 noyabr kuni respublika bo‘ylab 3768 kishi «Tez yordam» xizmatiga murojaat qilgan. Shundan 349 tasi chang-qumli bo‘ron natijasida nafas yetishmovchiligi bilan bog‘liq chaqiriq bo‘lgan.

7 noyabr 2021, 20:31

Emlash boshlanganidan beri qancha aholi qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mln nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi. Bundan tashqari, aholi «Sputnik V» (274 mingdan ortiq kishi), AstraZeneca (1,448 mln), Moderna (1,371 mln), Pfizer (1 mln) va Sinovac (1030 kishi) vaksinalari bilan turli bosqichlarda emlandi.

27 oktabr 2021, 16:30

Pedagogika universiteti rahbariyati va mas’ullariga qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘riladi

Oliy ta’lim vazirligi Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari va talaba qiz bilan bog‘liq voqeani nazoratiga oldi. Vazirlik ushbu holatga yo‘l qo‘ygan universitet rahbariyati va mas’ullariga nisbatan qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa jabrlanuvchi qizning salomatligini o‘z nazoratiga oldi.

26 oktabr 2021, 16:41

COVID-19 bemor onadan tug‘ilajak bolaga o‘tadimi?

Homilador ayollarda koronavirusni davolashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Infeksiyaga chalingan onadan kasallik tug‘ilajak bolaga o‘tadimi yoki bemor ona chaqalog‘ini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi? Shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova javo berdi.

2 oktabr 2021, 21:08

O‘zbekistonda vaksinatsiyaga oid yarim yillik statistik ma’lumotlar tahlili e’lon qilindi

O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining 53,6 foizi (qariyb 11,5 million nafar) birinchi doza vaksinalarini oldi. 4,5 million nafardan ziyod fuqarolar esa koronavirusga qarshi barcha boschiqlarda emlab bo‘lingan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting