«shaxmat» tegli maqolalar


20 oktabr 2021, 10:38 1

Gulruhbegim Tohirjonova AQSh milliy terma jamoasi tarkibiga kirdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSh chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, AQSh milliy terma jamoasidan joy egalladi.

18 fevral 2021, 16:46 1

O‘zbekistonning ikki nafar shaxmatchisi FIDE reytingida TOP-10' dan joy oldi

Xalqaro shaxmat federatsiyasining fevral oyi uchun e’lon qilingan o‘smirlar reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchli o‘ntalikdan joy oldi. O‘smirlar reytingini eronlik Alirizo Feruziy boshqarib bormoqda. Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar TOP-30'ga kiritilgan.

15 yanvar 2021, 13:01

O‘zbekistonda maktablarda 2−4-sinf o‘quvchilariga shaxmat o‘ynashni o‘rgatishga 20 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident farmoni bilan barcha maktablarda 2−4 sinf o‘quvchilariga «Jismoniy madaniyat» darsida shaxmat saboqlari beriladi. Buning uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi. Mamlakatda shaxmat o‘ynaydiganlar sonini 3 foizga, shaxmat to‘garaklari sonini 20 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Avvalroq dunyoning eng yosh xalqaro grossmeysterlaridan biri Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini e’tiborsizlikda, shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikda ayblagan edi.

12 yanvar 2021, 15:10 1

«Shaxmat federatsiyasi to‘sqinlik qilishda davom etsa, federatsiyamni o‘zgartiraman» — Javohir Sindorov

12 yoshida shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorov shaxmatchilar federatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, e’tiborsizlik tufayli ko‘plab shaxmatchilar boshqa davlat bayrog‘i ostida musobaqada qatnashishga majbur bo‘lgan. «Agar shu ketishda davom etsa men ham shaxmat federatsiyamni o‘zgartiraman», deydi yosh shaxmatchi «Daryo» nashriga bergan intervyusida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting