«shaxmat» tegli maqolalar


26 noyabr 2022, 09:09

O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha jamoalar o‘rtasidagi JCHda ikkinchi o‘rinni egalladi

Shaxmatning FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi bahsda 2,5−1,5 va 2,5−1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va 2-o‘rinni egalladi. 3-o‘rin Hindistonni mag‘lub etgan Ispaniya terma jamoasiga nasib etdi.

31 oktabr 2022, 09:59

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempionatini to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi

O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha Fisher nomidagi jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan bahsda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. U Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

26 oktabr 2022, 11:17

Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni mag‘lub etdi

Shaxmat bo‘yicha «World Fischer Random Chess Championship» jahon chempionatida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va amerikalik Uesli Soni mag‘lub etdi. Uning keyingi raqibi islandiyalik Steyn Gretarsson bo‘ladi.

26 avgust 2022, 19:00

«Shaxmatchining diyetasi. Qanday qilib xalqaro grossmeyster bo‘lish mumkin?»

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi, xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov «Gazeta.uz» bilan suhbatda bir kunda necha soat shug‘ullanishi, shaxmat doskasi ustida 6−9 soatni qanday o‘tkazishi, ovqatlanish ratsioni, uyqu miqdori, qolaversa, g‘alabadan keyin jamoa nimalar bilan mashg‘ul ekanini so‘zlab berdi.

17 avgust 2022, 15:03

«Men jamoamizga yetarlicha baho berilmadi, deb o‘ylagandim va haq bo‘lib chiqdim» — shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi Ivan Sokolov Chess.com sayti bilan intervyuda grossmeysterlik va murabbiylik faoliyati, Chennay Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan yosh o‘zbek vunderkindlari bilan ishlash to‘g‘risida hikoya qildi, o‘zbek shaxmatchilari uslublariga o‘ziga xos baho berdi.

16 avgust 2022, 18:17

DSQ raisi shaxmat olimpiadasi g‘olibining otasiga navbatdagi unvonni topshirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Yakubbayevning otasi, soliq xizmati xodimi Murodbek Iskandarovga navbatdagi unvonni topshirdi. Shuningdek, chempionning ota-onasiga «Xumson» sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari berilgan.

10 avgust 2022, 21:44

Prezident 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olib va ishtirokchilarini mukofotladi

Prezident farmoni bilan butunjahon shaxmat olimpiadasi sovrindorlari «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, ayollar terma jamoasi a’zolari esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

9 avgust 2022, 22:04

Vohidov shaxmat Olimpiadasining oltin, Abdusattorov kumush, Yakubbayev bronza medalini qo‘lga kiritdi

Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasida har bir doskaning eng yaxshilariga individual mukofotlar ham topshirildi. Jahongir Vohidov to‘rtinchi doskada oltin, ikkinchi doskada Karlsenni ortda qoldirgan Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yakubbayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

5 avgust 2022, 15:49

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir sovrindorlari va ularning trenerlariga pul mukofoti beriladi

Prezident qarori bilan xalqaro nufuzli musobaqalarda sovrindor bo‘lgan sportchilarga pul mukofotlari beriladi. Jumladan, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi — 600 mln so‘m bilan mukofotlanadi. Qolaversa, sovrindorlarning trenerlari ham shogirdi mukofotining yarmiga teng miqdorda pul oladi.

4 avgust 2022, 00:48

Shaxmat olimpiadasi 6-turi: O‘zbekiston Hindiston bilan durang o‘ynadi

Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa pastladi. Ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etib, 37-o‘ringa ko‘tarildi.

3 avgust 2022, 09:37

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Slovakiyani mag‘lub etdi

Shaxmat olimpiadasining 5-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov besh uchrashuvda beshta g‘alaba bilan musobaqaning eng samarali o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi. Ayollar jamoasi Vetnamga imkoniyatni boy berdi.

2 avgust 2022, 10:13

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSh bilan durang o‘ynadi

Hindistonda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi turida O‘zbekiston jamoasi musobaqa favoriti — jahon reytingida top-10likdagi shaxmatchilardan iborat AQSh jamoasi bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik qizlar esa hozirgacha uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.

17 iyul 2022, 17:40

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 ga kirdi

Jahon shaxmat reytingida o‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi. Birinchi uchta o‘rinni AQSh, Rossiya, Xitoy egallab turibdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37, Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116 — o‘rinda bormoqda.

4 may 2022, 16:31

Umida Omonova blits bo‘yicha ham yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blits bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatdi. Humoyun Bekmurodov esa «Open12» guruhida ikkala yo‘nalishda ham kumush medali sohibi bo‘ldi.

3 may 2022, 17:49

FIDE o‘smirlar jahon chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchilar oltin va kumush medalga ega chiqishdi

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE o‘smirlar jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova (16 yosh) jahon chempioni bo‘ldi, Humoyun Bekmurodov (12 yosh) esa kumush medali sohibiga aylandi.

19 fevral 2022, 10:50

Shaxmat federatsiyasiga budjetdan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmagan — Antikorrupsiya agentligi

Antikorrupsiya agentligi Shaxmat federatsiyasi bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni o‘rganib, federatsiyaga 2020−2021 yillarda budjetdan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmaganini aniqladi. 2021 yilda faqat Turizm va sport vazirligi 6 ta tadbir uchun federatsiyaga 2,8 mlrd so‘m mablag‘ bergan. Agentlik Shaxmat federatsiyasi NNT bo‘lgani bois, uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish uchun hujjatlarni Adliya vazirligiga yubordi.

17 fevral 2022, 15:29

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Chempionlar turida ishtirok etadi

Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov Meltwater Chempionlar turida ilk o‘yinini o‘tkazadi. U birinchi bo‘lib gollandiyalik grossmeyster Anish Giriga qarshi o‘ynaydi, shuningdek, Magnus Karlsen, Din Lijen, Yan Nepomnyaiy, Levon Aronyan va boshqa shaxmatchilar bilan ham bellashadi.

3 yanvar 2022, 15:30

Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti topshirildi

Shahmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, ikki xonali uy kaliti va 250 mln so‘m pul mablag‘i topshirildi. Uning murabbiylari Jahongir Vohidov hamda marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 mln so‘mdan berildi. Nodirbekning otasi jahon chempionini tadbirma-tadbir ovora qilmaslikni so‘rab, u hali ko‘p mehnat qilishi kerakligini aytdi.

31 dekabr 2021, 11:37

Javohir Sindarov jahon chempionatini 8-o‘rinda yakunladi

Blits yo‘nalishida shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov 8-o‘rinni egalladi. Fransiyalik shaxmatchi Maksim Vashiyer Lagraf musobaqa chempioni bo‘ldi.

30 dekabr 2021, 10:21

Shaxmatchi Javohir Sindarov top-5 talikka kirdi. Jahon chempionatining birinchi kun natijalari

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida top-5 talikka kirdi. 16 yoshli sportchi 12 turning birida dunyoning to‘qqizinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidovlar hozircha yetakchilardan ortda qolmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting