O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova iqtisodchilar Behzod Hoshimov, Botir Qobilov va Otabek Bakirovning Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi uning nutqi yuzasidan fikr-mulohazalari bildirilgan «Gazeta.uz» materialiga javob qaytardi. «Darslikdagi normalar hech bir davlatda bevosita ishlamaydi: rivojlanganlarida ham, rivojlanayotganlarida ham», — deya qayd etadi u.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidovaning O‘zbekistonda savdoni liberallashtirishdagi risklar haqidagi so‘zlariga iqtisodchilar o‘z munosabatini bildirdi. «Ushbu maqolani 3 marotaba o‘qisam ham iqtisodiyotimizga liberalizatsiyaning qanday risklari mavjud ekanligi haqida tushunmadim», — dedi iqtisodchi Botir Qobilov. Bu xuddi 1945 yil aprelda Gitler Germaniyasiga ittifoqchi bo‘lishni rejalash kabidir, dedi moliyachi Otabek Bakirov. «Gazeta.uz» shu kabi munosabatlarni jamladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting