«sergeli tumani» tegli maqolalar


Sergelidagi avtoservisda yong‘in chiqib, 3 ta avtomobil zararlandi (video)
11 iyun 2024, 14:36

Sergelidagi avtoservisda yong‘in chiqib, 3 ta avtomobil zararlandi (video)

Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.

Issiqlik quvurini almashtirish ishlari tufayli Sergelidagi ayrim yo‘llar kamida bir oyga yopildi
30 may 2024, 11:40

Issiqlik quvurini almashtirish ishlari tufayli Sergelidagi ayrim yo‘llar kamida bir oyga yopildi

Toshkent shahri Sergeli tumanida uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan hududdagi ayrim yo‘llarda transport harakati kamida bir oyga cheklandi (xarita).

Sergelida fuqaro tez yordam mashinasi haydovchisini do‘pposladi
27 fevral 2023, 15:36

Sergelida fuqaro tez yordam mashinasi haydovchisini do‘pposladi

Dushanba kuni erta tongda Sergeli tumanida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi. Aniqlanishicha, bemorning yaqini feldsherga yaxshi qaramagani uchun kuch ishlatmoqchi bo‘lgan, haydovchi esa uni himoya qilmoqchi bo‘lgan. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sergelidagi qurilish maydonida ko‘tarma kran quladi (to‘ldirildi)
19 noyabr 2022, 16:20

Sergelidagi qurilish maydonida ko‘tarma kran quladi (to‘ldirildi)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida ko‘tarma kran qulagani haqida xabarlar tarqaldi. FVV hodisa Sergelida yuz berganini ma’lum qildi. Sergeli hokimligi kran qulagan vaqtda unda odam bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Qurilish mas’ullariga ko‘ra, qulagan kran endi utilizatsiya qilinadi.

Toshkentdagi YTHda «Jiguli» ikkiga bo‘linib ketdi
14 avgust 2022, 22:32

Toshkentdagi YTHda «Jiguli» ikkiga bo‘linib ketdi

Toshkentning Sergeli tumanida «VAZ-2106» rusumli avtomashina daraxtga borib urilishi natijasida ikkiga bo‘linib ketdi. Haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Sergeli bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi devorlarning ayrimlari qulab tushdi
23 may 2022, 10:04

Sergeli bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi devorlarning ayrimlari qulab tushdi

May oyi boshida ochilgan Sergeli tumanini Toshkent markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi ayrim devorlar kuchli shamol oqibatida qulab tushdi. Hokimiyat pudratchi devorlarni mustahkam o‘rnatmagani va u hozirda devorlarni qayta ta’mirlayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda yangi yo‘l va ko‘prik ochildi (Foto)
4 may 2022, 10:27

Toshkentda yangi yo‘l va ko‘prik ochildi (Foto)

Prezident Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozidan beri olib borilayotgan edi.

«Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi» — Shavkat Mirziyoyev
18 fevral 2022, 16:29

«Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «Do‘stlik» mahallasida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbati davomida tumanni obod qilish kerakligini aytdi.

Sergelida yangi yo‘lning bir qismi ochildi (foto)
20 oktabr 2021, 10:07

Sergelida yangi yo‘lning bir qismi ochildi (foto)

Poytaxtda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi (foto).

Sergelida omborxonada gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi, bir kishi vafot etdi
31 iyul 2021, 23:23

Sergelida omborxonada gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi, bir kishi vafot etdi

Sergeli tumanida omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Omborxonadan tashqari, korxona ma’muriy binosi ham vayron bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

Toshkentda avtobus va Matiz ishtirokidagi YTH oqibatida 4 kishi jarohatlandi
7 may 2021, 18:17

Toshkentda avtobus va Matiz ishtirokidagi YTH oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Toshkent shahrida Matiz avtomobili «Isuzu» rusumli avtobus bilan YTH sodir etdi. Oqibatda avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan. Hodisa sababli avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan.

Tuman hokimlarining oyligi 5−6 mln atrofida — Sergeli hokimi
31 mart 2021, 17:44

Tuman hokimlarining oyligi 5−6 mln atrofida — Sergeli hokimi

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning aytishicha, tuman hokimlarining oylik maoshi 5 mlndan 6 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u o‘ziga xodimlari bilan bir hil miqdorda rag‘bat puli ajratishini aytib o‘tdi.

Konteynerga ko‘chib o‘tish uchun ayb ish qilganim yo‘q — Sergeli tumani hokimi
31 mart 2021, 16:00

Konteynerga ko‘chib o‘tish uchun ayb ish qilganim yo‘q — Sergeli tumani hokimi

Sergeli tumani hokimi konteynerga ko‘chib o‘tmasligini va bu uchun «ayb ish qilmaganini» ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, prezident hamma konteynerga ko‘chish kerakligi haqida aytmagan. «Lekin odamga ishlashi va yashashi uchun konteyner qulay bo‘lsa, nega unday qilmasligi kerak?» — dedi tuman hokimi.

Elbek Shukurov poytaxtning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi
25 avgust 2020, 20:55

Elbek Shukurov poytaxtning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Elbek Shukurov Toshkentning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.

Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi o‘z vazifasidan ozod etildi
8 avgust 2020, 21:44

Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi o‘z vazifasidan ozod etildi

Baxtiyor Shomurodov Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimini tark etdi. Vaqtinchalik uning vazifasini hokimning birinchi o‘rinbosari Murod Isaboyev bajaradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting