«shht sammiti» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev: ShHT — “ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makon”
12 sentabr 2022, 10:58

Shavkat Mirziyoyev: ShHT — “ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makon”

O‘zbekiston prezidenti ShHTni “madaniy-sivilizatsion qarashlari turlicha, o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishlari va milliy taraqqiyot modellariga ega mamlakatlarni birlashtira olgan o‘ziga xos davlatlararo tuzilma”, deb atadi. Shu sababli tashkilotga qo‘shilish istagidagi davlatlar soni ortib bormoqda, dedi u.

Prezident — jahondagi «global ishonch inqirozi» haqida
12 sentabr 2022, 10:05

Prezident — jahondagi «global ishonch inqirozi» haqida

Shavkat Mirziyoyev SHHTning Samarqanddagi sammiti arafasida e’lon qilingan maqolasida xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotganini ta’kidladi. U «global darajada ishonchning chuqur tanazzulga yuz tutayotganini» — asosiy sabablardan biri sifatida qayd etdi.

«SHHT G‘arbga qarshi tashkil etilmagan» — O‘zbekistonning tashkilotdagi milliy koordinatori
8 sentabr 2022, 16:58

«SHHT G‘arbga qarshi tashkil etilmagan» — O‘zbekistonning tashkilotdagi milliy koordinatori

SHHTning bo‘lajak sammiti kun tartibida global geosiyosiy inqirozlar haqida biror gap yo‘q va uning hujjatlarida geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi masalalar yuzasidan bayonot va chaqiruvlar bo‘lmaydi, dedi O‘zbekistonning SHHTdagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov.

Samarqand shahridagi maktablarda SHHT sammiti sababli darslar 19-sentabrdan boshlanadi
30 avgust 2022, 09:59

Samarqand shahridagi maktablarda SHHT sammiti sababli darslar 19-sentabrdan boshlanadi

Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti va xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari sababli shahar maktablarida darslar 19-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar qoldirilgan dars soatlarini o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldirib boradi.

12−20−sentabrda Samarqandga amalga oshiriladigan bir nechta reyslar bekor qilindi
23 avgust 2022, 14:45

12−20−sentabrda Samarqandga amalga oshiriladigan bir nechta reyslar bekor qilindi

Uzbekistan Airways 12−20−sentabr kunlari Toshkent, qolaversa, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan Samarqandga amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir nechta reyslarni bekor qildi. Aviakompaniya buni Samarqand xalqaro aeroportidagi texnik sabablar bilan izohladi.

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi
7 aprel 2022, 16:30

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi. Loyihaga ko‘ra, ushbu majmuada kongress xoll, «Abadiy shahar» karvon saroyi, 8 ta mehmonxona qurish ko‘zda tutilgandi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxonalar, qadimiy shaharchalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish ishlari olib borilmoqda (foto).

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi
16 sentabr 2021, 16:03

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting