«senat» tegli maqolalar


17 mart 2022, 15:08

Qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zarar va boy berilgan foyda qoplanadi

Senatda Fuqarolik kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararlar bilan birga, boy berilgan foyda va sarflangan xarajatlar ham to‘lab berilishi nazarda tutilmoqda.

17 mart 2022, 13:23

Senatorlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ma’qulladi

Senatining navbatdagi majlisida senatorlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ma’qulladi. Majlisda 1995 yilda qabul qilingan amaldagi kodeks tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi ta’kidlandi. Senat raisi Tanzila Narboyeva esa yangi kodeks «inson qadriga asoslangan"ini aytdi.

15 mart 2022, 18:47

Senatning 24-yalpi yig‘ilishi 17 mart kuni o‘z ishini boshlaydi

Senatning 24-yalpi yig‘ilishida Mehnat kodeksini tasdiqlash, kiberxavfsizlik va reklama to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, senatorlar ombudsman, TIV, IIV va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlarining hisobotlarini tinglaydilar.

10 fevral 2022, 12:21

Dori vositalarini mashhurlar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi taqiqlanishi kutilmoqda

Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, dori vositalarini taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi, qolaversa, olimlarning tavsiyalari, alohida shaxslarning minnatdorchiligi, dori ta’siri haqida fikrlaridan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda. Shuningdek, telekanallarda 10 daqiqadan kam bo‘lgan ko‘rsatuvlar orasida reklama berishga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin. Hujjat senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

4 fevral 2022, 22:00

4 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pekinga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon markazi kimnikiligi va bunga Avtotest`ning qanday aloqasi borligi, yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan «Shaffof yo’l» platformasi, «propiska» so‘zidan voz kechishni ma’qullagan senatorar, uch marta suiqasd uyushtirilgan daraxtlar, qishda cho‘milish haqida Toshkent morjlaridan intervyu va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2 fevral 2022, 16:21

Deputatlar hokimlarning manfaatlar to‘qnashuviga sharoit yaratuvchi yana bir qonunni ma’qulladi

1 fevral kuni Qonunchilik palatasi deputatlari hokimlarning manfaatlar to‘qnashuviga sharoit yaratib beruvchi yana bir qonunni ma’qulladi. Gap yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi haqida ketmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyev hokim kompensatsiya ajratishni ko‘rib chiqish masalasini o‘ziga-o‘zi kiritishi va uni yana o‘zi hal qilishini tanqid qildi. Quyi palata spikeri esa hokimlarning xalq deputatlar kengashi raisi maqomi bekor qilinsagina, bu muammo bartaraf etilishini aytdi. «Ungacha shu, boshqa iloj yo‘q», — dedi Nurdinjon Ismoilov.

1 fevral 2022, 14:55

Senat hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha so‘rov yuboradi

Senat hukumatga gaz ballon bilan jihozlangan transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha parlament so‘rovi tayyorlamoqda. 2021 yilda shu turdagi transport vositalaridagi 14 ta portlash va 2 ta yong‘in natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohatlangan.

11 yanvar 2022, 09:00

«Hokimlarning kengash raisi maqomini bekor qilish». Hujjat 2,5 yil oldin tayyorlangan, biroq qabul qilinmagan

2019 yilgi Davlat dasturiga ko‘ra, 6 oy ichida hokimlarning xalq deputatlari kengashi raisi maqomini bekor qilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqilgan. «Gazeta.uz» ning aniqlashicha, Adliya vazirligi o‘shandayoq loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazib, ijobiy xulosa bergan. Biroq, hujjatning undan keyingi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Qonunchilik palatasi ma’lum qilishicha, «hujjat quyi palataga kelib tushmagan, shu sababli muhokama qilinmagan». Senat esa sukut saqlamoqda.

27 dekabr 2021, 23:41

«Yil ayoli» tanlovi g‘oliblari va gender tengligi uchun kurashgan eng faol tashkilotlar aniqlandi

«Yil ayoli» tanlovida qoraqalpog‘istonlik fermer xo‘jaligi rahbari Palzada Saliyeva g‘olib bo‘ldi. Ayollar tengligini ta’minlovchi eng faol davlat organi sifatida Mudofaa vazirligi, gender tengligini ta’minlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida esa Adliya va Ichki ishlar vazirligi tanlandi.

21 dekabr 2021, 10:40

Senator Senat rahbarining Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishiga izoh berdi

O‘zbekistonda Twitter faoliyati cheklanganiga qaramasdan, davlat organlari va rasmiy shaxslar, jumladan Senat rahbari Tanzila Narbayeva hamda prezident matbuot xizmati mazkur ijtimoiy tarmoqda postlar e’lon qilishda davom etmoqda. Senator Farhod Boqiyev Senat rahbari kim uchun tvitlar yozayotganini tushuntirishga harakat qildi.

18 dekabr 2021, 15:42

«Hozirda bozorning ko‘chirilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q» — senator «Qo‘yliq» bozori haqida

Senator Tolibjon Madumarov «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishi bo‘yicha hali biror qonuniy asos yo‘qligini hamda bu boradagi shov-shuvlar o‘sha yerdagi bozorchilarning asossiz tashviqoti ekanini ta’kidladi. Avvalroq bozor ko‘chirilishi haqida 2017 yildayoq qaror qilingani aytilgandi.

15 dekabr 2021, 19:12

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi. Unga ko‘ra, kelgusida yilda mamlakat YAIM o‘sish sur’atlari 6 foiz, inflyatsiya esa 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga jami 74,6 trln ajratilishi ko‘zda tutilgan.

19 noyabr 2021, 14:45

Senatorlar «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatorlar tomonidan ma’qullangan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, sotuvchiga to‘lov shakliga qarab tovarlarga turli narxlar belgilash taqiqlanadi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ushbu sohadagi vakolatli davlat organi sifatidagi vakolatlari qonun hujjatlarida mustahkamlanmoqda.

19 noyabr 2021, 11:53

Senat favqulodda holat to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi

Senat «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi. Qonun favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibi, qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, fuqarolar huquqlarining kafolatlari, sudlar faoliyati va boshqa masalalarni tartibga soladi. Qonunga ko‘ra, mamlakat hududida favqulodda holat muddati 30 sutkadan oshmasligi kerak va bu muddat faqat prezident farmoni bilan uzaytirilishi mumkin, farmon esa parlament tomonidan tasdiqlanishi lozim.

27 oktabr 2021, 19:56

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat budjetidan qo‘shimcha 1,43 trln so‘m oladi

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1,43 trln so‘m ($133,7 mln) yo‘naltiriladi. Senat buni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni davlat budjetiga kiritishni ma’qulladi. Iyunda senatorlar kuch ishlatar tuzilmalar xodimlarini moddiy ta’minlash, qo‘shimcha shtatlar ajratish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 1,1 trln so‘m ajratishni ham ma’qullagan edi.

27 oktabr 2021, 14:23

«Qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz bermaydi». Senatorlar jamiyatlar vakillari bilan uchrashdi

Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari senatorlar rad etgan «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashni so‘rab, Senatga murojaat qilgan edi. Shundan so‘ng, senatorlar Odiljon Iminov va Erkin Gadoyev jamiyatlar rahbarlari bilan uchrashdi. Ta’kidlanishicha, «uchrashuvda qonun imkoniyati cheklangan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutmasligi tushuntirilgan». Qolaversa, hujjatni qayta ishlashda hamkorlik qilish taklif etilgan.

22 oktabr 2021, 11:38

«Qonun qabul qilinishini bir necha yillardan beri kutayotgandik». Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaat qildi

Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari senatorlar rad etgan «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashni so‘rab, Senatga murojaat qildi. Unda imkoniyati cheklangan shaxslar ushbu qonunni bir necha yildan beri kutayotgani, aslida «boshidan o‘tkazgan» insongina holat qandayligini bilishi ta’kidlangan. Jumladan, so‘nggi 3 yilda Karlar jamiyati korxonalarining daromadi 5 baravargacha tushib ketgani, ulardagi ishchilar soni esa 2000 yildagi 4900 kishidan 2020 yilga kelib 1479 nafarga kamaygani aytilgan.

20 oktabr 2021, 16:22

«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat madaniy meros obyektlarini saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturi doirasidagi ishlar to‘liq bajarilmayotganligini ta’kidladi. Senat qo‘mitasi Toshkentda madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ayrim obyektlar ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, 4 ta obyekt mavjud emasligini, 56 ta obyektning kadastr hujjatlari bo‘lmaganligini aniqlagan. Senat raisi Tanzila Narbayeva madaniy meros obyektlarini saqlashning huquqiy mexanizmini yaratish kerakligini qayd etdi.

12 oktabr 2021, 20:18

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi

Senatning 20-yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi. Unda ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, Bojxona kodeksi, Suv va suvdan foydalanish, Muzeylar to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ko‘riladi. Qolaversa, bosh vazir o‘rinbosari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining axborotlari eshitiladi.

30 sentabr 2021, 15:59 3

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda

Farzandlikka olish tartiblari soddalashtirilmoqda. Jumladan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga farzandlikka olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu jarayonga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting