«sardor kariyev» tegli maqolalar


Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
3 iyul 2024, 16:50

Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Apellyatsiya sudi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farmatsevtika agentligining sudlangan sobiq rahbarining onasi tomonidan to‘langan 2,5 mlrd so‘m pul jabrlanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 21-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari
23 iyun 2024, 22:34

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 21-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi muzokaraga kirishdi. Bir necha advokat himoyasi ostidagi sudlanuvchilarga oqlov so‘radi. 20 nafar jabrlanuvchi tovon puli to‘lansa, da’vosidan voz kechish hamda Sardor Kariyev va boshqa sudlanuvchilarning ozod etilishiga qarshi emasligini bildirdi. “Gazeta.uz” stenogrammasi.

“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari
19 iyun 2024, 19:41

“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi
13 may 2024, 17:00

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda.

“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi
15 aprel 2024, 20:47

“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi

Fevralda “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tugab, 23 ayblanuvchiga hukm o‘qilgandi. Hukmdan norozi yetti sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati kiritdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiyani ko‘rib chiqish 15-aprel kuni davom ettirildi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.

“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Kariyev 18 yil, Quramax direktori esa 20 yilga qamaldi
26 fevral 2024, 15:35

“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Kariyev 18 yil, Quramax direktori esa 20 yilga qamaldi

“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Farmagentlik sobiq rahbari “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan uni oqlashni so‘radi
19 fevral 2024, 18:28

Farmagentlik sobiq rahbari “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan uni oqlashni so‘radi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2−5-fevrallardagi sud majlislarining tafsilotlari
8 fevral 2024, 18:04

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2−5-fevrallardagi sud majlislarining tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2-fevraldagi sudda guvohlar ko‘rsatma bergan, bir sudlanuvchi tergovda o‘zi hamda sheriklariga nisbatan jismoniy va ruhiy bosimlar o‘tkazilgani haqida gapirgan edi. 5-fevraldagi protsessda sud tergovi yakunlanib, muzokaraga kirishildi. “Gazeta.uz” reportaji.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 10-yanvardagi sud tafsilotlari
7 fevral 2024, 16:06

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 10-yanvardagi sud tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 10-yanvar kuni bo‘lgan sud majlisida aksariyat sudlanuvchilar amaldagi tartib-qoida bo‘yicha dori vosita tarkibidagi zaharli moddalarni aniqlash imkoni bo‘lmaganini ta’kidladi. “Gazeta.uz” sud majlisi stenogrammasini to‘liq keltiradi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud: Sardor Kariyev tergovda unga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytdi
10 yanvar 2024, 20:38

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud: Sardor Kariyev tergovda unga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytdi

Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.

“Dok-1 Maks” ishi: Vafot etgan bolalar soni 69 nafarga yetdi
5 yanvar 2024, 18:10

“Dok-1 Maks” ishi: Vafot etgan bolalar soni 69 nafarga yetdi

Toshkent shahri sudida bir oylik tanaffusdan so‘ng “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Unda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi
30 dekabr 2022, 19:31

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi

Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting