Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. Ushbu metro yo‘nalishining uzunligi 7 kilometrni tashkil qilib, beshta bekatdan iborat. Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Ushbu yo‘nalish 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.
Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi bag‘ishlangan yig‘ilishda moliya institutlaridan olingan qarzlarning holati va natijalariga e’tibor qaratdi. «Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari qarorlarda belgilangan mas’uliyat va javobgarligini sezayaptimi, yo‘qmi? Man o‘ylaymanki, hali yo‘q», — dedi prezident.
O‘zbekistonda yil boshidan beri is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan. Prezident FVVning Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qish mavsumida uzluksiz elektr ta’minoti uchun qo‘shimcha ravishda 10−12 million kilovatt-soat ishlab chiqarish zarur, dedi prezident bo‘lib o‘tayogan yig‘ilishda. Davlat rahbari 10 kun ichida yetishmayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha buyruq berdi.
Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanidagi «Yantex Invest» MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi. Shu yerda mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. «Endi davlat idoralari xodimlarining moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadigan tizim qilamiz», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Xonqa tumanidagi yil davomida hosil olish imkoniyatiga ega innovatsion issiqxona faoliyati bilan tanishdi. “Xorazm qishloq xo‘jaligining kelajagi shu”, — dedi davlat rahbari va qo‘shimcha sifatida har bir issiqxonaning laboratoriyasi, o‘z brendi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilgani va ularning odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish uchun Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida qatnashadi. O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berilishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda turli sohalarda o‘zaro hamkorlik masalalari, qolaversa, jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashish kutilmoqda. Ikki davlat yetakchilari koronavirusga qarshi kurashishga ham ham e’tibor qaratishadi.
Shavkat Mirziyoyev pandemiya sababli turizm sohasi uchun 2020-yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferensiyalarni 2021-yil oxiriga qadar uzaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholining bor-yo‘g‘i 19 foizi jismoniy tarbiya va sport bilan qamrab olingani aytildi. Cport infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi faoliyati bilan tanishdi. Majmuada 27 ta mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib, o‘rnatilgan. «Hududlarda yana yuzlab korxonalarning barpo etilishi uchun juda katta zamin bo‘ladi», — deya ta’kidladi prezident.
Rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqaradigan Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirildi. Loyihaning umumiy qiymati 420 mln dollarni tashkil etib, yiliga 750 ming tonnagacha metall ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O‘zini qoplash muddati taxminan 8,6 yil.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodini ishga tushirdi. Mazkur majmuada birinchi bosqichda 400 mln dollarga yaqin mablag‘ tejaladi, yiliga 90 mln dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Davlat rahbari ushbu majmua ochilishini «tarixiy voqea» deb atadi. «Harakatlarimizning asosiy maqsadi yaqin yillarda yaxlit, „noldan tayyor mahsulotgacha“ bo‘lgan metall ishlab chiqarish klasterini yaratishdan iborat», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muzokaralar davomida metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik va zamonaviy korxonani tashkil etish loyihasi ikki davlat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning namunasi ekani qayd etildi.
Prezident mamlakatdagi ilm-fan sohasidagi yutuq va kamchiliklar haqida nutq so‘zlab, OTMlarda ilmiy tadqiqotlar darajasi o‘ta past, ilm va innovatsiya masalalari bo‘yicha mas’ul prorektorlar umuman ishlamayotganini qayd etdi. Bundan tashqari, hududlardagi suv xo‘jaligi sohasidagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasida fikr almashishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda O‘zbekiston raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi. Ushbu sammit shu yili dekabrda videoanjuman sifatida o‘tishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari pandemiya tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror rivojlanayotganini qayd etishdi.
O‘tgan 10 oyda Xalq qabulxonalariga jamoat transporti bo‘yicha 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha kuniga qariyb 20 mln yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 mlni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. 1,2 mingta qishloq tuman markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan. Prezident mazkur muammolarni tizimli hal etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
«Qashqadaryodagi 3,3 mln aholi davlat rahbarining havotirini, davlat rahbarining befarq emasligini, ko‘magini sezishi kerak», — dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazir haftada ikki kun Toshkentda o‘tirishi, qolgan kunlari viloyatda bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting