«sel kelishi» tegli maqolalar


12 avgust 2021, 15:08

13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi bor

Gidrometeorologiya xizmati 13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi borligi haqida ogohlantirdi. FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, vazirlikning «1050» qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.

28 iyul 2021, 16:51

Farg‘ona vodiysida 29−31 iyul kunlari sel kelishi xavfi bor

29−31 iyul kunlari Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi bor.

21 iyul 2021, 16:23

Namanganda sel: ko‘priklar va avtomobillarga shikast yetdi, uylarni suv bosdi

Namangan viloyatida sel kelishi va suv toshqinlari natijasida ikkita ko‘prik va bir qancha avtomobilga zarar yetdi, uylarni suv bosdi. 130 nafardan ortiq kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

17 iyul 2021, 12:04

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi

Kosonsoy tumaniga sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi. Endilikda hodisa oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.

14 iyul 2021, 12:11

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlariga sel kelishi xavfi kutilmoqda

O‘zgidromet kecha Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan, sakkiz kishi halok bo‘lgan sel kelishi holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, 15−16 iyul kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida xabar berildi.

13 iyul 2021, 16:46

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida kuch yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoy tumaniga sel kelgan. Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

7 may 2021, 08:13

Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazdi

Namangan viloyatida sel kelishi natijasida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 7 may kuniga belgilangan №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilindi.

29 mart 2021, 11:11

Samarqand va Navoiy viloyatlarida bir nechta tumanlar sel ichida qoldi

28 mart kuni kuchli yog‘ingarchilik sababli Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi bir nechta hududlar sel ichida qoldi. Samarqandda uylar suv ostida qolgan, mashinalar oqib ketgan va ko‘priklar buzilgan. Navoiy viloyatida ham suv mashinani oqizib ketgan va ba’zi hududlardagi uylarni sel bosgan.

25 avgust 2020, 13:29

FVV aholini sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26−27- avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting