Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tanasi 100% kuyib ketgani aytilgan shaxs tirik bo‘lib chiqdi. U aslida qarzini to‘lamaslik uchun o‘zini o‘ldiga chiqarib qo‘rsatish rejasini tuzib, Toshkent shahrida istiqomat qiladigan boshqa fuqaroni o‘ldirganligi ma’lum bo‘ldi.
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning 100% kuyib ketgan jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xovos tumanida 22 yoshli ayolni poyezd urib yubordi. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyatida yuk mashinasi yo‘lning piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan maktabning 2 sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuchli shamol esishi oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi. Bir necha mahallalarda elektr ta’minoti uzilgan.
Prezident Sirdaryo viloyatida amalga oshirish ko‘zlangan 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Loyihalar natijasida yiliga 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati, qariyb 36 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Bundan tashqari, Mirzaobod tumanida Gujarat sanoat zonasini tashkil etish ham reja qilingan.
Sirdaryo, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi bir qancha hududlar ham elektr ta’minotidan uzildi. Viloyatlardagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va Hududiy elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan tezkor ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.
Sardoba fojeasida zarar ko‘rgan masjidlarni qayta qurish uchun «Telegram» da xayriya guruhi ochib, undan tushgan mablag‘larni Suriyada terrochilik faoliyatini moliyalashtirishga jo‘natilgani aniqlandi. Shuningdek, buni uyushtirgan shaxslar ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, Suriyaga chiqishni rejalashtirilganlikda gumon qilinmoqda. Hozirda ular ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Sirdaryo aholisi orasida Tojikistonda Qayroqqum suv omborining yorilgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Natijada odamlar uylarini tark etishga harakat qilgan. FVV ushbu yolg‘on mish-mishlarni rad etdi. Aholini tinchlantirish uchun viloyat hokimi bir qator tumanlarga tashrif buyurdi.
Sirdaryo viloyatida profilaktika inspektori kafe ish yurituvchisi va uch nafar shaxslarning spirtli ichimliklar iste’mol qilayotganini suratga olgani uchun ular tomonidan kaltaklangan. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Sirdaryo viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi yo‘l chetidan o‘tgan gaz tarmog‘iga borib urildi. Oqibatda Shirin shahri vaqtincha gazsiz qoldi.
Prezident qarori bilan Sirdaryo viloyatidagi ko‘p tarmoqli poliklinikalarda tajriba tariqasida «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» xonalari tashkil etiladi. O‘rganishlar natijasida bu amaliyot butun respublikada hayotga tadbiq etiladi.
Sirdaryo viloyatining sakkizta hududida «Toza hudud» korxonasi olib chiqib ketilmagan maishiy chiqindilar uchun aholidan 1,2 so‘m asossiz daromad olgani aniqlanib, iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilindi.
Toshkent kengaygani sari zavod va fabrikalarni chekka hududlarga ko‘chirish zarurati paydo bo‘ladi. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayevning fikricha, Sirdaryo ushbu korxonalarni qabul qilish uchun eng qulay joy. Shuningdek, u Sirdaryoni «ikkinchi Amerika» deb atash bilan nimani nazarda tutganini aytib o‘tdi.
Andijon viloyati Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Uning o‘rniga Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Mansurbek Alixanov tayinlandi. Shuningdek, Sarvarbek Sultonov Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting