«sherzod shermatov» tegli maqolalar


16 noyabr 2020, 11:33

Sherzod Shermatov hududlarda ta’limni yaxshilash uchun eng yaxshi tandemni ma’lum qildi

Xalq ta’limi vaziri hududlarda ta’limni yaxshilash uchun eng yaxshi tandem — fidoyi xalq ta’limi boshqarmasi rahbari va uni doim qo‘llab-quvvatlovchi hokim ekanini ma’lum qildi. «Hokim tomonidan e’tibor berilmasa yoki xalq ta’limi rahbari muammolarni to‘g‘ri tushuntira olmasa, ijobiy o‘zgarish juda qiyin bo‘lishi mumkin», — dedi Sherzod Shermatov.

10 noyabr 2020, 17:53

«Shaxsiy namuna deyilgani bejizga emas» — Sherzod Shermatov

Sherzod Shermatov 10 mingdan ortiq qadam bosib, rahbar sifatida shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emasligini aytdi. U taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa bo‘lishini ta’kidlagan.

5 noyabr 2020, 14:36

«Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, xalaqit qilmang!» Sherzod Shermatov hokimlarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya murojaat qildi Sherzod Shermatov hokimlarga.

9 sentabr 2020, 12:12

«Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina mahalliy kengash deputatlari qabul qiladi» — Sherzod Shermatov

«Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqib qabul qiladi», — ta’kidladi Sherzod Shermatov. Uning xabar berishicha, maktab ochilishidan avval uni xavfsiz va zarur vositalar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilingach, Kengash ushbu maktab faoliyatini boshlashi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

26 avgust 2020, 10:35 1

«Maktablarda qat’iy forma talab qilinmaydi» — Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktablarda qat’iy forma talab qilinmasligini, lekin ma’lum tartiblarga rioya qilinishi kerakligini ta’kidladi.

25 avgust 2020, 10:48

Maktablarda o‘qish 14 sentyabrdan boshlanishi taklif etildi

«Har bir ota-ona farzandini maktabga yuborishi yoki uyda onlayn shaklda o‘qitishi yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi kerak» — xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. Bu uchun ota-onalardan so‘rovnoma to‘ldirilishi so‘raldi. Vazir maktablarda yangi o‘quv yilini 14 sentyabrdan boshlash taklifi kiritilganligini ham ma’lum qildi. Sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni 7 sentyabrdan ochish rejalashtirilgan.

12 avgust 2020, 09:54

Sherzod Shermatov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirus infeksiyasiga chalinganini ma’lum qildi. Vazir hozirda uyda reabilitatsiya davrini o‘tayotganini va yaqin orada ishga qaytishini bildirdi. Shuningdek, vazir kasallikni qanday boshidan kechirayotganini va davolanishga doir o‘zini maslahatlari bilan bo‘lishdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting