«senat» tegli maqolalar


18 noyabr 2022, 18:04

Senat Qirg‘iziston bilan imzolangan chegara shartnomalarini ma’qulladi

Senatorlar o‘zbek-qirg‘iz chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani hamda Andijon (Kampirobod) suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlarni ma’qulladi. Ushbu qonunlar parlament quyi palatasi tomonidan 14 noyabr kuni qabul qilingan edi.

18 noyabr 2022, 17:19

Senatda svet va gaz muammosi ko‘tarildi: Davlat dasturida elektr energiyasiga doir band bajarilmagan

Senator Mahmud Parpiyevga ko‘ra, Davlat dasturining energetika sohasida raqobat muhitini rivojlantirishga doir bandi bajarilmagan, bu esa O‘zbekistondagi gaz va elektr ta’minoti bilan bog‘liq ahvolga ta’sir qilmoqda. Energetika vazirligi muammoni hal etish uchun qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

17 noyabr 2022, 09:49

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi

Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi. Unda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy bitimni ratifikatsiya qilish hamda mahkumlar huquqlari borasidagi qator qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjeti ijrosi yuzasidan hukumat hisoboti eshitiladi.

10 noyabr 2022, 11:14

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali 20 mln aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi — Tanzila Narbayeva

Senat Kengashining navbatdagi majlisida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. «Mazkur vazifalarni amalga oshirish orqali o‘rta hisobda 20 mln aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi», — dedi Senat raisi

8 oktabr 2022, 14:38

Fuqarolar geografik obyektlarga nom berish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin bo‘ladi

Senat qonunchilikka aholi punktlarining tarkibiy qismlariga jahon tarixida muhim iz qoldirgan shaxslarning nomlarini berish imkoniyatini taqdim etuvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Bundan tashqari, endilikda joylarni nomlash yoki qayta nomlashda aholining fikri ham inobatga olinadi.

7 oktabr 2022, 15:23

18 mingdan ortiq standartlar ixtiyoriy toifaga o‘tkaziladi

Senat standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Unga ko‘ra, «Davlat standarti» tushunchasi «milliy standart»ga o‘zgartirilib, qo‘llanilishi ixtiyoriy bo‘ladi. «Milliy standartlashtirish tizimini takomillashtirmay turib, raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish mushkul», — dedi Senat raisi.

5 oktabr 2022, 08:15

Senat bir qator qonunlar va ayrimlariga o‘zgartishlar kiritishni ko‘rib chiqadi

Senat 7 oktabrdagi yalpi majlisda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid va yangi tahrirdagi standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi. Qolaversa, Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha hukumatga yuborilgan so‘rov natijasi hamda Farg‘ona viloyati hokimining hisoboti muhokama qilinadi.

7 sentabr 2022, 15:27

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi

Senatning 32-yalpi majlisi 13 sentabr kuni chaqiriladi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi, pensiya ta’minoti, elektron tijoratga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjetining birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan VM hisoboti hamda tashqi ishlar vazirining axboroti eshitiladi.

26 avgust 2022, 19:05

Madaniy meros obyektlariga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

Juma kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan qonunlarning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilash masalasini ko‘rib chiqdi.

25 avgust 2022, 18:39

Deputatlar qonunni Senatni chetlab o‘tib, prezidentga kiritmoqchi bo‘ldi, biroq Spiker shoshmaslikni so‘radi

Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan — nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir oylik muddatni bekor qilishga oid qonunni qayta ko‘rishdan olib tashlashni bekor qildi. Deputatlar qonunni Senatni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga kiritishni taklif qildi, biroq Spiker shoshmaslikka chaqirdi.

16 avgust 2022, 11:09

«Imom Buxoriy» ordeni ta’sis etildi

Prezident «Imom Buxoriy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Mazkur orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish hamda targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar mukofotlanadi.

5 avgust 2022, 14:23

Ichki ishlar organlari rahbarlari deputatlar oldida hisobot beradi

Senat hududiy ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining har chorakda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy kengashlarga hisobot taqdim etishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, tuman va shahar IIB boshliqlari ham (har chorakda) va ularning o‘rinbosarlari (har oyda) hisobot beradi.

5 avgust 2022, 11:30

«Senat „adi-badi“ aytishib o‘tiradigan joy emas». Tanzila Narbayeva agentlik direktori va vazir debati haqida

Senatda Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov 2021 yilda sog‘liqni saqlash tizimi eng korrupsiyalashgan soha bo‘lganini ma’lum qildi. SSV rahbari esa buni «katta raqamlar ortidan quvish» deb atadi va sudda o‘z tasdig‘ini topganini shubha ostiga oldi. Tanzila Narbayeva bahsga aralashishga majbur bo‘ldi.

5 avgust 2022, 09:59

«Har beshinchi chaqaloq asoratli homiladorlik bilan tug‘ilyapti» — senator (aniqlashtirildi)

O‘zbekistonda 2021 yilda 910 ming nafar chaqaloqdan 170 ming nafari asoratli homiladorlik bilan tug‘ildi, deb ma’lum qildi senator Diloram Tashmuxamedova. Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar va ularning ota-onalari nikohni qayd etish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga jiddiy e’tibor qaratmayapti.

4 avgust 2022, 15:19

Senat davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi, bu ko‘rsatkichning maksimal miqdori YAIMga nisbatan 60% etib belgilanmoqda. Davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkin. Uni samarali boshqarish uchun esa uch yillik strategiya ishlab chiqiladi.

4 avgust 2022, 14:05

Senat himoya orderi talabini buzganlik uchun jarimani oshirish taklifini ma’qullamadi

Senatorlar himoya orderi talablarini buzganlik uchun jarimani bir necha baravarga oshirishga oid qonunni rad etdi. Ta’kidlanishicha, jarimani oshirish jabrlanuvchining o‘ziga yuk bo‘ladi. «U jarimani to‘laydi, ammo xotini, bolasining imkoniyati chegaralanib qolishi mumkin», — dedi Tanzila Narbayeva.

4 avgust 2022, 13:18

Senat nikoh tuzishdagi bir oylik muddatni bekor qilishga oid qonunni rad etdi

Senat Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni rad etdi. Bunga, nikoh tuzishdagi bir oylik muddatni bekor qilish va tibbiy ko‘rikdan so‘ng nikohni qayd etish taklifi sabab bo‘ldi. Senatorlarning fikricha, bu muddat yosh turmush qurganlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ajralishlar soni kamayishiga imkon beradi.

3 avgust 2022, 17:36

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 4 avgust kuni chaqiriladi

Senatning 29-yalpi majlisi payshanba kuni chaqiriladi. Unda Uy-joy kodeksini tasdiqlash, Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish, Davlat qarzi to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Hukumat va IIVning axboroti eshitiladi, Antikorrupsiya agentligi va Buxoro viloyati hokimining ma’ruzasi ko‘rib chiqiladi.

1 avgust 2022, 18:05

Samarqandda ikki ayol nima sababdan kaltaklandi?

Tarmoqlarda Samarqandda erkaklar ikki ayolni kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi. Bunga ayollar boshqa bir ayol bilan janjallashib qolgani va erkaklarning mashinalariga shikast yetkazgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Videodagi bolakay esa ayolning farzandi emasligi ma’lum bo‘ldi. Tomonlarning fikri.

29 iyul 2022, 20:13

Yo‘l qurilishida milliardlab so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangani aniqlandi

2021−2022 yillarda yo‘l qurish va ta’mirlashda 45 ta holatda 34,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangan. Senatda topshiriluvchi obyektlar soni va qiymati hamda buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni bekor qilish holatlari yildan-yilga ortib borayotgani va boshqalar muhokama qilindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting