Sirdaryoda viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Dilmurod Abduraxmanov tayinlandi. U bunga qadar Sayxunobod tumanidagi to‘qimachilik klasteriga rahbarlik qilgan.
Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirdi hamda Sirdaryo viloyatida yana bir IES qurilishini boshladi. Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari ramziy tugmani bosib, Qibray tumanidagi IESni ishga tushirdi va Xovos tumanidagi IES qurilishini boshlab berdilar.
Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkordan jarima miqdorini kamaytirib berish uchun 14,5 ming dollar pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ham pora olayotganida ushlangan.
Sirdaryo viloyatida ikki fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik va terrorchilik materiallarini tarqatganlikda gumon qilinmoqda. Ulardan biri Telegram`da virtual guruh ochib, aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi audio va video materiallarni joylashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektorda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun hayfsan berildi. Qolaversa, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlari ishdan olindi.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalar xonadoniga tashrif buyurib, bir martalik moddiy yordam pullari, prezident tabrigi va bayram sovg‘alarini ulashmoqda. Viloyatda jami 11 816 ta xonadonga moddiy yordam ko‘rsatish belgilangan.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Osiyo taraqqiyot bankining Xovos tumanining 126 ming aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan 7 mln dollardan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganini ma’lum qildi.
Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan 13,7 gektar yer maydonini 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Noqonuniy ravishda yer sotishga urinishlar Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham qayd etildi.
Fransiya, Qatar va Yaponiyaning «EDF, Nebras Power, Sojitz Corporation» kompaniyalari konsorsiumi Sirdaryoda 1600 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini quradi. IES 2025 yil o‘rtalarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 1,2 milliard dollarga baholanmoqda.
Guliston tumanida Milliy gvardiya xodimlari xonadonlardan birida is gazidan zaxarlanish oqibatida karaxt xolda bo‘lgan 3 nafar bolani qutqarib qoldi.
Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni 280 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs va xaridor qo‘lga tushdi. Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «qushlarning 6 nafari Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisobanadi». Lochinlar vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Qashqadaryolik fuqaro Gulistonda besh kunlik chaqalog‘ini 5000 dollar evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda Sirdaryoni Tojikiston orqali vodiy bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlari joriy etilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘l qadimdan Xovosni vodiydagi viloyatlar bilan bog‘lab turgan. Hozirda bu yo‘lning ahvoli qoniqarli va Tojikiston tomoni ham yo‘l ochilishiga rozi. «Bu reja amalga oshishi har ikki davlat uchun ham manfaatli», — dedi prezident.
Prezident Gulistondagi Yangi hayot mahallasiga borib, u yerdagi yangi turar joylar qurilishi bilan tanishdi. «Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev xalqning uy-joyga bo‘lgan talabi o‘sib borayotgani va shunga munosib sharoit yaratish lozimligini qayd etdi.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova bir kunning o‘zida (4 oktabr) 866 tup daraxtni kesishga oid 12 ta qarorni imzoladi. Daraxtlar zararkunandalar va iqlim ta’siri oqibatida qurib qolgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tuman hokimligi va Davlat ekologiya qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayolning jasadi topildi. Qotillikda gumondor 5 kishi qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyatida qurilish balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Shuningdek, Namangan viloyati, Buxoro viloyati, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Toshkent shahrining Chilonzor hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Sirdaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln so‘mga noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi.
Sirdaryoda internet orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sirdaryo viloyati hokimligi tuman mutasaddilariga restorandagi raqqosalar bilan video uchun ishdan bo‘shatish kabi qat’iy chora qo‘llanilishini qayd etdi. Ularga «jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilgan holda davlat xizmatchisi sifatida namuna ko‘rsatishlari lozimligi» eslatib o‘tildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting