«soliq organlari» tegli maqolalar


2 mart 2022, 10:39

Tadbirkorlarni tekshirishda eng ko‘p soliq organlari qonun buzgan — Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman 2021-yilda davlat organlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda yo‘l qo‘ygan huquqbuzarliklar tahlilini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1200 dan ortiq holatda eng ko‘p soliq organlari (238 ta), Agroinspeksiya (167 ta) va Ekologiya qo‘mitasi (166 ta) qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan. Qolaversa, Transport vazirligi idoralarining mansabdorlariga jinoyat ishi ochish bo‘yicha prokuratura organlariga 8 ta taklif kiritilgan.

3 may 2021, 17:54

«Soliq va bank — iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident viloyatlar hokimlariga haftada bir marta bank va soliq organlari rahbarlari bilan shaxsan suhbatlashib, ular faoliyatiga baho berishni topshirdi. Shavkat Mirziyoyev bank va soliq idoralarini iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq dedi. U «xalqimizga o‘zimiz xizmat ko‘rsatishni o‘rganishimiz» uchun banklarning chet ellik investorlar tomonidan xususiylashtirilishiga ruxsat bermayotganini ta’kidladi.

16 aprel 2021, 10:38

Savdogar ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar ishdan olindi

Ko‘chada sotuvchilik qilayotgan ayollarning buyumlarini tortib olgan soliqchilar bo‘yicha tarqalgan videodan so‘ng, Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining 11 nafar xodimi vazifasidan ozod etildi. Shu bilan birga, Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari hamda Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan berildi.

15 aprel 2021, 14:40 1

Soliq organlari kuch ishlatar idora emas — Sherzod Kudbiyev

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari sotuvchilik orqali kun ko‘ruvchi ayollarning buyumlarini olib qo‘yganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bu holat soliq xizmati uchun uyatli ekanligini aytdi. “Soliq organlari hech qachon kuch ishlatar idora emas… Bunday holat yuz berganligi uchun butun xalqimizdan uzr so‘rayman”, — dedi u. Kudbiyev hodisada o‘zini noo‘rin tutgan xodimlar jazolaninishi ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting