«so‘x» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Qirg‘iziston So‘xdagi gaz inshootini tiklash ishlarini boshladi
12 aprel 2023, 09:37

O‘zbekiston va Qirg‘iziston So‘xdagi gaz inshootini tiklash ishlarini boshladi

O‘zbekiston Energetika vazirligining ishchi guruhi So‘x tumanidagi yerosti gaz saqlash inshootini tiklash loyihasi doirasida Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida bo‘ldi.

Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin — prezident
2 fevral 2023, 11:41

Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin — prezident

Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar yopilgan, hajmi 2,5−3 mlrd kub metr bo‘lgan Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushishini ma’lum qildi. Inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirg‘izistonda, kompressorlar esa O‘zbekiston hududida. Inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi.

So‘x-Rishton yo‘li ochiladi
1 aprel 2021, 10:27

So‘x-Rishton yo‘li ochiladi

Farg‘ona viloyatidagi Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘lning ochilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi chegara nazorat-o‘tkazish punktlari tayyor holatga keltirildi.

Qirg‘iziston So‘x yo‘lini ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor — Galina Bayterek
13 mart 2021, 13:44

Qirg‘iziston So‘x yo‘lini ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor — Galina Bayterek

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibining xabar berishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistonda joylashgan anklav hudud — So‘x bilan aviaqatnovlar va transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga, O‘zbekiston esa shu paytgacha «chegara hududlar aholisi o‘rtasida tortishuvlar va siyosiy ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelgan» Unkar-Too hududini berish tayyor ekanligini ma’lum qildi.

So‘x voqealarida ayblanayotganlar tergov jarayonida qiynoqqa solinganligini aytmoqda
15 dekabr 2020, 18:07

So‘x voqealarida ayblanayotganlar tergov jarayonida qiynoqqa solinganligini aytmoqda

14 dekabr kuni Farg‘ona viloyat sudida So‘x voqealari yuzasidan sud jarayonida 5 nafar sudlanuvchi so‘roq qilindi. Ular tergov jarayonida qiynoqqa solinganligini, ba’zilari esa to‘polonlarda qatnashmaganligini ta’kidladi. B.Shodiyev tergov paytida boshiga qop kiygizib, beldan pastki qismiga urishganini aytdi. Sudlanuvchi Sh. Olimov ayblov varaqasiga qo‘l qo‘yib bermasa, «podvalga tushasan» deb qo‘rqitishganini ta’kidladi.

«Qop kiydirib, olib kelingani haqiqat emas». Prokuratura so‘xlik bloger haqida
31 avgust 2020, 11:43

«Qop kiydirib, olib kelingani haqiqat emas». Prokuratura so‘xlik bloger haqida

Farg‘ona viloyati prokuraturasi vakili bloger Haydarjon Boboxaydarovning boshiga qop kiydirib, So‘xdan Farg‘onaga olib kelinganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Advokat uni hibsda gumon qilinuvchi sifatida ushlab turish uchun faktlar yetarli emasligini aytdi.

Bosh prokuratura so‘xlik bloger haqida ma’lumot berdi
30 avgust 2020, 13:38

Bosh prokuratura so‘xlik bloger haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Xaydarjon Boboxaydarov (bloger Dadaxon Haydarov) So‘x tumanida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar holati yuzasida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganini ma’lum qildi. Uning oilasi 22 avgustdan buyon uning qayerdaligini bilmasligini aytdi.

«Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi
29 avgust 2020, 20:56

«Boshiga qop kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi

Iyun oyida bo‘lib o‘tgan bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o‘zgartirishni so‘ragan so‘xlik bloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, uni boshiga qop kiygizgan holda vertolyotda olib ketishgan. Yaqinlari 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligidan bexabar. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlariga 80−90 odam olib borilgan.

So‘xda yuz bergan to‘qnashuv bo‘yicha 6 kishining qamoqqa olingani ma’lum qilindi
25 avgust 2020, 12:37

So‘xda yuz bergan to‘qnashuv bo‘yicha 6 kishining qamoqqa olingani ma’lum qilindi

Bosh prokuratura 31 may kuni So‘x tumanidagi «Chashma» bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 6 kishi qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona va So‘x o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
12 avgust 2020, 17:53

Farg‘ona va So‘x o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Farg‘ona-So‘x yo‘nalishidagi aviaqatnovlarga «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda «Uzbekistan Helicopters» MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting