«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


4 oktabr 2022, 14:47

Foto: O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari uchrashdi

Vengriyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyevni Budapeshtda rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, davlat rahbari Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi.

4 oktabr 2022, 09:53

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Budapeshtga yetib bordi. Oliy martabali mehmonlarni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad kutib oldi. O‘zbekiston — Vengriya sammitning asosiy tadbirlari seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

2 oktabr 2022, 17:45

Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jo Baydenga «Ien» to‘foni qurbonlari va vayronagarchiliklari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

2 oktabr 2022, 11:21

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi

Prezident 3−4 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi. Tashrif doirasida Budapeshtda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, davlat rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

1 oktabr 2022, 09:00

Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchilari o‘z o‘quvchisi va talabasini qanday eslashadi?

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» O‘zbekiston prezidentining maktab va institutdagi o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi. Ular Shavkat Mirziyoyevni sinfdoshlarini birlashtirgan, tartibli talaba, stol tennisi va texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan shaxs sifatida esga olishdi.

29 sentabr 2022, 11:03

Prezident transport sohasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi. «Agar biz transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlay olmaymiz», — dedi u.

26 sentabr 2022, 11:30

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashadi

Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, davlat rahbari dushanba kuni elektrotexnika sanoatida vazifalar yuzasidan mas’ullarning hisobotini tinglaydi. Hafta davomida Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuv o‘tkazadi.

25 sentabr 2022, 21:25

Prezident tibbiyot klasteri, yangi universitet va Olimpiya shaharchasi loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi, Yangi O‘zbekiston universiteti va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev universitet haqida gapirar ekan, u «nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham namunali ta’lim muassasasiga» aylanishini ta’kidladi.

23 sentabr 2022, 10:04

Ipoteka imtiyozlari kengaydi, oilalar yiliga 9 mln so‘mgacha pul tejashlari mumkin

Prezident qarori bilan fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lash uchun yo‘naltirilgan soliqqa tortilmaydigan daromadlari hajmi yiliga 5 barobarga — 73,6 mln so‘mgacha oshirildi. Yangi xonadonlarni ta’mirsiz sotib olish uchun esa ipoteka va subsidiyalar beriladi.

23 sentabr 2022, 09:44

Prezident mamlakat gaz eksport qilmayotganini aytdi. Statistikada esa sotuvlar o‘sib bormoqda

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun gaz va paxtani eksport qilmayotganini bildirdi. O‘z navbatida, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oyda xorijga gaz yetkazib berish qiymat jihatdan 60,9 foizga — 645,9 mln dollarga oshgan.

22 sentabr 2022, 17:33

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.

22 sentabr 2022, 15:08

Toshkent viloyatida turizm bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilinadi

Prezident dam olish kunlari Bo‘stonliq yo‘lida tirbandliklar bo‘lishini tanqid qildi. «Nega Parkentda ham shunaqa tizim qilmaymiz? Parkent shashligi va somsasini ko‘pchilik yaxshi ko‘radi-ku», — dedi u. Viloyatda favqulodda holat e’lon qilinadi, Parkent, Angren va Ohangaronda turizm klasterlari tashkil etiladi.

22 sentabr 2022, 14:02

«Toshkent viloyatidagi chegaralarimizda minalar turardi. Ularni shaxsan o‘zim nazorat qilib oldirdim» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Nurafshonda xalq vakillari bilan suhbatda Qirg‘iziston bilan chegara borasidagi kelishuvlarga to‘xtalib o‘tdi va ilgari chegara hududlarda minalar bo‘lganini aytdi. «Odamlar qarindoshlarining na to‘yiga bora olardi, na azasiga. Shaxsan o‘zim nazorat qilib minalarni oldirdim», — dedi prezident

20 sentabr 2022, 18:01

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Ular Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi va ikki tomonlama kelishuvlarga erishilganini olqishladi.

16 sentabr 2022, 12:51

Shavkat Mirziyoyev — ShHT sammiti ishtirokchilariga: “Birgalikda tashkilotni yangi marralarga olib chiqishga qodirmiz”

Samarqandda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tor doirada muhokamalar o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida imzolash uchun 40 dan ortiq hujjat tayyorlanganini qayd etdi. “Biz birgalikda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida tashkilotni yangi marralarga olib chiqishga qodirmiz”, — dedi u.

15 sentabr 2022, 18:09

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining bo‘lajak sammitini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev SHHTda mehmon sifatida ishtirok etish uchun kelgan Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda, jumladan, Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.

15 sentabr 2022, 16:32

O‘zbekiston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirishga kelishib oldi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif SHHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Dastlab u Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, so‘ngra Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Unda Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish va savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish muhimligi qayd etildi.

15 sentabr 2022, 12:23

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi

Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.

15 sentabr 2022, 11:19

Issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun beriladigan kreditlar muddati 5−7 yildan 10−13 yilgacha uzaytiriladi. Qolaversa, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini oktabr oyigacha ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

14 sentabr 2022, 17:21

Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokara o‘tkazdi

SHHT sammitida ishtirok etish uchun Eron prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy muzokaralar davomida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, qolaversa, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting